Kontent qismiga oʻtish

Kim Go-eun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kim Go-eun
Tavalludi 2-iyul 1991-yil
Fuqaroligi Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi
Kasbi Aktrisa, qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 2012—hozirgacha

Kim Go-eun (hangulcha: 김고은; Hanja: 金高銀) — janubiy koreyalik aktrisa va qoʻshiqchi. Kim Muse (2012) filmida debyut qilib, buning uchun u Janubiy Koreyada „Eng yaxshi yangi aktrisa“ nominatsiyasida bir nechta mukofotlarga sazovor boʻlgan. Shuningdek, Kim Cheese in a trap (Tuzoqdagi pishloq) (2016), Guardian: The Lonely and Great God (Goblin) (2016) va The King: Eternal Monarch (Qirol: Abadiy Monarx) (2020)[1] teleseriallaridagi rollari bilan tanilgan.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yilda, uch yoshida Kim oilasi bilan Xitoyning Pekin shahriga koʻchib oʻtib, u yerda 10 yil yashaydi, shuning uchun Kim mandarin tilini yaxshi biladi[2]. Rejissyor Chen Kayge tomonidan suratga olingan Birgalikda (和你在一起) filmini har gal ko‘rganida yig‘lab yuboradigan Kim rejissyor bo‘lishni xohlaydi va tasodifan teatrga tushib qoladi. Janubiy Koreyaga qaytgach, u Kayvon san'at oʻrta maktabiga oʻqishga kirib, Koreya Milliy san'at universitetida drama boʻyicha oʻqishni yakunlaydi[3][4].

Rejissor Jung Ji Woo Kim haqida shunday deydi: „Kim tabiatan qiziquvchan va jasur qiz. Uni osonlikcha tasirlantirish qiyin, shuning uchun ham Kim kuchli“[5]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil: Muse va tanqidchilar e'tirofi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda Kim Muse[6][7][8] filmida ikki erkakning ehtiroslarini qoʻzgʻatuvchi 17 yoshli oʻrta maktab oʻquvchisi Yun-gyo rolini ijro etganida ommaviy axborot vositalari eʻtiboriga tushgan[9]. Oʻsha yili ijrosi uchun Kim eng yaxshi yangi aktrisa mukofotini qoʻlga kiritgan.

21 yoshli Kim ilgari hech qachon film yoki seriallarda, hatto ikkinchi darajali rollarda ham suratga tushmagan. Oldinlari u faqat talabalar spektakllarida yoki maktab spektakllarida ijro etgan. Kim Muse filmi rejissyori Jung Ji Vu bilan doʻstlari orqali tanishib qolgan va oʻsha vaqtlarda rejissyor film uchun tinglov oʻtkazayotganini ham bilmagan[1]. “Men rejissyor bilan suhbatlashib, tinglovni tugatdim. Menda hatto tinglovga tayyorlanishga ham vaqt yo‘q edi”, deb eslaydi Kim. Boʻlajak aktrisa rol uchun tinglovga kelgan 300 ta qizlar orasidan tanlangan[10]. Filmda provokatsion mavzudan tashqari, ikkita grafik jinsiy aloqa sahnalari ham mavjud bo‘lib, bu Kimni suratga olishdan oldin o‘zini noqulay va xijolatli his qilganini tan olishga majbur qilgan, biroq kameralar yoqilganda, u personaj ijrosiga butunlay kirishib ketganini aytadi[3].

2013 - 2015: Tanaffus va kinoga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muse serialidan keyin rollar uchun ko‘plab takliflar bo‘lishiga qaramay, Kim ikki yil tanaffus qilib, ta’lim olish uchun kollejga qaytishga qaror qildi. Kim 2014-yilda ekranga qaytib, Monstertrillerida o‘zining ko‘p qirraliligini namoyish etib, filmda singlisi qotil tomonidan shafqatsizlarcha o‘ldirilgan nogiron ayol rolini ijro etadi. Ayolning qaygʻusi va gʻazabi oʻzini aqldan ozdirib, qotildan qasos olishni rejalashtiradi[11][12][13][14].

2015-yilda Kim va Hwe Su 1980-yilda yozilgan Koin rokka beibiizu (Kameradagi bolalar) yapon romani asosidagi Kameradagi qizaloq trillerida rol ijro etishgan. Kim birinchi marta 2015-yilgi Cannes kinofestivaliga rejissyor va aktyorlar bilan birga filmni taqdim etish uchun taklif qilingan[15][16].

