Kontent qismiga oʻtish

Karadrina

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Spodoptera exigua
Spodoptera exigua
Spodoptera exigua larva

Karadrina ba’zi g‘o‘za maydonlarida karadrina zararkunandasi zarari kuzatilishi mumkin. O‘zbekiston sharoitida karadrina yiliga 5-6 marta bo‘g‘in beradi. Karadrina zararkunandasining kichik yoshdagi qurtlari barg etini yesa, katta yoshdagilari barglarni kemirib, teshik qilib ketishi, bargning chekkalarini, meva bandini va gullarini kemirishi, ba’zan hosil nishonalarini teshib ketishi kuzatiladi.

Muallif: Sam Kieschnick

Karadrina, kichik quruqlik tunlami — tunlamlar oilasiga mansub kapalak. Tanasining uzunligi 11–13 mm, qanotlari yoyilganda 23–34 mm. Tuxumini (16–150 ta) toʻp-toʻp qilib oʻsimlikka, kuzda esa tuproqqa qoʻyadi. Yashil yoki qoʻngʻir kulrang tusdagi qurtining uzunligi 2,5–3,0 sm, 16 ta oyogʻi bor. Havo haroratiga qarab yilda 2–8 avlod beradi. Rivojlanish davri uchun samarali harorat yigʻindisi 350° boʻlishi shart. Rivojlanish sikli Oʻrta Osiyoda issiq oylarda 19–20, kech kuzda esa 60 va undan koʻproq kunda tugaydi. Karadrinaning yashash areali juda keng. Har xil iqlim mintaqalarida va yil fasliga qarab kapalagi maʼlum ozuqa oʻsimligini tanlaydi. Dukkakdoshlar, galladoshlar, shoʻradoshlar, piyozguldoshlar va boshqalar oilaga mansub oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Gʻoʻza va boshqalar oʻsimliklarning xavfli zararkunandasi. Begona oʻtlardan shoʻra, pechak va yantoqni yoqtiradi. Ekinlarga, ayniqsa, maysalik va gʻunchalash davrida katta zarar keltirib, ularni baʼzan butunlay quritib qoʻyadi.

O‘zbekistonda karadrinaning 36 turdagi entomofag hasharotlari ma’lum. Kushandalardan eng samaralisi Brakonidlar, Ixnevmonidlar va Taxinalardir.

G‘o‘za maydonlariga ushbu zararkunandani yo‘qotish maqsadida gektariga 500-1 000 tadan Oltinko‘zni 2-3 marta qo‘llash tavsiya etiladi.

Karadrina bilan kuchli zararlangan (har 1 zararlangan o‘simlikda 5-6 dona qurt aniqlansa) maydonlarda "Indoksakarb", "Lyambda-­tsigalotrin", "Emamektin benzoat", "Imidakloprid" asosli preparatlardan biri bilan ishlov o‘tkazish lozim.

Kurash choralari: kuzda agrotexnik choralar (kuzgi haydash, qishki sugʻorish va boshqalar) ni oʻz vaqtida oʻtkazish. Bahor va yozda karadrina borligi aniqlanganda insektitsidlar (2–2,5 kg/ga) bilan kimyoviy ishlov berish; biologik vositalardan dendrobatsillin (4–6 kg/ga), shuningdek, trixogrammadan foydalanish mumkin.

Adabiyotlar

1. Anorbaev A.R., Maxmudova Sh.A. – Biologik vositalarini ko‘paytirish va qo‘llash texnologiyalari. (darslik) Toshkent-2021.

2. Болтаев Б, Аблазова М., Махмудова Ш. Лабораторные занятия по предмету защита растений учебные пособия Т-2022

3.  Boltayev B.S., Maxmudova Sh.A., Ablazova M.M. Биологическая защита растений. Учебник. Toshkent, 2022 yil.

4.Sulaymonov B.A., Kimsanbayev X., Boltayev B.S., Maxmudova Sh.A. О‘simliklarni kimyoviy himoya qilish. Darslik. Toshkent, 2020 yil.

5.Xolliyev A.T., Maxmudova Sh.A., Ortikov U.D. О‘simliklarni himoya qilish. O‘quv qo‘llanma T-2023 yil.

6. Xo‘jaev Sh.T. Umumiy va qishloq xo‘jalik entomologiyasi hamda himoya qilish tizimining asoslari (IV-nashr.). – Toshkent, 2019 yil.


O‘simliklarni himoyasi va karantin kafedrasi mudiri A.T.Xolliyev