Kaxovka toʻgʻoni buzilishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kaxovka toʻgʻoni (2006-yil)

2023-yil 6-iyun kuni Ukrainaning Xerson viloyatidagi Rossiya nazorati ostidagi Kaxovka toʻgʻoni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida vayron boʻlib, mintaqaga „halokatli suv toshqini“ bilan tahdid soldi[1][2][3][4].

Vaziyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilda, Xerson qarshi hujumining yakuniga koʻra, Ukraina Rossiyani oʻch olish maqsadida portlovchi moddalar bilan toʻgʻonni buzishni rejalashtirayotganlikda ayblagan[5], biroq rus kuchlari Ukrainaning oldinga siljishiga to‘sqinlik qilish uchun faqat Yangi Kaxovka yo‘li va ko‘prik qavatini vayron qilgan, buning natijasida baʼzi shluzlarga zarar yetkazilgan edi[6].

Keyingi oylarda Rossiyaning Ukraina infratuzilmasiga zarbalari natijasida bir nechta toʻgʻon urilib, aholining katta qismi suvsiz qolgan edi. Bundan tashqari Krivoy Rog shahrining toʻgʻoni raketa hujumi bilan va Oskil daryosi toʻgʻoni rus quruqlik kuchlari tomonidan vayron qilingan edi[7][8]. Shuningdek, 2022-yil oktabr oyida urib tushirilgan Rossiya raketalari bilan hujumga urinish haqida xabar berilgan edi, nishon Dnestr daryosidagi toʻgʻon boʻlishi mumkin edi[9].

Hodisadan oldin New York Times Rossiya nazoratidagi toʻgʻon suv sathi misli koʻrilmagan darajada yuqori darajaga yetganidan keyin suv toshqini xavfi borligidan xabar qilgan edi[10].

Tahlil[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiya ham, Ukraina ham toʻgʻonni vayron qilganlikda qarshi tomonni aybladi[3][11]. Toʻgʻon buzilgan paytda Rossiya nazorati ostida boʻlgan va uning suv sathi 30 yillik eng yuqori koʻrsatkichga chiqqan. Bu beparvolikmi yoki qasddanmi, nomaʼlum[12].

Taʼsir[tahrir | manbasini tahrirlash]

Map showing the path of water flowing in the Dnipro River downstream of the Nova Kakhovka dam in Ukraine.
Yangi Kaxovka toʻgʻonining quyi oqimidagi Dnepr daryosidagi oqim yoʻli.

Suv toshqini va evakuatsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ukraina Milliy politsiyasi Ukraina nazorati ostidagi Dneprning gʻarbiy qirgʻogʻidagi barcha fuqarolarni elektr jihozlarni oʻchirib, hujjat va zarur buyumlarni olib, Mikolaivka, Olhivka, Lyovo, Tyaginka, Poniativka, Ivanovka, Tokarivka, Pridniprovske, Sadove, Korabel oroli va Xersonning bir qismiga evakuatsiya qilishni soʻradi[3][13][14].

Zarar tufayli suv toshqinlari paydo boʻldi, Zaporijjya atom elektr stansiyasini sovutadigan suv sathining ehtimoliy kamayishiga olib keldi[15][16].

Suv taʼminoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suv omboridan keladigan suv quyi oqimda janubiy Ukraina va Qrim yarim orolini va yuqori oqimdagi Zaporijjya atom stansiyasini taʼminlaydi. Rossiya davlat matbuotining xabar berishicha, Rossiya tomonidan oʻrnatilgan Yangi Kaxovka meri toʻgʻonning buzilishi tufayli Shimoliy Qrim kanalidan Qrimga keladigan suv taʼminotida „muammolar“ paydo boʻlishini aytdi[3].

Reaksiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ukraina[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oʻzining Telegram kanalida shunday dedi:

Rossiya terrorchilari tomonidan Kaxovka GES toʼgʼonining buzilishi butun dunyo uchun ular Ukraina zaminining har bir burchagidan quvib chiqarilishi kerakligini tasdiqlaydi. Ularga bir metr ham qoldirmaslik zarur, chunki ular har bir metrdan terror uchun foydalanadilar[17].

Ukraina prezidenti devonining rahbari Andrey Yermak toʻgʻonning vayron qilinishi „ekotsid“ ekanligini aytdi[3].

