Echoes of Silence

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Echoes of Silence
The Weeknd miksteypi
Chiqarilgan sanasi 21-dekabr, 2011-yil(2011-12-21)
Yozib olingan sanasi 2011
Janr
  • alternativ R&B
  • ambient[1]
Davomiyligi 45:45
Til
  • ingliz
  • fransuz
Leybl XO
Prodyuser(lar)
  • Clams Casino
  • DropXLife
  • Illangelo
The Weeknd xronologiyasi
Thursday
(2011)
Echoes of Silence
(2011)
Trilogy
(2012)

Echoes of Silence – kanadalik qoʻshiqchi The Weekndning XO tomonidan 2011-yil 21-dekabrda chiqarilgan uchinchi miksteypidir[2]. Oʻzining debyut miksteypi House of Balloons va ikkinchi miksteypi Thursday kabi, The Weeknd musiqachi Illangelo bilan hamkorlik qildi; loyihaning aksariyat qismini ushbu ijodkor ishlab chiqargan[3]. Loyihada, shuningdek, Clams Casino va DropXLife prodyuserlari bilan birinchi marta hamkorlik qilish va repper Juicy J ning ogʻzaki nutqi bor boʻlgan interlude mavjud[4]. Lirik jihatdan Echoes of Silence The Weekndning avvalgi loyihalariga oʻxshash mavzularni oʻz ichiga oladi, uning giyohvand moddalarni isteʼmol qilishi va sevgi bilan bogʻliq kechinmalar bor. Loyihadan oldin 2011-yil 10-oktabrda „Initiation“ promosingli chiqdi[5].

Postpank va trip-hop elementlaridan iborat alternativ R&B va ambient-pop loyiha – Echoes of Silence keng koʻlamli olqishlarga sazovor boʻldi[6]. U 2012-yilgi Polaris musiqa mukofoti uchun nomzodlar longlistiga kiritilgan[7]. Echoes of Silence keyinchalik Trilogy (2012) kompilyatsiya albomining bir qismi sifatida tijoriy ravishda chiqarildi va „Till Dawn (Here Comes the Sun)“ bonus trekini oʻz ichiga oldi. Uning oʻn yilligi munosabati bilan asl mikslar illyustrator Hajime Sorayama tomonidan ishlab chiqilgan cheklangan nashrlar qatori bilan birga chiqarildi[8]. 2021-yil 21-dekabrda yuqorida tilga olingan illyustrator rejissyor sifatida „Echoes of Silence“ treki uchun klip chiqardi[9].

Tanqidiy qabul[tahrir | manbasini tahrirlash]

Echoes of Silence tanqidchilar tomonidan olqishlandi. Metacriticda, asosiy nashrlarning sharhlariga 100 tadan meʼyorlashtirilgan reyting beradigan nashrda, miks 17 ta sharhga asoslanib, oʻrtacha 82 ball oldi.

Treklar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

NomiMuallif(lar)Prodyuser(lar)Davomiyligi
1.„D.D.“Michael Jackson 4:35
2.„Montreal“
 4:10
3.„Outside“
  • Tesfaye
  • Montagnese
  • Ahmad Balshe
  • Madeline Follin
  • Ryan Mattos
 4:20
4.„XO / The Host“
  • Tesfaye
  • Montagnese
 7:23
5.„Initiation“
  • Tesfaye
  • Martin Wong
  • Montagnese
  • Georgia Anne Muldrow
  • DropxLife
  • Illangelo
4:20
6.„Same Old Song“ (feat. Juicy J)
  • Tesfaye
  • Montagnese
 5:12
7.„The Fall“
  • Tesfaye
  • Michael Volpe
  • Montagnese
  • Clams Casino
  • Illangelo
5:45
8.„Next“
  • Tesfaye
  • Montagnese
  • Wong
 6:00
9.„Echoes of Silence“
  • Tesfaye
  • Montagnese
 4:02
2012-yilgi bonus trek
NomiMuallif(lar)Davomiyligi
10.„Till Dawn (Here Comes the Sun)“
  • Tesfaye
  • McKinney
  • Montagnese
5:19

Ishlatilgan sempllar haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „DD“ – Michael Jackson tomonidan ijro etilgan „Dirty Diana“ning kaveridir.
  • „Monreal“ – France Gall tomonidan ijro etilgan „Laisse Tomber Les Filles“ ('Drop the girls') elementlarini oʻz ichiga oladi.
  • „Outside“ – Cults tomonidan ijro etilgan „Outside“ elementlarini oʻz ichiga oladi.
  • „Initiation“ – Georgia Anne Muldrow tomonidan ijro etilgan „Patience“ elementlarini oʻz ichiga oladi.

Chartlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Echoes of Silencening chartlardagi oʻrni
Chart (2022) Eng yuqori
oʻrin
US Top Album Sales (Billboard)[10] 18
US Vinyl Albums (Billboard)[11] 8

Chiqarilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mintaqa Sana Format Yorliq
Har xil 2011-yil 21-dekabr
  • Raqamli yuklab olish
  • striming
XO
2015-yil 28-avgust
  • XO
  • Republic
2016-yil 1-fevral Kasseta
2021-yil 21-dekabr
  • Raqamli yuklab olish
  • striming
2022-yil 1-iyul LP

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Album Review: The Weeknd - Echoes of Silence“ (en-US). Consequence (2011-yil 26-dekabr).
  2. „The Weeknd“. 2016-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „The Weeknd – 'Echoes of Silence' Mixtape – TheNext2Shine.com – New R&B Music Video, R&B Soul News Interview, Emerging Undiscovered Unsigned Talent“. next2shine. 2012-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Drizzy on Twitter: "@theweekndxo Trilogy complete."“. 2016-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „"Initiation" by The Weeknd Review“. Pitchfork.
  6. „Album Review: The Weeknd - Echoes of Silence“ (en-US). Consequence (2011-yil 26-dekabr).
  7. „Polaris Prize long list includes lots of Toronto bands“. Toronto Star. 2012-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „The Weeknd shares new "Echoes of Silence" video“ (en). The FADER.
  9. Rowley, Glenn (December 21, 2021). „The Weeknd Drops 'Echoes of Silence' Video to Celebrate Mixtape's 10th Anniversary: Watch“. Billboard.
  10. "The Weeknd Chart History (Top Album Sales)". Billboard.
  11. "The Weeknd Chart History (Vinyl Albums)". Billboard.