Karel Jarolím

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Karel Jarolím (chex. Karel Jarolím; 1956-yil 23-avgustda Chexoslovakiyada tugʻilgan[1]) — chexiyalik futbolchi va murabbiy. Karelning oʻgʻillari Marek, Lukash va David ham mashhur futbolchilarga aylanishdi[2].

Futbolchi martabasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jarolim „Tremoshnitse“ klubi oʻquvchisi edi. 1971-yildan 1987-yilgacha u Chexoslovakiyaning turli klublarida, jumladan, „ Slaviya“ (Praga) va „Dukla“ (Praga), 1978/79-yilgi mavsumda Chexoslovakiya chempioni boʻlgan. 1987-yilda Karel Fransiyaning „Ruen“ klubiga oʻtdi va u yerda uch mavsum oʻynadi[1]. 1990-yilda u boshqa fransuz klubi Amyenga oʻtdi. 1991-yilda Karel Chexoslovakiyaga qaytib, 1995-yilda futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

1982—1987-yillar oraligʻida Karel Jarolím milliy terma jamoa safida 13 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan[1].

Jamoa samaradorligi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murabbiylik martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

1997-yilda Karel Pribramni boshqargan, ammo atigi 13-oʻrinni egallab, u bosh murabbiylik lavozimidan chetlatilgan. 2000-yilda u Praganing „Slaviya“ jamoasini boshqargan. 2003-yildan 2005-yilgacha u Slovakko klubini boshqargan va u bilan 2005-yilda Chexiya kubogi finalchisi boʻlgan. 2005-yilda u faoliyatida ikkinchi marta Praganing „Slaviya“ klubini boshqargan. 2007/08 va 2008/09-yilgi mavsumlarda Karel „Slaviya“ni milliy chempionatda chempionlikka olib keldi. 2010-yilda esa Karel Jarolím Slovakiyaning „Slovan“ (Bratislava) klubiga oʻtdi va u bilan birinchi mavsumda Slovakiya chempionati va mamlakat kubogini qoʻlga kiritdi. 2011-yilda u Saudiyaning „Al-Ahli“ (Jidda) klubiga oʻtdi va u bilan birinchi mavsumda milliy chempionatning kumush medali sovrindori, Saudiya chempionlar kubogi sohibi va AFC finalchisi boʻldi[1][1][1].

2016-yilda Karel Chexiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida Pavel Vrbani almashtirdi[3]. 2018-yilning 11-sentyabr kuni Rossiya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinidagi yirik magʻlubiyatdan soʻng (1:5) u chetlatildi[4].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Dukla" (Praga)

  • 1Chempion Chexoslovakiya Chempioni — 1978/79[1]

"Slaviya" (Praga)

  • 1Chempion Chexiya chempioni — 2007/08, 2008/09
  • 1Chempion Slovakiya chempioni — 2010/11
  • Slovakiya Kubogi Gʻolibi-2010/11

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „arxiv nusxasi“. 2022-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-noyabr.
  2. Jeřábek, Luboš. Český a československý fotbal – lexikon osobností a klubů. Prague, Czech Republic: Grada Publishing, 2007 — 77 bet. ISBN 978-80-247-1656-5. 
  3. „Czech Republic appoint Karel Jarolim as replacement for Pavel Vrba“. 16-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-sentabr 2016-yil.
  4. „Jarolím u fotbalové reprezentace končí. Přijde Šilhavý, či Lavička?“ (cs). idnes.cz. 11-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-sentabr 2018-yil.