Karlsruhe
Karlsruhe | |
---|---|
shahar | |
49°0′50″N 8°24′15″E / 49.01389°N 8.40417°EKoordinatalari: 49°0′50″N 8°24′15″E / 49.01389°N 8.40417°E | |
Mamlakat | Olmoniya |
Olmoniya yerlari|Yer | Baden-Württemberg |
Hukumat | |
• Oberburgomistr | Heinz Fenrich |
Maydon | 173,46 km2 |
Markazi balandligi | 115 m |
Aholisi (2010) |
294 761[1] |
Zichligi | 1699 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
Telefon kodi | 0721 |
Pochta indeks(lar)i | 76131-76229 |
Avtomobil kodi | KA |
Rasmiy kodi | 08 2 12 000 |
Karlsrue — Germaniyadagi shahar, Baden-Vyurtemberg yerida. Aholisi 276,5 ming kishi (1998). K. — transport yoʻllarining yirik tuguni, daryo porti. Kanal orkali Reyn daryosiga chiqiladi. Neftni qayta ishlash (neft quvurlar orqali Marseldan keltiriladi), transport (stanok, vagon, lokomotiv) va elektrotexnika mashinasozligi, metallsozlik, kimyo, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shahardan 10 km narida (Leopoldxafen) atom tadqiqotlari markazi joylashgan. Unt, Texnologiya in-ti, Tasviriy sanʼat Davlat akademiyasi, Baden oʻlka muzeyi, Kunstxalle badiiy muzeyi, botanika va hayvonot boglari mavjud. K. 1715 y.da markgraf Karl Vilgelm tomonidan bunyod etilgan. 18—19-asrlarda qurilgan saroy va bogʻlar bor.[2]
Karlsruhe Olmoniyaning Baden-Württemberg yerida joylashgan shahardir. Maydoni – 173,46 km2. 294 761[1] nafar aholi istiqomat qiladi (2010).
Manbalar[tahrir]
- ↑ 1,0 1,1 http://www.statistik-bw.de/Veroeffentl/Statistische_Berichte/3126_10001.pdf (нем.) Статистическая отчетность: Изменение численности населения в муниципалитетах земли Баден-Вюртемберг 2010.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() |