Karl Darlow

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karl Darlow
Darlow Nottingham Forest klubi tarkibida 2014-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Karl Darlow[1]
Tavallud sanasi 1990-yil 8-oktyabr
Tavallud joyi Northampton, Angliya
Boʻyi 1.90 m[2]
Ampluasi darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Newcastle United
Raqami 26
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998—2006 Aston Villa
2006—2010 Nottingham Forest
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2014 Nottingham Forest 64 (0)
2012Newport County (ijara) 8 (0)
2012Walsall (loan) 7 (0)
2013Walsall (ijara) 2 (0)
2014 Newcastle United 86 (0)
2014—2015Nottingham Forest (ijara) 42 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 20-noyabr 22:09 (utc) uchun)

Karl Darlow (talaffuzi: Karl Darlou) (1990-yil 8-oktyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Angliya Premer-ligasining „Newcastle United“ klubi darvozaboni. Karl Darlow „Aston Villa“ va „ Nottingham Forest“ akademiyalarida tahsil olgan. Karl Darlow faoliyatining avvalida „Newport County“ va „Walsall“ klublarida ijara shartnomasi asosida futbol oʻynagan.

Klublardagi oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nottingham Forest[tahrir | manbasini tahrirlash]

16 yoshida „Aston Villa“ klubidan ketganidan soʻng, Karl Darlow „Nottingham Forest“ klubi bilan faoliyatini davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishdi[3].

2012-yilning mart oyida Karl Darlow „Newport County“ klubi tarkibiga bir oylik ijara asosida qoʻshildi[4][5][6]. Karl Darlow klub bilan birinchi marta „Gateshead“ klubiga qarshi uyinda (1:0 hisobida gʻalaba) maydonga tushdi[7].

2012-yil 21-sentyabrda Karl Darlow „Walsall“ klubiga bir oylik ijara asosida qoʻshildi[8]. U erda boʻlganida, Karl Darlow „Nottingham Forest“ klubi bilan 2015-yilgacha yangi uch yillik shartnoma imzoladi[9].

Newcastle United[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil 9-avgustda Karl Darlow Angliya Premer-ligasining „Newcastle United“ klubi bilan nomaʼlum toʻlov evaziga uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Shartnoma doirasida Karl Darlow va jamoadoshi Jamaal Lascelles 2014—2015-yilgi mavsum uchun „Nottingem Forest“ klubiga ijaraga berildi[10][11].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Angliyadan tashqari, Karl Darlow Uels milliy futbol terma jamoasi vakili boʻlish huquqiga ega. Chunki Karl Darlowning bobosi Ken Leek (Uels milliy futbol terma jamoasi hujumchisi) Ynysybwl shahrida tugʻilgan. Uels futbol assotsiatsiyasi Karl Darlow 2013-yil 6-fevral kuni Avstriyaga qarshi boʻlib oʻtgan Uels milliy futbol terma jamoasining oʻrtoqlik oʻyiniga taklifni rad etganini tasdiqladi[12].

