Kichkina shahzoda (film 2015)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kichkina Shahzoda
Rejissyor(lar) Mark Osborn
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
Qaysi asarga
asoslangan
The Little Prince
Antoine de Saint-Exupéry
Rollarda
Bastakor(lar)
Muharrir(lar)
  • Carole Kravetz Aykanian
  • Matt Landon
Studiya(lar)
Chiqarilgan sanasi
  • 22-may, 2015-yil(2015-05-22)
Davomiyligi 108 daqiqa
Mamlakatlar
Til English[4][5]
Byudjeti $77.5 million[6]
Daromadi $97.5 million[7]

Kichkina shahzoda (fransuzcha: Le Petit Prince; italyancha: Il piccolo principe) – 2015-yilda rejissyor Mark Osborn tomonidan tasvirga olingan. Antuan de Sent-Ekzyuperining 1943-yildagi "Kichkina Shahzoda" nomli asariga asoslangan fransuz-italyan animatsion sarguzasht janridagi film hisoblanadi. Filmda bosh rollarni Jeff Bridges, Rachel McAdams, Paul Rudd, Bud Cort, Marion Cotillard, Benicio del Toro, James Franco, Ricky Gervais, Paul Giamatti, Riley Osborn, Albert Brooks va Mackenzie Foy nomli aktyor va aktrisalari tomonidan ijro etilgan. Film "Kichkina shahzoda" asarining toʻliq metrajli animatsiya sifatida yaratilgan birinchi filmi.[8]

Film keksa uchuvchi bilan tanishgan yosh qizcha haqida. Chol qizchaga Sahroi Kabir choʻlida Kichik shahzoda bilan uchrashgani haqida hikoya qilib beradi. Film animatsiyasi ON Animation Studios & Mikros Image studiyalari tomonidan taqdim etilgan.

2015-yilning 22-mayida film premyerasi Kann kinofestivalida namoyish qilindi. Soʻngra 2015-yil 29-iyulda Paramount Pictures tomonidan Fransiyada va 2016-yilning 1-yanvarida Lucky Red tomonidan Italiya kinoteatrlarida taqdim etildi.

Film ijobiy baholarga ega boʻlib, €75 million byudjet bilan $97,5 million daromad qildi. Film oʻz davrida eng muvaffaqiyatli fransuz animatsion filmiga aylandi.

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yosh ona qizi uchun yangi shaharga koʻchib oʻtadi va qizi nufuzli Vert akademiyasiga oʻqishga kirishi uchun, u hatto doʻstlashish uchun vaqt qoldirmaydigan kun tartibini tuzib beradi. Biroq, qiz keksa nafaqadagi uchuvchi qoʻshnisi bilan vaqt oʻtkazadi. Chol Kichkina shahzodani Sahroi Kabirda uchratadi. Ular uchrashishi bilanoq, bolakay unga qoʻy chizib berishini aytadi. Chizish mahoratiga ega boʻlmagan uchuvchi unga qoʻy solingan qutini chizib beradi va ular tez orada doʻst boʻlib olishadi.

Kichkina shahzoda boshqa sayyoradan. U B-612“ asteroidida yashaydi. Kichkina shahzodaning asteroidi baobab daraxtlari bilan qoplangan. U vaqtini sayyorasini tartibga solishga va daraxtlarni tozalashga sarflaydi. Bir kuni u atirgul urugʻini topib oladi. Ertasi kuni urugʻdan gapiradigan chiroyli atirgul oʻsib chiqadi. Ular doʻst tutinishadi. Ammo atirgul injiq shafqatsiz bo'lib ko'rinadi. Keyin esa Kichkina shahzoda oʻzini baxtsiz his qilib koinotdagi boshqa joylarni kashf qilish uchun asteroidida uchib ketadi. Sayohat davomida u boshqa asteroidlardagi odamlar bilan uchrashadi, masalan, qirol, manman odam va badavlat tadbirkor. Kichkina shahzoda oxir-oqibat Yerga tushadi va u bir qizil tulki bilan doʻstlashadi. Tulki keyinroq Kichkina shahzoda bilan xayrlashib, unga doim koʻz bilan emas yurak bilan koʻrishni maslahat beradi. Uchuvchi qizga sovgʻa sifatida yumshoq tulki beradi va u tez orada Kichik Shahzodani topish uchun ketishini aytadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The Little Prince (2013)“. Unifrance. Qaraldi: 2016-yil 1-sentyabr.
  2. Foundas, Scott (22 May 2015). „Film Review: The Little Prince. Variety. Qaraldi: 21 June 2015.
  3. „Lucky Red, 30 anni di storia nel cinema“ (it). Lucky Red (2017-yil 26-iyun).
  4. Chang, Justin (16 April 2015). „Cannes Unveils 2015 Official Selection Lineup“. Variety. Qaraldi: 18 August 2015. „...Mark Osborne's French-produced, English-language adaptation of "The Little Prince,"...“
  5. Zeitchik, Steven. „Cannes 2015: Woody Allen and Todd Haynes to join Pixar and Portman“ (2015-yil 16-aprel). 2015-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust. „...while a second English-language animated movie,...“.
  6. Giardina, Carolyn (8 August 2016). 'The Little Prince:' How Director Mark Osborne Gave the Classic a Modern Update“. The Hollywood Reporter. Qaraldi: 3 June 2018.
  7. „The Little Prince (2015)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 2023-yil 11-sentyabr.
  8. Keslassy, Elsa. „Watch Second Trailer for Mark Osborne's Cannes-Bound The Little Prince (Exclusive)“. Variety (20-aprel 2015-yil). Qaraldi: 2015-yil 20-aprel.