Kevin Nahin Álvarez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Álvarez
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kevin Nahin Álvarez Campos[1]
Tavallud sanasi 15-yanvar 1999-yil (1999-01-15) (25 yosh)
Tavallud joyi Colima, Meksika
Boʻyi 1.76 m
Ampluasi O'ng qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Pachuca
Raqami 2
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018– Pachuca 106 (2)
Milliy terma jamoa
2018–2019 MeksikaU20 12 (1)
2019–2021 MeksikaU23 5 (1)
2021– Meksika 9 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 30-oktyabr uchun)

Kevin Nahin Álvarez Campos (1999-yil 15-yanvarda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, Liga MX chempionatida Pachuka klubida va Meksika terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Xalqaro karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlar jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilda Álvarez Meksika yoshlar terma jamoasi tarkibida CONCACAF yoshlar kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Nikaragua, San Martin, Yamayka, Grenada, Aruba, Salvador va AQShga qarshi o'yinlarda ishtirok etgan. Nikaragualiklarga qarshi kechgan duelda esa Kevin gol urgan.

2019-yil aprel oyida Álvarez Polshada boʻlib oʻtadigan U-20 Jahon chempionatida Meksika terma jamoasini himoya qilish uchun 21 futbolchidan iborat terma jamoa tarkibiga kiritildi[2]. Turnirda u Italiya, Yaponiya va Ekvador jamoalariga qarshi o'yinlarda ishtirok etgan.

Álvarez Jaime Lozano tomonidan 2019-yilgi Panamerika oʻyinlarida 23 yoshgacha boʻlgan futbol terma jamoasi bilan qatnashish uchun tarkibga chaqirilgan[3], shu sababli Álvarez futbol bo'yicha Meksika Olimpiya terma jamoasi tarkibida Peruda bo'lib o'tgan Panamerika o'yinlarida ishtirok etdi. Turnirda u Argentina, Ekvador, Gonduras va Urugvay terma jamoalariga qarshi o'yinlarda ishtirok etadi. Ushbu musobaqada Meksika yarim finalda magʻlub boʻladi va uchinchi oʻrin uchun boʻlib oʻtgan oʻyinda gʻalaba qozonadi[4].

Kattalar jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 3-iyul kuni Álvarez Nigeriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida kattalar terma jamoasi safida ilk debyutini qildi[5].

2022-yil oktyabr oyida Álvarez Meksikaning 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun saralangan 31 kishilik dastlabki tarkibiga kiritildi va noyabr oyida u yakuniy 26 kishilik roʻyxatga ham kiritildi[6].

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Kontinental Boshqa Jami
Divisioni oʻyinlar Gollar oʻyinlar Gollar oʻyinlar Gollar oʻyinlar Gollar oʻyinlar Gollar
Pachuka 2017–18 Liga MX - 5 0 - - 5 0
2019–20 10 0 5 0 - - 15 0
2020–21 38 1 - - - 38 1
2021–22 37 1 - - - 37 1
2022–23 21 0 21 0
Jami 106 2 10 0 0 0 0 0 116 2
Karyera jami 106 2 10 0 0 0 0 0 116 2

Xalqaro musobaqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa Yil oʻyinlar Gollar
Meksika 2021 yil 2 0
2022 7 0
Jami 9 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pachuka

  • Liga MX : Apertura 2022

Meksika U23

  • Panamerika bronza medali : 2019

Individual

  • Liga MX Best XI: Guardianes 2021[7], Clausura 2022[8]
  • Liga MX Eng yaxshi himoyachi: 2021–22[9]
  • Liga MX All-Star: 2021[10], 2022[11]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „FIFA World Cup Qatar 2022 – Squad list: Mexico (MEX)“. FIFA (2022-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
  2. „Convocatoria de la Selección Nacional de México Sub-20“ (Spanish). MiSeleccion.mx. Qaraldi: 2019-yil 23-aprel.
  3. „Football Men – Mexico Team Roster“. Lima 2019 (2019-yil 29-iyul). 2019-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-noyabr.
  4. „México rescató el Bronce en Panamericanos tras vencer a Uruguay con muchos apuros“.
  5. „Mexico v Nigeria game report“. ESPN (2021-yil 3-iyul). Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
  6. Moro. „Lista de convocados de la Selección Mexicana al Mundial de Qatar 2022“ (Spanish). Tvazteca.com (2022-yil 14-noyabr).
  7. „La Liga MX da a conocer el 11 ideal del Guardianes 2021“. Marca.
  8. „Liga MX dio a conocer el 11 ideal del Clausura 2022; Atlas y Pachuca dominan“.
  9. „Balón de Oro de la Liga MX: Ganadores y galardones“.
  10. „Updated Liga MX 2021 MLS All-Star Game Roster“. MLSsoccer.com. Major League Soccer (2021-yil 19-iyul). Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  11. „LIGA MX announces roster for 2022 MLS All-Star Game at Allianz Field“. Major League Soccer (2022-yil 19-iyul). Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.