Rossiya Federatsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiya ommaviy axborot vositalari Kaxovka GESi MLRS Vilkhadan otilganini daʼvo qilib, qoʻporuvchilik uchun aybdor Ukrainani ekanligini taʼkidlamoqda[18].

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning Kaxovskaya GESini buzishga aloqadorlik ayblovlarini qatʼiyan rad etishini rasman eʼlon qildi va bu holatda gap Ukraina tomonidan ataylab rejalashtirilgan qoʻporuvchilik haqida ketayotganini aytdi. Kreml voqea oqibatlari uchun javobgarlikni Kiyev rasmiylariga yuklagan[19].

Xalqaro hamjamiyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Portlash paytida Ukrainada boʻlgan Britaniya tashqi ishlar vaziri James Cleverley „Bu muammoning yagona sababi Rossiyaning asossiz keng koʻlamli bosqinidir“, deya taʼkidladi. NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg voqeani „gʻazablantiradigan“, deya taʼrifladi. Bu esa „Rossiyaning Ukrainadagi urushining shafqatsizligini“ koʻrsatishini aytdi[20]. European Council President Charles Michel called the blowing up of a hydroelectric power plant a war crime on the part of Russia[21].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Kakhovka dam in southern Ukraine is blown, unleashing flood of water“ (en). Reuters (2023-yil 6-iyun). Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  2. Ogirenko, Valentyn; Kelly, Lidia. „Nova Kakhovka dam in Kherson region blown up by Russian forces - Ukraine's military“ (en). Reuters (2023-yil 6-iyun). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Sullivan, Helen. „Russia-Ukraine war live: dam near Kherson destroyed by Russian forces, says Ukraine, sparking evacuations“ (en-GB). the Guardian (2023-yil 6-iyun). Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  4. „Explosion at Nova Kakhovka dam threatens Ukraine's Kherson region with devastating floodwaters“ (en). Meduza. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  5. Ukraineʼs Zelenskyy accuses Russia of planning to destroy dam
  6. Damage to Russian-occupied dam submerges Ukrainian reservoir island community
  7. Sakhno, S.I.; Lyulchenko, Ye.V.; Bilashenko, K.S.; Domnichev, A.O. (2020). "Investigation of the applicability of nonlinear mathematical models of concrete strength for modeling the destruction of concrete prisms". Mining Journal of Kryvyi Rih National University (107): 68–73. doi:10.31721/2306-5435-2020-1-107-68-73. ISSN 2306-5435. http://dx.doi.org/10.31721/2306-5435-2020-1-107-68-73. 
  8. „The war put the water reservoir of the Kharkiv region on the verge of ecological disaster“ (en-US). ЭкоПолитика (2022-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  9. Reuters. „Debris of Russian missile downed by Ukraine lands in Moldovan village“ (en). Reuters (2022-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  10. Russian-Controlled Dam Risks Flooding in Southern Ukraine, 17 May 2023
  11. „Ukraine says Russian forces blew up Nova Kakhovka dam in Kherson“ (en). www.aljazeera.com. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  12. „Ukraine and Russia Agree to Extend Black Sea Grain Deal“. The New York Times (2023-yil 17-may). 2023-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
  13. Regan. „Critical Ukrainian dam near Kherson destroyed sparking region-wide evacuations“ (en). CNN (2023-yil 6-iyun). Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  14. Evacuations begin after a major dam in southern Ukraine is heavily damaged
  15. „Ukraine accuses Russia of destroying major dam near Kherson, warns of ecological disaster“ (en). AP NEWS (2023-yil 6-iyun). Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  16. „Ukraine war: Flooding fears after major dam breach in Russia-controlled Kherson region“ (en). Sky News. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  17. „The invaders blew up the Kakhovka Hydroelectric Power Plant“. Mil.in.ua (2023-yil 6-iyun).
  18. „Главное: подрыв дамбы Каховской ГЭС в Херсонской области. Что уже затоплено, как это могло произойти и какие будут последствия“ (ru). Настоящее Время (2023-yil 6-iyun). Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  19. „«Это преднамеренная диверсия украинской стороны». Кремль — о прорыве плотины на Каховской ГЭС“ (ru). Meduza. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  20. „Jens Stoltenberg“ (ru). Twitter. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  21. „Charles Michel“ (ru). Twitter. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

46°46′40″N 33°22′13″E / 46.77778°N 33.37028°E / 46.77778; 33.37028 G OKoordinatalari: 46°46′40″N 33°22′13″E / 46.77778°N 33.37028°E / 46.77778; 33.37028 G O