Krivoy rog
Jump to navigation
Jump to search
Krivoy rog — Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi shahar (1919 yildan), Ingulets daryosining bosh qismida. Krivoy rog tuguni. Aholisi 711 ming kishi (1997). Krivoy Rog temir ruda havzasi markazi. Kon boyitish kombinatlari, metallurgiya kombinati, koks kimyosi zavodi, mashinasozlik (kon jihozlari), yengil, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati korxonalari bor. 2 oliy oʻquv yurti, teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Krivoy rogga 1775 yil asos solingan.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |