Karimxon Toʻrayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karimxon Toʻrayev
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 1935-yil
Vafoti 1989-yil 19-iyun
Jalaquduq tumani, Andijon viloyati
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi xonanda va sozanda
Turmush oʻrtogʻi Turdixon aya Toʻrayeva
Bolalari Odinaxon Toʻrayeva (qizi)
Janr maqom
Faoliyat yillari 1969—1989-yillar

Karimxon Toʻrayev (1935-yilda tugʻilgan — 1989-yil 19-iyunda vafot etgan) — oʻzbekistonlik xonanda va sozanda[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1964-yili Andijon shahrida joylashgan Toʻxtasin Jalilov nomidagi sanʼat bilim yurtiga oʻqishga kirgan. Muassasani tamomlagandan soʻng, kursdoshlari hamkorligida Xakanda 16-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabini tashkil etgan. Shuningdek, Andijon tumanida ham 1-sonli musiqa maktabini ochishgan. 1969—1973-yillarda Andijondagi maktabda gʻijjak chalishdan dars bergan. Ushbu tumandagi 43-sonli maktabda (1973—1984-yillar) hamda umrining oxirigacha 45-maktabda musiqa fanidan dars bergan[1]. 1967-yili Oʻzbekiston televideniyesida viloyat va tumanlararo qoʻshiq festivalida 1-oʻrinni egallagan[1].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Mahmudov, Avazbek. Andijon san'ati fidoiylari, To'ldirilgan 2-nashr, Akademnashr, 2018 — 226 bet. ISBN 978-9943-5226-4-0. 2-iyun 2023-yilda qaraldi.