2016 - hozirgi kungacha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kim oʻzining televideniyedagi debyutini xuddi shu nomdagi webtoonga asoslangan Cheese in a trap serialida qilgan[17][18][19]. Shuningdek, u dramaning saundtreki uchun Tearliner bilan Attraction qoʻshigʻini ijro etgan[20]. Kim oʻzining ijrosi uchun Baeksang Arts Award mukofotiga sazovor boʻlgan[21]. Keyinchalik 2016-yilda Kim Eun Sookning mashhur Guardian: The Lonely and Great God fantastik dramasida suratga tushgan[22]. Bu drama xitiga aylangan va tanqidchilar olqishiga sazovor boʻlib, Janubiy Koreyada madaniy hodisaga aylangan[23]. Shuningdek, serial reytingi 20% dan oshgan birinchi koreys serialiga aylandi va 2020-yil iyun holatiga koʻra, televideniye tarixidagi eng yuqori reytingga ega beshinchi koreys dramasi ekanligi ma`lum boʻldi. Kim serialdagi hamkasblari bilan yaqin doʻst boʻlib qolgan[24].

2019-yilda Kim Lee Min-ho[25] bilan birga The King: Eternal Monarch fantastik dramasida rol ijro etgan. Serial uning aktyorlari, taniqli yozuvchisi, keng reklamasi va 30 milliard von (25 million AQSH dollari) dan ortiq ishlab chiqarish byudjeti[26][27] tufayli 2020-yilning birinchi yarmida eng kutilgan seriallardan biri sifatida e’tirof etilgan. Jumadan, shanbagacha boʻlgan serialning SBS telekanalida efirga uzatilgan premyerasi eng yuqori reytingini olgan va ketma-ket sakkiz hafta davomida Wavve haftalik drama jadvalida birinchi oʻrinni egallab birinchi epizodidayoq rekord oʻrnatgan[28][29].

oʻsha yili Kim mashhur Yeonwun musiqiy filmi asosida Janubiy Koreyaning birinchi Hero musiqiy filmi uchun tanlangan[30][31]. Filmning premyerasi 2020-yilning iyul oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo COVID-19 pandemiyasi tufayli kechiktirilgan.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Original nomi Rol
2012 f Muse 은교 Han Eun Gyo
2012 f Yeun-ah (Qisqa metrajli film) Original nomi berilmagan Yeun-ah
2013 f The never dying butterfly (epizodik) Original nomi berilmagan Mun Su Yeon
2014 f Monster 몬스터 Bok Sun
2015 f Sword 협녀: 칼의 기억 Hon I
2015 f Coin 차이나타운 Il Yeon
2015 f Lawyer: missing body 성난 변호사 Chin Son Mi
2016 f Canola 계춘할망 Hyo Chi
2018 f Sunset 변산 Son Mi
2019 f Music Album 유열의 음악앨범 Kim Mi Su
2020 f Hero 영웅 Sol Hee

Teleseriallar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Original nomi Rol Kanal Havl.
2016 Cheese in a trap 치즈인더트랩 Xong Sol TVN [17]
20162017 Guardian: The Lonely and Great God 쓸쓸하고 찬란하神 – 도깨비 Ji Eun Tak / Park So Min [22]
2020 The King: Eternal Monarch 더 킹: 영원의 군주 Jung Tae Eul / Luna / Ku So Kyung / Jung Tae Ra SBS [32]
2022 Little Women 작은 아씨들 O In Ju [33][34]

