Chang donachalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chang donachalari, chang zarralari (palinologiyard) — gullardagi changdonlarda hosil boʻladigan donachalar. Mikrosporangiyda mikrosporadan rivojlanadi. Chang donachalari urugʻkurtak kamerasiga (ochiq urugʻlilarda) yoki urugʻchi tumshuqchasiga ( yopiq urugʻlilarda) tushib, uni changlantiradi. Chang donachalarining tashqi (ekzina) va ichki (intina) pardalari bor. Ochiq urugʻlilarda Chang donachalari changlanguncha bir necha tirik hujayralardan, shu jumladan, vegetativ va generativ hujayralardan iborat boʻladi. Bulardan birinchisi chang kamerasida chang naychasi (gaustor)ni, ikkinchisi esa urugʻlanishda qatnashadigan ikkita erkak jinsiy xujayra — gametalarni hosil qiladi. Usimlikning turiga qarab Chang donachalarining shakli va kattaligi turlicha.

Koʻpchilik urugʻli oʻsimliklar (monadalar)da chang donachalari, odatda, koʻp boʻladi.