James Franco
James Franco | |
---|---|
![]() James Franco Austin Film festivalida, 2011 | |
Tugʻilishi |
James Edward Franco 19-aprel 1978-yil (42 yosh) |
Kasbi | aktyor, artist, kinochi |
IMDb | ID 0290556 |
James Edward Franco (talaffuzi: Jeyms Edvard Franko; 19-aprel, 1978-yili tugʻilgan) amerikalik aktyordir. Uning ilk mashhur roli Freaks and Geeks serialidagi bosh qahramon edi; keyinchalik u James Dean biografik filmida (2001) asosiy rolni oʻynab, Golden Globe mukofotini oldi. Xalqaro shuhrat unga Oʻrgimchak-odam filmidagi Harry Osborn rolidan keyin keldi. James Edward Franconing onasi yahudiy.
Franco qator mukofotlarga nomzod qilib koʻrsatildi, ulardan baʼzilarini yutdi. U ham dramatik, ham komik loyihalarda qatnashdi, 2000-yillardan beri eklektik rollarda: tarixiy asarlardan to zamonaviy filmlargacha, Hollywood kinolaridan to mustaqil filmlargacha ishlarda qatnashmoqda, fentezidan tortib sentimental rollargacha oʻynab kelmoqda. Uning boshqa taniqli filmlari orasiga Pineapple Express, 2008-yilgi bangi komediya; Milk (2008) biografik filmi; 127 Hours (2010) voqeiy drama filmi kiradi. 127 Hours orqali u Oscar mukofotiga nomzod etildi. 2011-yili u Rise of the Planet of the Apes filmida suratga tushdi. 2009-yildan beri u General Hospital serialida oʻynamoqda.
![]() |
Wikimedia Commonsda James Franco mavzusiga oid fayllar bor. |
![]() |