Uels milliy futbol terma jamoasi menejeri Ryan Giggs 2018-yilning mart oyida Uels milliy futbol terma jamoasiga qoʻshilish uchun Karl Darlowga murojaat qildi. Karl Darlow hozirda bor eʼtiborini „Newcastle United“ klubining asosiy tarkibidagi oʻrnini qaytarishga qaratganini aytdi[13].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga FA kubugi Liga kubugi Boshqa Umumiy
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Nottingham Forest 2010—2011[14] Angliya chempionati 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
2012—2013[15] Angliya chempionati 20 0 0 0 1 0 21 0
2013—2014[16] Angliya chempionati 43 0 2 0 0 0 45 0
2014—2015[17] Angliya chempionati 42 0 0 0 2 0 44 0
Jami 106 0 2 0 3 0 0 0 111 0
Newport County (ijara) 2011—2012[18] Premer Konferensiya 8 0 0 0 8 0
Walsall (ijara) 2012—2013[15] Birinchi liga 9 0 0 0 1 0 10 0
Newcastle United 2015—2016[19] Angliya Premer-ligasi 9 0 0 0 1 0 10 0
2016—2017[20] Angliya chempionati 34 0 0 0 2 0 36 0
2017—2018[21] Angliya Premer-ligasi 10 0 1 0 1 0 12 0
2018—2019[22] Angliya Premer-ligasi 0 0 0 0 1 0 1 0
2019—2020[23] Angliya Premer-ligasi 0 0 5 0 1 0 6 0
2020—2021[24] Angliya Premer-ligasi 25 0 0 0 1 0 26 0
2021—2022[25] Angliya Premer-ligasi 8 0 0 0 0 0 8 0
2022—2023[26] Angliya Premer-ligasi 0 0 0 0 1 0 1 0
Jami 86 0 6 0 8 0 0 0 100 0
Umumiy 209 0 8 0 11 0 1 0 229 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Premier League clubs publish 2019/20 retained lists“. Premier League (26-iyun 2020-yil). Qaraldi: 11-iyul 2020-yil.
  2. „Karl Darlow“. Newcastle United F.C.. 2022-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyul 2018-yil.
  3. „Crystal Palace 0–3 Nott'm Forest“. BBC Sport (7-may 2011-yil). Qaraldi: 13-mart 2012-yil.
  4. „Newport County sign young keeper Karl Darlow“. BBC Sport (8-mart 2012-yil). Qaraldi: 13-mart 2012-yil.
  5. Blight, Chris. „Potter Leaves“. newport-county.co.uk. Newport County A.F.C. (8-mart 2012-yil). 10-sentabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-mart 2012-yil.
  6. „New-Port of Call For Karl“. Nottingham Forest F.C. (9-mart 2012-yil). 12-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-mart 2012-yil.
  7. „Newport County AFC V Gateshead“. newport-county.co.uk. Newport County A.F.C. (31-mart 2012-yil). Qaraldi: 16-aprel 2012-yil.[sayt ishlamaydi]
  8. Nicholson, Fraser. „Karl Heads Out“. Nottingham Forest F.C. (21-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 21-sentabr 2012-yil.
  9. Richardson, Nick. „New Deal for Darlow“. Nottingham Forest F.C. (5-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 5-oktabr 2012-yil.
  10. Marshall. „United Complete Lascelles And Darlow Deal“. Newcastle United F.C. (9-avgust 2014-yil). Qaraldi: 9-avgust 2014-yil.
  11. „Magpies swoop for Jamaal and Karl“. Nottingham Forest F.C. (9-avgust 2014-yil). Qaraldi: 9-avgust 2014-yil.
  12. „Ex-County stopper Karl Darlow is latest to say no to a Wales call-up“. South Wales Argus.
  13. Ryder. „Wales boss Ryan Giggs contacted Newcastle United duo to clarify international futures“. Evening Chronicle (15-mart 2018-yil).
  14. „Games played by Karl Darlow in 2010/2011“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-fevral 2014-yil.
  15. 15,0 15,1 „Games played by Karl Darlow in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-fevral 2014-yil.
  16. „Games played by Karl Darlow in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-fevral 2014-yil.
  17. „Games played by Karl Darlow in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2-noyabr 2014-yil.
  18. „Games played by Karl Darlow in 2011/2012“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-fevral 2014-yil.
  19. „Games played by Karl Darlow in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 28-dekabr 2015-yil.
  20. „Games played by Karl Darlow in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 14-yanvar 2018-yil.
  21. „Games played by Karl Darlow in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 14-may 2018-yil.
  22. „Games played by Karl Darlow in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 21-noyabr 2020-yil.
  23. „Games played by Karl Darlow in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 21-noyabr 2020-yil.
  24. „Games played by Karl Darlow in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 21-noyabr 2020-yil.
  25. „Games played by Karl Darlow in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 23-sentabr 2021-yil.
  26. „Games played by Karl Darlow in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 24-avgust 2022-yil.