Koʻngilochar koʻrsatuvlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Kanal Rol Izohlar
2021 yil Sea of hope (Umid dengizi) JTBC Doimiy rol Okean qoʻriqchisi[35]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Архивированная копия“. 2020-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.
  2. „An Honest Review Of 'Goblin' By A K-Drama Fan“. 2020-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.
  3. 3,0 3,1 „Unknown Starlet Gets Big Break as Korean Lolita“ (en). The Chosun Ilbo (2012-yil 21-aprel). 2012-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  4. „Stars from Korea National University of Arts“ (en). Hancinema (2012-yil 17-may). 2012-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  5. Lee, Claire „Jung Ji-woo talks on his new film, new muse“ (en). The Korea Herald (2012-yil 2-may). 2012-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  6. Lee, Claire „Park Hae-il back on the big screen as poet“ (en). The Korea Herald (2012-yil 27-mart). 2012-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  7. Eun-Gyo heroine Kim Ko-eun's big smile“ (en). Asia Today (2012-yil 28-mart). Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  8. Jang, Seong-ran „Movieweek.co.kr“ (ko). Movieweek (2012-yil 2-aprel). 2012-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  9. Jang, Seong-ran „Movieweek.co.kr“ (ko). Movieweek (2012-yil 13-aprel). 2012-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  10. A Muse Kim Go-eun takes off the veil“ (en). Hancinema (2012-yil 25-mart). 2012-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  11. Lee, Claire „Kim Go-eun to come back in vicious revenge tale“ (en). The Korea Herald (2014-yil 21-fevral). 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-fevral.
  12. Song, Soon-jin „Press Conference Held for MONSTER: Actor Transformations Front and Center“ (en). Korean Film Biz Zone (2014-yil 24-fevral). 2014-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-mart.
  13. Kim, Hee-eun „Eun-gyo takes on Monster role“ (en). Korea JoongAng Daily (2014-yil 7-mart). 2014-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-mart.
  14. Lee, Claire „Eun-gyo returns as a Monster (en). The Korea Herald (2014-yil 16-mart). 2014-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-mart.
  15. Conran, Pierce „KIM Hye-soo and KIM Go-eun Team Up for COIN LOCKER GIRL“ (en). Korean Film Biz Zone (2014-yil 14-may). 2020-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-may.
  16. „Interview Director HAN Jun-hee and Actress KIM Go-eun of COIN LOCKER GIRL“ (en). Korean Film Biz Zone (2015-yil 20-may). 2018-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-iyul.
  17. 17,0 17,1 „Kim Go-eun to star in Cheese in the Trap (en). K-pop Herald (2015-yil 28-iyul). 2021-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-iyul.
  18. „Kim Go-eun Takes Uncharacteristic Turn in TV Debut“ (en). The Chosun Ilbo (2016-yil 20-fevral). 2017-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-iyul.
  19. „Kim Go-eun snaps up major film, TV drama roles“ (en). K-pop Herald (2015-yil 29-iyul). 2015-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-iyul.
  20. „'치인트' 김고은이 부른 OST '이끌림' 오는 1일 공개“ (ko). Star News (2016-yil 29-fevral). Qaraldi: 2017-yil 22-iyul.
  21. „Director Lee takes top Baeksang honor“ (en). Korea JoongAng Daily (2016-yil 6-iyun). 2017-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-iyul.
  22. 22,0 22,1 „Kim Go-eun nabs lead role in 'Goblin' drama“ (en). Korea JoongAng Daily (2016-yil 27-may). 2017-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-iyul.
  23. „Goblin Rom-Com Sets New Milestone for Cable Soaps“ (en). The Chosun Ilbo (2017-yil 23-yanvar). 2020-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.
  24. „Gong Yoo & Lee Dong-Wook Team Up To Surprise "Goblin" Co-Star Kim Go-Eun! | Metro.Style“. 2020-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.
  25. „Kim Go-eun to Star in Upcoming TV Series“ (en). The Chosun Ilbo (2019-yil 25-may). 2019-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-iyun.
  26. „Young actors move to online platforms as TV producers woo bankable veterans“. Korean Herald (2020-yil 22-may). 2021-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.
  27. „[단독 이정진, 김은숙 사단 합류…'더 킹 : 영원의 군주' 캐스팅“] (ko). Edaily. 2021-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-sentyabr.
  28. „The King: Eternal Monarch Breaks Premiere Records Despite Local Controversy“ (en). Elle Magazine, Singapore (2020-yil 22-aprel). 2021-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-avgust.
  29. „‘놀면 뭐하니’, 주간웨이브 예능 1위 최초 달성···‘예능 왕좌 등극’“. 2021-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.
  30. „Hitmaker JK YOUN Returns with HERO“ (en). Korean Film Biz Zone (2019-yil 25-sentyabr). 2020-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.
  31. „Kim Go-eun cast in the ‘Hero’ film“ (en). Korea JoongAng Daily (2019-yil 13-iyun). 2019-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-avgust.
  32. „Kim Go-eun cast in new drama series by star screenwriter“ (en). K-pop Herald (2019-yil 20-may). 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-may.
  33. Kim Jin-seok. „[단독김고은, '유미' 흥행 잇는다… '작은 아씨들' 주인공“] (ko). JTBC (2021-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.
  34. Kang Da-yoon. „김고은X남지현X박지후, '작은 아씨들' 캐스팅 확정 [공식“] (ko). My Daily (2021-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
  35. Kang Hyo-jin. „이지아·이동욱·윤종신·김고은…JTBC 새 예능 '바라던 바다' 출연[공식“] (ko). Sport TV News (2021-yil 25-may). 2021-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-noyabr.