Kontent qismiga oʻtish

Karniola asalarisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karniola asalarisi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Sinf: Hasharotlar
Turkum: Pardaqanotlilar
Binar nomi
Apis mellifera carnica
Sinonimlari

Apis mellifica hymettea Pollmann 1879 Apis mellifera carniolica Koschevnikov 1900 (Emend.) Apis mellifica banatica Grozdanic 1926 Apis mellifera banata Skorikov 1929 (Emend.)

Apis mellifera carpatica Barac 1977

Karniolan asalarisi (Apis mellifera carnica, Pollmann) gʻarbiy asalarilarning kenja turi. Karniola asalarisining vatani Sloveniya, Avstriyaning janubiy qismi va Albaniya,[1] Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Chernogoriya, Serbiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya hamda Shimoliy-Sharqiy Italiya[2].

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karniola asalarisi Gʻarbiy asalarilarning kichik turi boʻlib, Karniola (Sloveniya)ning Kochevye (Gottschee) kichik mintaqasi, Avstriya Alp togʻlarining janubiy qismi, Dinarides mintaqasi, janubiy Pannoniya tekisligi va shimoliy hududlarga moslashgan. Bu asalarilar ingliz tilida Carniolans yoki qisqacha „Carnies“ deb nomlanadi. Hozirgi vaqtda bu kenja tur asalarichilar orasida mashhurligi boʻyicha italiya asalarilaridan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.

Sifatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

U hasharotlar, zararkunandalarga qarshi kurasha olishi va ayni paytda asalarichilarga nisbatan juda yumshoq munosabatda boʻlishi sababli mashhur. Bu asalarilar nektar mavjudligiga qarab tez koʻpayish yoki kamayish xususiyatga ega. Nektar miqdori koʻp boʻlgan davrlarda ishchi asalarilar soni ortadi va koʻp miqdorda asal va gulchanglarni yigʻiladi. Ular baʼzi kasalliklar va parazitlarga chidamli.

Anatomiyasi va tashqi koʻrinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karniola asalarilar italyan asalarilari bilan bir xil oʻlchamda, ammo ular oʻzlarining quyuq jigarrang-kulrang tuslari va och jigarrang tusdagi chiziqlari bilan ajralib turadi. Ularning poʻstloqlari qoramtir, lekin tanalarida ochroq yoki jigarrang rangli halqa va nuqtalarni topish mumkin. Karniola arilarini „kulrang ari“ deb ham atashadi.

Hylotelephium 'Herbstfreudeʼda gulchang savati bilan karnika arisi
Hylotelephium 'Herbstfreudeʼda karnika arisi

Karniola asalarilar Gʻarbiy Yevropa qora asalarilari kabi katta va uzun, ammo ularning qorinlari ancha nozikroq. Bundan tashqari, karniola arisi juda uzun tilga ega (6,5 dan 6,7 mm gacha)[3].

Xarakteri va xulq-atvori[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yumshoq va tajovuzkor emas
  • Aholi punktlarida saqlash mumkin
  • Italiya asalarilariga nisbatan yoʻnalishni yaxshi aniqlaydi
  • Italiya asal arilariga nisbatan boshqa uyalardan oʻgʻirlashga moyil emas
  • Qishda ishchi asalari soni keskin kamayadi
  • Qishda tejamkorlik, asal zaxiralarini tejash
  • Atrof-muhitdagi oʻzgarishlarga tezda moslasha oladi
  • Qishi uzoqroq boʻlgan hududlar uchun mos
  • Asalari yelimidan kam foydalanish
  • Choʻl kasalliklariga immunitet
  • Ishchi asalari boshqa kichik turlarga qaraganda 12% koʻproq yashaydi
Karniola asalarilari

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]