Kavala sulolasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kavala sulolasi ( Misrning Xidiva) (1805-1914)

Kavala sulolasi 1805-1953-yillarda Misrda hukmronlik qilgan eng yirik sulolalardan biri. Kavala sulolasi 1805—1914-yillarda Misr Xedivati, 1914—1922-yillarda Misr sultonligi va 1922—1953-yillarda esa Misr Qirolligida hukmronlik qilganlar.

Oila boshilaridan biri Ibrohim og'a asli Konyalik bo'lib, Usmonlilar davrida Edirnega shahariga kelgan [1] va Makedoniyaning Kavala shahridagi qal'aga bosh qo'riqchi etib tayinlangan.Ibrohim og'aning ukasi To'sun og'a shaharning ishonchli vakili, o'g'li Ali Tosun posho esa Usmonlilar imperiyasida beklarbegi lavozimini egallab turgan edi. Ali Tosun Poshoni Usmonli sultoni III. Selim (1789-1807) Misrga vazirlik lavozimini vazir etib tayinladi va u keyinchalik Kavala sulolasiga asos soladi.

Kavala sulolasiga boshchilik qilganlar: Ismoil Posho (1868-1879) davrida xidiv, Husayn Komil Posho (1914-1917) davrida sulton, Birinchi Fuad davrida (1917) melik yoki podshoh unvonlarini qo‘llaganlar. -1936-yilgacha).

Kavalali oilasidan Usmonli sultonlarining qizlariga uylanib qarindosh-urugʻ rishtalarini bosg'lashgan hamda davlat ishlariga ham ta'sirlarini o'tkazishgan. misol uchun Abbos Hilmi Poshoning o'g'li Damad Ibrohim Posho, Sulton Abdülmecidning qizi Münire Sultonga uylangan.

Kavala xalqi Arabistondagi vahhobiylarga va Usmonlilarga qarshi isyon ko'targan yunonlarga qarshi kurashda jonbozlik ko'rsatishgan hamda ga'abaga katta hssa qo'shishgan.

Mehmed Ali Poshoning oʻgʻli Ibrohim Poshoning qoʻzgʻoloni Usmonlilarni ichki siyosatda ham tashqi siyosatda ham qiyin ahvolga solib qo'ydi..

19-asrda Kavala sulolasi o'zlari olib borgan iqtisodiy siyosati bilan Misrning moliyaviy ahvolini yomonlashtirib qo'yishti hamda Angliyaning moliyaviy qaram bo'lib qolishti. Shu sababli Misr xalqi ularga qarshi isyon ko'taradi sulola esa inglizlardan yordam so'rashga majbur bo'ladi. 1882-yilda Misr inglizlar tomonidan bosib olindi sulola hokimiyatni inglizlar ta'sirida saqlab qola olgan bo'lsada ammo ta'sir kuchi avvalgidek emas edi.

Birinchi jahon urushi (1914-1918) va undan keyingi Britaniya homiyligi va ularning 1948-yilgi arab-isroil urushidagi mag'lubiyatga uchrashi Kavala sulolasiga nisbatan ishonchsizlik va norozilikni keltirib chiqardi. 1953-yilda Kavala sulolasi tugatildi va Misrda respublika deb e'lon qilindi.

Kavala sulolasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.Mehmet Ali I (1805-1848)

2. Ibrohim (1848)

3.Said 4 (1854-1863)

4.Ahmet Tosun

5.Ismoil (1863-1879)

6.. Fuod I (1917-1936)

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Arşivlenmiş kopya“. 23 ekim 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1 mayıs 2020.