Sindxi xalqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sindhilar, shuningdek, sindi (Sindhi) — asosan Pokistonning tarixiy Sind mintaqasida, shuningdek Hindistonda yashovchi xalq. Ularning soni 60 millionga yaqinligi aytiladi.[1]

Sindhilarning oʻz tili bor — sindhi, ularning koʻpchiligi Islom dining sunniy aqidasiga eʼtiqod qiladi, shuningdek, zardushtiylik, hinduizm, sikxizm va nasroniylikni qabul qilganlar ham bor.[2] Hind sindhlari asosan hinduiylik dini vakillaridir. 1947-yilda Hindiston boʻlinib, Hindiston va Pokiston tashkil topganidan soʻng, Hindistondan muhojir-migrantlarning katta guruhi Pokistonga, shu jumladan, Sindga koʻchib oʻtgan.[3] Shuningdek, Sindda yashovchi hindularning bir qismi Hindistonga koʻchib oʻtishga majbur boʻldi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hind daryosi vodiysining eng qadimgi xalqlaridan biri. Sindhilar madaniyatiga ularning hududiga oʻzdavrida bostirib kirgan yunonlar va makedoniyaliklar, saklar va oq xunnlar (eftalitlar), arablar, forslar, turklar, afgʻonlar va boshqa xalqlar maʼlum darajada taʼsir koʻrsatgan.

Madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sindhilarning aksariyati dehqonchilik, chorvachilik va baliqchilik bilan shugʻullanadi. Ayrimlari sanoat sohalarida band.

Sindhilar Yangi yilni Chaitra bayramining ikkinchi kuni nishonlaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Population Census Organization, Government of Pakistan — Population by Mother Tongue (PDF), 2006-02-17da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2022-05-26 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 55 (yordam)
  2. Ethnologue report for India, [1] (Wayback Machine saytida 2021-05-12 sanasida arxivlangan)
  3. K. Kesavapany, A. Mani, Palanisamy Ramasamy. Rising India and indian communities in East Asia / Institute of Southeast Asian Studies

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Janubiy Osiyo xalqlari. / Ed. N. R. Guseva va boshqalar — M. : SSSR Fanlar akademiyasining nashriyoti, 1963-yil.
  • TSB.