Kontent qismiga oʻtish

Lee Min-ho

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Lee Min-ho

Min-ho (Aprel, 2022)
Tavalludi 1987-yil 22-iyun (1987-06-22) (39 yosh)
Fuqaroligi Koreya
Kasbi Aktyor, qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 2003—bugun
Mukofotlari Film: Baeksang Arts Awards, Blue Dragon Film Awards, Grand Bell Awards, Max Movie Awards, Weibo Movie Award
TV: APAN Star Awards, Asian Television Award, Baidu Feidian Awards, Baeksang Arts Awards, KBS Drama Awards, Korea Drama Awards, MBC Drama Awards, Mnet 20's Choice Awards, SBS Drama Awards, Seoul International Drama Awards
Veb-sayt leeminho.kr

Lee Min-ho (Koreyscha: 이민호; Hanja: 李敏鎬; tugʻilgan 22-iyun 1987-yil)[1] – Janubiy Koreyalik film yulduzi va qoʻshiqchi[2]. U 2009-yilda oʻzining Boys Ov er Flowers filmidagi Gu Jun Pyo roli orqali Koreyada va Osiyoning baʼzi qismlarida mashhurkikka ega boʻldi. Bu roli orqali Min-ho, 45-Baeksang Arts Awards da eng yaxshi yangi aktyor mukofotiga sozovor boʻldi. Uning teleseriallarda taniqli bosh rolari: City Hunter (2011), The Heirs (2013), Legend of the Blue Sea (2016). Min-honing Osiyodagi televizion seriallardagi mvaffaqiyati uni Hallyu yulduziga aylantirdi. Televizion faoliyatidan tashqari, Li Gangnam Blues (2015) filmidagi birinchi bosh rolni ijro etgan, undan keyin faoliyatida ilk marotaba Xitoyda ishlab chiqarilgan Bounty Hunters filmini oʻynagan.

Lee Min-ho 22-iyun 1987-yilda Janubiy Koreyaning Seul shahrida tugʻilgan. Uning oilasi onasi, otasi va bitta singlisidan iborat. Lee Min-ho yoshligida futbol oʻyinchisi boʻlishga umid qilgan, ammo boshlangʻich maktabning 5-sinfida olgan jarohati bu orzularni barbod qildi. Shunga qaramay, Lee Min-ho hali ham futbol bilan shugʻullanib kelmoqda va Nal-do Hoʻni eng sevimli oʻyinchisi sifatida eslaydi.

Lilee Min-ho oʻrta maktabdagi faoliyatining ikkinchi yilida eʼtiborini aktyorlikka qaratdi. Lee Min-honing oʻrta maktabda oʻqiyotgan yiliga kelib, u tanishlarining yordami bilan Starhaus Entertainmentga qoʻshildi. Treningdan oʻtgach, Min-ho rollarni oʻynashni boshladi va bir nechta televizion dramalarga kichikroq rollarda oʻynaydi. Uning asosiy muvaffaqiyati Gu Jun-pyoning KBS2'ning Boys Over Flowers dramasida Gu Jun-pyo bosh rolini oʻynashi bilan boshlandi. Televizion seriallar juda mashhur boʻlib, doimiy ravishda Janubiy Koreyada 30% dan yuqori baholarni olishdi. Li Min Ho hozirgi kunda Konkuk universitetida film va sanʼat yoʻnalishi boʻyicha mutaxassis. 2011-yilda Lee Min-ho mashhur The Cinty Hunter serialida rol oʻynadi. Drama Tsukasa Xojoning yaponcha mangasiga asoslangan. Uning dramadagi hamkori Park Min-Yong edi. Ular bir-birlarini taxminan 5 yil davomida bilishgan va bundan oldin KBS2'ning 2007-yilda ishlangan I am Sam dramasida birga oʻynaganlar. Lee Min-ho va Park Min-Yongʻning boshqaruv agentliklariga koʻra, City Hunter filmini suratga olish jarayonida ular bir-biriga nisbatan hissiyotlarni rivojlantirgan. City Hunter tugagandan soʻng, ular jiddiyroq munosabatda boʻlishdi va turmush qurishadi.

