Kislota va asoslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kislota va asoslar - kimyoviy birikmalarning katta guruhlari. Odatda, tarkibida vodorod boʻlgan (NS1, HNO,, H2SO4, CHjCOOOH va h. k.) va suvda erigan (aralashgan)da dissotsiatsiyalanib, ionlar N+ (protonlar), yoki aniqrogʻi, gidroksoniy N,O+ ionlari hosil qiladigan moddalar kislotalar deyiladi. Ajralib chiquvchi protonlar soniga qarab bir asosli (mas, nitrat, xlorid, sirka kislotalar — HNO,, HC1, SN3SOON), ikki asosli (sulfat, karbonat kislotalar — H2SO4, H,CO3), uch asosli (ortofosfat kislota — N3RO4) kislotalar mavjud. Kislotaning suvdagi eritmasida gidroksoniy ionlari qancha koʻp boʻlsa, yaʼni kislota qancha koʻp dissotsiatsiyalansa, u shuncha kuchli boʻladi. Ionlanish konstantari 105 dan kam kislotalar (sirka kislota 1,8 • 10 karbonat kislota 3,5-10"7, sianid kislota 7,8YU"10) kuchsiz kislota hisoblanadi. Kislotalarning suvdagi eritmalari elektr tokini oʻtkazadi, indikatorlar rangini oʻzgartiradi (mas, kislota taʼsirida koʻk lakmus qizaradi). Organik kislotalar haqida karbon kislotalar ga qarang .

Tarkibida gidroksil guruhi ON~ [KON, NaOH, Sa(ON)2 va boshqa] boʻlgan hamda suvdagi eritmasida gidroksil ionlar ON~ hosil qiladigan moddalar asoslar deyiladi. Koʻpgina asoslar suvda erimaydi. Suvda eriydigan asoslar ishqorlar deb ataladi. Ishqorlar ham indikatorlar rangini oʻzgartiradi. Tarkibidagi gidroksil guruhi soniga qarab bir, ikki, uch kislotali asoslar boʻladi. Suvda toʻla dissotsiatsiyalanmaydigan asoslar kuchsiz asoslar (mas, ammoniy gidroksid NH4OH), kaliy gidroksid KON, natriy gidroksid NaOH, bariy gidroksid Va (ON)2 kuchli asoslardir.

K. va a. taʼrifiga doyr turli fikrlar mavjud. Shved olimi S. Arreniusning elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasiga koʻra (1887), suvda dissotsiatsiyalanganda vodorod N+ ionlari va anionlar hosil qiladigan birikmalar kislotalar deb, dissotsiatsiyalanganda gidroksil ionlari ON va kationlar ajratib chikaradigan birikmalar asoslar deb ataladi. K. va a. tushunchasini elektrolitik dissotsiatsiya nazariyayen asosida tushunish amaliy ishlar uchun kifoya qiladi. Lekin K. va a. xosslariga ega boʻlgan koʻpgina birikmalar tarkibida vodorod ham, ON" guruhi ham yoʻqligi ancha ilgari aniqlangan. Bundan tashqari, bir moddaning oʻzi baʼzi reaksiyalarda kislota, boshka reaksiyalarda esa asos sifatida namoyon boʻladi. Modsalarning kislota yoki asosga mansubligini belgilaydigan mezon hozircha topilgani yoʻq. Daniyalik fizik kimyogar I.N. Bryonsted va T. Lourining proton va amerikalik fizik kimyogar G.N. Lyuisning elektron konsepsiyasi keng tarqalgan (1923). Bryonsted tarkibida vodorod boʻlib, reaksiyada proton beradigan moddalarni kislotalar sinfiga, oʻziga elektron qabul qiladigan moddalarni esa asoslar sinfiga kiritadi. Kislotadan asosga proton oʻtadigan reaksiya kislota-asosli yoki protolitik reaksiya deyiladi. AN+V~ <=> A+VN (AN — kislota, V- — asos).

Bryonstedning konsepsiyasi bir oz cheklangan. Chunki tarkibida vodorod boʻlmasada, kislota xossalariga ega boʻlgan moddalar ham mavjud. Boʻlarga elektroni kam birikmalar, mas, alyuminiy, bor, qalay galogenidlari, baʼzi metallarning oksidlari va boshqa kiradi. Lyuisning fikricha, kimyoviy reaksiya jarayonida oʻziga bir juft elektron biriktirib oladigan moddalar kislota, ikkita elektron beradigan moddalar esa asoslar deyiladi. Natijada kislota molekulasi asos hisobiga elektron bilan toʻladi va barqaror elektron qavatli (qisman oktet) va donor-akseptor bogli yangi birikma (toʻz) hosil boʻladi:N GʻH:N:+ B:FN FN GʻH:N:B:F N F(bu yerda BF3 — kislota, NH3 — asos). Lyuisning fikricha, kislota-asos reaksiyalarning xususiyatlari asos elektron juftining umumiy boʻlib qolishi bilan bogʻlikdir. Bu reaksiyalar shunisi bilan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalaridan farq qiladi. Chunki oksidlanishqaytarilish reaksiyalarida oksidlovchining molekulalari qaytariluvchi modda molekulasidagi bir yoki bir necha elektronni butunlay tortib oladi. Bryonsteddan farqli ravishda Lyuis kislotaasos xossalarini muayyan kimyoviy element (vodorod) bilan emas, balki atomlar tashqi elektron qobigʻining toʻzilishi bilan bogʻlaydi. Bryonsted va Lyuis nazariyalaridan amaliyotda keng foydalaniladi. Elektron va proton nazariyalarini M.I.Usanovich taklif qilgan nazariya (1939—53) birlashtiradi. Bu nazariyaga asosan kationlarini bera oladigan yoki anionlarni birlashtira oladigan moddalar kislotalar, anionlar ajratadigan yoki kationlarni birlashtira oladigan moddalar asoslar deb ataladi, mas:Fe(CN)3(K-Ta) +3KCN(acoc) -" ^ K3[Fe(CN)6]SN31 (k-ta) +N(CH3)3(acoc) -*-> (CH3)4NIKislota-asos jarayonlari (neytrallash, gidroliz, metallarni oʻyish va boshqalar) keng qoʻllaniladi. Koʻpgina kislotalar (sulfat, nitrat, xlorid, ortofosfat) va ishqorlar (oʻyuvchi kaliy, oʻyuvchi natriy va boshqalar) kimyo sanoatining asosiy xom ashyolaridandir. Tirik organizmdagi bir qancha biokimyoviy jarayonlarda K. va a. ishtirok etadi. Tirik tabiatdagi universal, muhim birikma — nuklein kislotalar va oqsillar polimer K. va a.dir. Ayrim K. va a. organizmga shifobaxsh taʼsir koʻrsatadi. Mas, xlorid kislotaning suyultirilgan eritmalari tibbiyotda meʼda shirasini koʻpaytirish uchun, borat kislota eritmasi dezinfeksiya maqsadlarida ishlatiladi. Ammo yuqori konsentratsiyadagi K. va a. organizmga kirganda ichki organlarning qattiq kuyishiga, qonning boʻzilishiga, yurak faoliyatining susayishiga va baʼzan oʻlimga sabab boʻlishi mumkin.

Adabiyot[tahrir]

  • Miskidjyan SP, Garnovskiy A.D., Vvedeniye v sovremennuyu teoriyu kislot i osnovaniy, Kiyev, 1979.

Stalina Qosimova.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil