Kitob surat al-ard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kitob surat al-ard
Muallif(lar) Ibn Havqal
Tarjimon(lar) Shamsiddin Kamoliddinov
Til arabcha
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2011-yil

Kitob surat al-ard (Yer surati kitobi) – geografik asar. Muallifi X asrda yashagan arab sayyohi va olimi Ibn Havqaldir. Asar 977–978-yillarda Sitsiliyada yozilgan boʻlib, koʻplab xalqlar tarixiy geografiyasi bayon qilingan[1]. Asarda yerning tasnifi, iqlimi, mamlakatlar va shaharlar toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan. 943-yilda Ibn Havqal savdogar sifatida Ispaniya, Sitsiliya, Mesopotamiya, Shimoliy Afrika, Hindiston, Eron kabi mamlakatlarga boradi. U Istaxriy bilan tanishadi va asar yozishga kirishadi. Istaxriy „Kitob masolik ul-mamolik“ asaridagi xaritalarni qayta yozadi va toʻgʻirlab chiqadi, bir nechta xaritalarni kitobga ilova sifatida kiritadi[2]. Asarda Buxoroga oid boʻlgan maʼlumotlarni uchratish mumkin. Ibn Havqal asarida Buxorodagi 7 ta darvoza nomlarini sanab oʻtadi. U asarda Buxorodagi Xarqonrud, Shofirkom arigʻi, Baraxsha (Varaxsha), Quyi va Yuqori Farovuz, Nahr-i Romitan kabi joy nomlari va toponimlarini yozgan. Ibn Xavqal asarida Istaxriy maʼlumotlaridan tashqari, al-Jayhoniy, Ibn Xurdadbeh kabi shaxslarning kitoblaridan foydalanadi[3]. 1878-yilda asarning arabcha matni asosida De Gue tomonidan, 1938–1939-yillarda Kramers tomonidan nashr qilingan. Asar 2011-yilda tarixchi olim Shamsiddin Kamoliddinov tomonidan ilmiy-izohli lugʻati bilan birgalikda Toshkentda oʻzbek tilida chop etilgan[3]. Shamsiddin Kamoliddinov  Kramers tomonidan tayyorlangan tanqidiy matni asosida tarjima qilgan[4]. Ibn Havqalning ushbu asari ayrim parchalari rus tiliga tarjima qilingan. Volin,  Garkavi, Betger kabi olimlar oʻz tadqiqotlarida „Kitob surat al-ard“ asaridan foydalanishgan[5]. Mazkur asarning H. Mamadaliyev tomonidan 2007-yil „Movarounnahr“ qismi oʻzbek tiliga tarjima qilingan ammo u nashr etilmay qolgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ибн Ҳавқал 2011, s. 4.
  2. Тўраев 2023, s. 37.
  3. 3,0 3,1 Тўраев 2023, s. 38.
  4. 4,0 4,1 Ибн Ҳавқал 2011, s. 8.
  5. Ибн Ҳавқал 2011, s. 7.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Тўраев Ҳ. Бухоро тарихи ёзма манбалари. Бухоро: Durdona, 2023 — 204 bet. 
  • Ибн Ҳавқал. Китоб сурат ал-ард. Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2011 — 400 bet.