King of the Fall

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„King of the Fall“

2014-yilgi reliz muqovasi
The Weeknd qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 20-iyul, 2014-yil(2014-07-20)
Yozib olingan 2014
Janr
Davomiyligi 5:01
Leybl
  • XO
  • Republic Records
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
  • DaHeala
  • Mike Dean
  • Brandon Hollemon
  • The Weeknd
Klipi
"King of the Fall" YouTubeda

"King of the Fall" – kanadalik qoʻshiqchi The Weekndning qoʻshigʻi[1]. U 2014-yil 20-iyulda striming xizmatlari uchun promo-singl sifatida oʻzining King of the Fall Tour'ini targʻib qilish uchun chiqarildi[2]. Keyinroq qoʻshiq XO va Republic Records tomonidan 2020-yil 25-sentabrda rasman qayta chiqarildi[3]. Trek Bryson Tillerning Trapsoul birinchi studiyaviy albomining deluxe editionidagi „Rambo (Last Blood)“ remiks treki bilan birga chiqdi[4]. Amerikalik reper Ty Dolla Sign va kanadalik reper Belly ishtirokidagi qoʻshiqning remiksi 2014-yil 20-oktabrda, „Often“ qoʻshigʻining remiksi chiqqanidan koʻp oʻtmay taqdim etildi[5].

Tarixi va chiqarilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"King of the Fall"ning dastlabki relizi The Weekndning 2014-yilgi „Often“ singlidan va 2014-yilgi King of the Fall Tour eʼlon qilinganidan keyin chiqdi[6][7]. Ikkala qoʻshiq uning yuqorida aytib oʻtilgan gastrolini targʻib qilish va muxlislarni „Often“ treki bor boʻlgan, ammo „King of the Fall“ kiritilmagan Beauty Behind the Madness nomli ikkinchi studiyaviy albomiga jalb qilish uchun chiqarilgan[8].

Qoʻshiq 2020-yil 25-sentabrda, olti yillik norasmiy yuklanishlardan soʻng, Spotify kabi striming platformalariga rasman striming xizmatlari va raqamli isteʼmolchilar uchun chiqarildi[9].

Tanqidiy qabul[tahrir | manbasini tahrirlash]

"King of the Fall" tanqidchilar va muxlislar tomonidan The Weeknd diskografiyasining asosiy qoʻshigʻi sifatida qabul qilindi[10]. uDiscover Musicdan Alyson Lewis qoʻshiqni Tesfayening karyerasini belgilovchi ikkinchi qoʻshiq deb baholadi va uning ijrosini maqtab, qoʻshiqda uning ijrosidagi eng kuchli kupletlar borligini aytdi[11] Stereogumdan Pranav Trewn qoʻshiqni oʻzining pleylistda toʻqqizinchi oʻringa qoʻydi, u qoʻshiq ijrosi va rep kuylanishini maqtadi[12].

Tijoriy koʻrsatkichlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda, cheklangan dastlabki nashri tufayli, „King of the Fall“ faqat AQSh Billboard + Twitter Trending 140 reytingida birinchi oʻrinni egallay oldi. Biroq, 2020-yilda raqamli asosiy striming xizmatlarida rasmiy ravishda chiqarilganidan soʻng, qoʻshiq AQShning Billboard Hot R&B Songs chartida 18-oʻrinni egalladi.

Musiqiy video[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 28-avgustida „King of the Fall“ qoʻshigʻiga videoklip chiqdi[13][14]. Kid Studio rejissorlik qilgan, klipda The Weeknd oʻzining tugʻilib oʻsgan shahri Toronto boʻylab sayr qiladi[15][16].

Chartlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chart (2014) Eng yuqori

oʻrin

AQSh Billboard + Twitter Trending 140 (Billboard)[17] 1
Chart (2020) Eng yuqori

oʻrin

AQSh Hot R&B Songs (Billboard)[18] 18

Chiqarilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hudud Sana Format Leybl(lar) Man.
Har xil 2014-yil 20-iyul striming
  • XO
  • Republic
[19]
Har xil 2020-yil 25-sentabr
  • raqamli yuklab olish
  • striming
[20]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The Weeknd Announces "King of The Fall" Tour“. Complex.
  2. „New Music: The Weeknd 'King Of The Fall'“. Vibe (2014-yil 21-iyul).
  3. „The Weeknd's "King Of The Fall" Returns to Streaming Services“. HYPEBEAST (2020-yil 25-sentyabr).
  4. „Verizon to Launch Streaming Entertainment Series, Sets Dave Matthews Performance“. Billboard.
  5. „Listen to The Weeknd's "King of the Fall (Remix)" f/ Ty Dolla $ign and Belly“. Complex.
  6. „The Weeknd 'King Of The Fall' Tour Dates“. Rap Radar (2014-yil 26-iyun).
  7. „The Weeknd unveils new song 'Often' - listen | NME“. NME (2014-yil 25-iyun).
  8. „The Weeknd to release new single in June, denies rumours of album dropping in August | NME“. NME (2015-yil 12-may).
  9. „The Weeknd's tweet gets 'After Hours' trending months after release, excited fans want 'King of the Fall' live“. meaww.com.
  10. „The Weeknd Finally Brings "King of the Fall" to Streaming Services“. exclaim.ca.
  11. Lewis. „Best Weeknd Songs: 20 Career-Defining Tracks From The Starboy“ (2020-yil 16-fevral).
  12. „The 10 Best The Weeknd Songs“ (2018-yil 9-aprel).
  13. „Watch The Weeknd's "King of the Fall" Video“. Complex.
  14. „Watch: The Weeknd's video for "King of the Fall"“ (2014-yil 29-avgust).
  15. „The Weeknd Is So Sad and Lonely in 'King of the Fall' Video“. Spin (2014-yil 29-avgust).
  16. „The Weeknd Tours Toronto's Party Scene in 'King of the Fall' Video“. Billboard.
  17. „Billboard Twitter Real-Time(2014)“. Billboard Chart.
  18. „The Weeknd Chart History - Hot R&B Songs“. Billboard. October 8, 2020.
  19. „Listen: The Weeknd's new song "King of the Fall"“. Consequence of Sound (2014-yil 20-iyul).
  20. „The Weeknd Releases "King of the Fall" on Streaming Services“. Hypebeast (2020-yil 25-sentyabr).