Kirk Douglas
Kirk Douglas | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
Issur Danielovitch 1916-yil 9-dekabr |
Vafoti |
2020-yil 5-fevral Beverly Hills, California, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi |
|
Turmush oʻrtogʻi |
Diana Douglas (turm.1943 — ajr.1951) Anne Buydens (1954) |
Otasi | Harry Danielovitch |
Onasi | Bertha Sanglel |
Partiyasi | Demokratik partiya |
Faoliyat yillari | 1944-yildan 2008-yilgacha |
Bolalari | 4 ta |
Imzo | |
![]() |
Kirk Douglas (talaffuzi: Kirk Duglas; asl ismi: Issur Danielovitch talaffuzi: Issur Danielovich; 1916-yil 9-dekabr — 2020-yil 5-fevral) amerikalik aktyor va kinorejissyor. Qashshoq bolaligidan soʻng u Barbara Stanwyck bilan „The Strange Love of Martha Ivers“ (1946) filmida debyut qildi. Douglas tez orada 1950-yillarda jiddiy dramalar, jumladan, gʻarbiy va urush filmlari bilan mashhur boʻlgan yetakchi yulduzga aylandi. Faoliyati davomida u 90 dan ortiq filmlarda suratga tushgan va „portlovchi aktyorlik“ uslubi bilan tanilgan. U Amerika Kino Instituti tomonidan Klassik Gollivud kinosining 17-eng buyuk erkak yulduzi deb topildi va roʻyxatdagi eng yuqori oʻrinni egallagan tirik odam edi.
Douglas „Champion“ (1949) filmidagi vijdonsiz boks qahramoni roli uchun xalqaro yulduzga aylandi, bu esa unga „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasida Oskar mukofotiga birinchi nominatsiyasini keltirdi. Uning boshqa ilk filmlari orasida "Our of the Past" (1947), "Young Man with a Horm" (1950), Lauren Bacall va Doris Day bilan o‘ynagan, „Ace in the Hole“ (1951) va "Detective Story" (1951) kiradi. U „The Bad and the Beutiful“ (1952) filmidagi dramatik roli uchun Lana Turner bilan birgalikda ikkinchi Oskar nominatsiyasini oldi va „Oltin globus“ mukofotini qoʻlga kiritgan „Lust for Life“ filmida (1956) Vincent van Gogh roli uchun „dramadagi eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasida uchinchi mukofotni oldi. U, shuningdek, James Mason bilan „20,000 Leagues Under the Sea“ (1954) sarguzasht filmida rol oʻynagan.
Yoshligi va taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Douglas Issur Danielovich (belaruscha: Іссур Даніелавіч, ruscha: Иссур Даниелович)[1], 1916-yil 9-dekabr Nyu-Yorkda Bryna „Bertha“ va Herschel „Harry“ Danielovitchning oʻgʻli boʻlib dunyoga kelgan[2][3][4]. Uning ota-onasi Rossiya imperiyasidagi (hozirgi Belarusiya) Mogilev gubernatorligining Chavusi shahridan muhojirlar boʻlgan[5][6][7] va oila uyda yahudiy tilida gaplashardi[8][9][10]. Douglas yetti farzandning toʻrtinchi farzandi va yagona oʻgʻil edi[11][12]. Uning oltita opa-singillari bor[13], uchta katta va uchta kichik: Pesha „Bessie“, Kaleh „Katherine“, Tamara „Mary“, Siffra „Frieda“[14], Haska „Ida“, va Rachel „Ruth“[15][16][17].
Ilgari koʻchib kelgan otasining akasi Demsky familiyasidan foydalangan, Douglasning oilasi Qoʻshma Shtatlarda uni qabul qilgan[18]. Douglas Izzy Demsky sifatida oʻsgan va Ikkinchi Jahon urushi paytida Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz flotiga kirishdan oldin oʻz ismini qonuniy ravishda Kirk Douglasga oʻzgartirgan[19].
1988-yilgi avtobiografiyasida „The Ragmanʼs Son“ Douglas ota-onasi va olti opa-singillari bilan Amsterdamda yashagan dastlabki yillarida boshdan kechirgan qiyinchiliklarni qayd etadi:
“ | Rossiyada ot savdosi bilan shug‘ullangan otam o‘ziga ot va kichik arava olib, eski lattalar, metall parchalar, nikel, keraksiz narsalarni, tiyinga sotib olib, kambag'al bo‘lib qoldi... Hatto Burgut ko‘chasida ham, shaharning eng kambag'al qismida, barcha oilalar kurashayotgan joyda, kambag'allikning eng past pog'onasida edi. Men esa kambag'alning o'g'li edim. | ” |
Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
"The Ragmanʼs Son" filmida Duglas o‘zini „Son“ deb taʼriflab, „Men Gollivuddagi eng yoqtirmaydigan aktyorman. Va men buni juda yaxshi his qilyapman. Chunki bu menman… Men tajovuzkor boʻlib tugʻilganman va men tajovuzkor boʻlib oʻlaman“ degan. Burt Lancaster bir marta shunday degan edi: „Kirk birinchi boʻlib sizga u juda qiyin odam ekanligini aytadi. Men esa ikkinchi bo‘lardim[20].“ Douglasning shafqatsiz shaxsi uning qashshoqlikda yashagan qiyin tarbiyasi va yoshligida Kirkga beparvo boʻlgan tajovuzkor ichuvchi otasi bilan bogʻliq[21]. Douglasning soʻzlariga koʻra, „ichimda juda koʻp gʻazab bor edi, men oshkor etishdan qoʻrqdim, chunki otamda bu juda koʻp va kuchliroq edi“[21]. Douglasning intizomi, zukkoligi va hazil tuygʻusi ham tez-tez eʼtirof etilgan.
Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2014-yilgi maqolasida Douglas aktyorlik faoliyati davomida eng gʻururlangan filmlar sifatida: „The Strange Love of Martha“, „Champion“, „Ace in Hole“, „The Bad and tha Beautiful“, „Act of Love“, „20,000 Leagues Under the Sea“, „The Indian Fighter“, „Lust for Life“, „Paths of Glory“, „Spartacus“, „Lonely Are the Brave“ va „Seven Days in May“ filmlarini keltirdi[22].
Radio chiqishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Dastur | Epizod/manba |
---|---|---|
1947 | Suspense | "Community Property"[23] |
1950 | Screen Directors Playhouse | Champion[24] |
1950 | Suspense | The Butcher’s Wife[24] |
1952 | Lux Radio Theatre | Young Man with a Horn[25] |
1954 | Lux Radio Theatre | Detective Story[24] |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Kirk Douglas honoured by World Jewish Congress“. BBC (10-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 10-may 2018-yil.
- ↑ Kirk Douglas profile, Filmreference.com; accessed July 25, 2016.
- ↑ Kirk Douglas. The Ragman's Son: An Autobiography, 1988 — 16 bet. ISBN 978-0671637170. 15-fevral 2020-yilda qaraldi.
- ↑ „Kirk and Michael Douglas“. Land Of Ancestors – Belarus (17-noyabr 2012-yil). 3-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-dekabr 2014-yil.
- ↑ Paskin. „Hollywood gladiator Kirk Douglas has his eyes set on a third barmitzvah“. The Jewish Chronicle (20-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 25-may 2018-yil.
- ↑ Plessel. „5 reasons to celebrate actor Kirk Douglas on his 100th birthday“. Los Angeles Daily News (8-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 10-may 2018-yil.
- ↑ Darrach. „Kirk Douglas“. People (3-oktabr 1988-yil). Qaraldi: 10-may 2018-yil.
- ↑ Spence. „A Legend Looks Back: A Visit With Kirk Douglas“. The Jewish Daily Forward (18-iyul 2007-yil). Qaraldi: 6-dekabr 2014-yil.
- ↑ Farndale, Nigel. „Kirk Douglas: in 'pretty good shape' at 94“. The Telegraph (23-iyul 2011-yil).
- ↑ „Other Celebrity Houses of Worship“. seeing-stars.com. Qaraldi: 4-dekabr 2012-yil.
- ↑ Berkvist, Robert. „Kirk Douglas, a Star of Hollywood's Golden Age, Dies at 103“ (en-US). The New York Times (5-fevral 2020-yil). Qaraldi: 11-fevral 2022-yil.
- ↑ Freeman. „Kirk Douglas: 'I never thought I'd live to 100. That's shocked me'“. The Guardian (12-fevral 2017-yil). Qaraldi: 10-may 2018-yil.
- ↑ Walsh. „Kirk Douglas Kids & Family: 5 Fast Facts You Need to Know“ (en-US). Heavy.com (6-fevral 2020-yil). Qaraldi: 11-fevral 2022-yil.
- ↑ Grondahl, Paul „Funeral for Kirk Douglas' sister in Albany“ (en-US). Times Union (23-sentabr 2015-yil). Qaraldi: 11-fevral 2022-yil.
- ↑ „Guideposts Remembers: Kirk Douglas“ (en). Guideposts (8-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 11-fevral 2022-yil.
- ↑ „Kirk Douglas“. www.jewishvirtuallibrary.org. Qaraldi: 11-fevral 2022-yil.
- ↑ Tugend. „Kirk Douglas, an iconic star who reconnected to Judaism after near-fatal crash“. The Times of Israel.
- ↑ Douglas, Kirk. Letʼs Face It, John Wiley & Sons (2007); ISBN 0470084693.
- ↑ Douglas, Kirk. Let's face it: 90 years of living, loving, and learning. John Wiley and Sons, 2007 — 3 bet. ISBN 978-0470084694.
- ↑ Darrach. „Kirk Douglas“. People (3-oktabr 1988-yil). Qaraldi: 20-may 2019-yil.
- ↑ 21,0 21,1 Turan, Kenneth. „The Wrath of Issur: The Ragman's Son by Kirk Douglas“. Los Angeles Times (14-avgust 1988-yil). Qaraldi: 20-may 2019-yil.
- ↑ Douglas, Kirk. „I've Made About 90 Feature Films, but These Are the Ones I'm Proudest Of“. The Huffington Post (9-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 12-iyul 2015-yil.
- ↑ „Suspense – Community Property“. Escape and Suspense!. Qaraldi: 5-fevral 2020-yil.
- ↑ 24,0 24,1 24,2 „Those Were the Days“. Nostalgia Digest. 42-jild, № 4. Autumn 2016. 35-bet.
- ↑ „Better Radio Programs for the Week“. The Decatur Daily Review (2-mart 1952-yil), s. 42. Qaraldi: 28-may 2015-yil. Andoza:Open access
- Faxriy legion ordeni sohiblari
- Amerikalik filantroplar
- Amerikalik erkak televideniye aktyorlari
- Amerikalik film produserlar
- 2020-yilda vafot etganlar
- 1916-yilda tugʻilganlar
- 9-dekabrda tugʻilganlar
- 5-fevralda vafot etganlar
- Aktyor va aktrisalar top 1000 taligi
- Prodyuserlar
- Rejissyorlar
- Amerikalik erkak aktyorlar