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
YilInglizcha nomiAsil nomiRol
2008Public Enemy Returns강철중: 공공의 적 1-1Jung Ha-yeon
2008Our Schoolʼs E.T.울학교 이티Oh Sang-hoon
2015Gangnam Blues강남 1970Kim Jong-dae
2016Bounty Hunters바운티 헌터스Yi San
2003Sharp성장드라마 반올림talaba
2004Nonstop 5논스톱 5MC Mong
2005Recipe of Love사랑찬가ofitsant
2006Secret Campus비밀의 교정Park Du-hyun
2007Mackerel Run달려라 고등어Cha Gong-chan
2007I Am Sam아이엠샘Heo Mo-se
2008Get Up나도 잘 모르지만Min Wook-gi
2009Boys Over Flowers꽃보다 남자Gu Jun-pyo
2010Personal Taste개인의 취향Jeon Jin-ho
2011City Hunter시티헌터Yoon-sung
2012Faith신의 (神医)Choi Young
2013The Heirs왕관을 쓰려는 자, 그 무게를 견뎌라 – 상속자들Kim Tan
2016Legend of the Blue Sea푸른 바다의 전설Kim Dam-ryeong/Heo Joon-jae
2017DMZ, The WildDMZ 야생의비밀oʻz ismi
2020The King: Eternal Monarch더 킹: 영원의 군주Emperor Lee Gon
  • 2016 SBS Drama Awards - 2016-yil 31-dekabr
  • Eng yaxshi aktyor (janr / fantaziya) (Moviy dengiz afsonasi)
  • Top 10 yulduz (Moviy dengiz afsonasi)
  • Eng yaxhi juftlik mukofoti (Moviy dengiz afsonasi)
  • 2015-yil (36-) Moviy Dragon Film mukofotlari - 2015-yil 26-noyabr
  • Mashhurlik mukofoti
  • 2015-yil (52-) Daejong Film mukofotlari - 2015-yil 20-noyabr
  • Eng yaxshi yangi aktyor ("Gangnam Blues")
  • 2015 (51-) BaekSang Arts mukofotlari - 2015-yil 26-may
  • Eng mashhur aktyor ("Gangnam Blues")
  • 2013 SBS Drama mukofotlari - 2013-yil 31-dekabr
  • Eng yaxshi aktyor (maxsus drama) ("Vorislar")
  • Ten Star mukofoti ("Vorislar")
  • Eng yaxshi Netizen mukofoti ("Vorislar")
  • Eng yaxshi kiyingan mukofot ("Vorislar")
  • Eng yaxshi juftlik mukofoti ("Vorislar")
  • 12-China Fashion Awards - 2013-yil 18-yanvar
  • "Osiyodagi eng taniqli aktyor mukofoti"
  • 2012 SBS Drama mukofotlari - 2012-yil 31-dekabr
  • Eng yaxshi aktyor (mini-serial) ("Ishonch")
  • Ten Star mukofoti("Ishonch")
  • 2011 SBS Drama mukofotlari - 2011-yil 31-dekabr
  • Eng yaxshi aktyor (maxsus drama) ("Shahar ovchisi")
  • Eng yaxshi Netizen mukofoti ("Shahar ovchisi")
  • Ten Star mukofoti ("Shahar ovchisi")

Media taʼsiri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil iyun holatiga koʻra Min-ho Twitterda 3 million, Weibo va Facebookda esa 29 million va 17,4 million muhlisga ega. 2014 va 2015-yillarda Lre Xitoyning koʻngilochar jurnali tomonidan oʻtkazilgan Osiyo erkak xudosi degan nomga sazovor boʻlgan onlayn soʻrovda qatnashdi. 2017-yilda Lee AQShdagi Koreya toʻlqini muhlislari tomonidan eng koʻp koʻrilgan koreys aktyori sifatida tanlandi.

  1. ↑ „Lee Min-ho (이민호, Korean actor) @ HanCinema :: The Korean Movie & Drama Database“. HanCinema. Qaraldi: 18-avgust 2018-yil.
  2. ↑ „[10LINE Lee Min-ho“]. 10Asia (21-oktabr 2009-yil).