Kashalot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kashalot (Physeter catodon) — tishli kitlar kenja turkumiga mansub sut emizuvchi suv hayvoni. Uz. urgʻochisi 13 m gacha, erkagi 21 m gacha, ogʻirligi 30— 70 t. Boshi juda katta, tanasining uchdan bir qismini tashkil etadi. Tanasining old tomoni toʻmtoq. Ingichka va uzun pastki jagʻida 18—30 juft tishi bor; yuqori jagʻida tishi yoʻq. K. qoʻngʻirdan to toʻq jigarrang tusda. Okean va ochiq dengizlarda tarqalgan. Baʼzan Barens dengizi va Kamchatka sohillari yaqinida uchraydi. K. — poligam hayvon. 5 yoshida voyaga yetadi. 50 yilcha yashaydi. Kalmarlar va baliqlar bilan oziqlanadi. Oziq topish uchun 2 km gacha chuqurlikka shoʻngishi, suv ostida 1,5 soatgacha turishi mumkin. Iqtisodiy ahamiyati katta. Bitta K.dan 9—10 t yogʻ olinadi. Ovlash man etilgan.[1]nknbbjouhhhusalom siz bugun kashalot haqida bilibolasiz .kashalot haqida multgilmlarda ham tamosho qilgansiz

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil