Kanizak (roman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Kanizak
The Quadroon
Muallif Thomas Mayne Reid
Janr roman
Til ingliz
Nashr qilingan yil 1856
Tarjimon Erkin Mirobidov
Nashriyot „Kamalak“
Nashr etilgan 1991
ISBN 5-633-00618-6

„Kanizak“ (Inglizcha: The Quadroon), toʻliq nomi „Kanizak yoxud uzoq magʻribdagi sarguzashtlar“ (Inglizcha: The Quadroon: Or, A Lover's Adventures in Louisiana, yaʼni „Kanizak yoxud bir oshiqninng Luizianadagi sarguzashtlari“) — irlandiyalik-amerikalik yozuvchi Thomas Mayne Reid qalamiga mansub roman. Ilk bor 1856-yil chop etilgan. Asarni oʻzbek tiliga Erkin Mirobidov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1991-yil Toshkent shahrida „Kamalak“ nashriyotida chop etilgan.[1]

„Oq tanli sardor“ Mayne Reidning eng taniqli asarlaridan biridir. Roman Missisipi vohasi ahli, luizianaliklarning 18-asr quldorlik tuzumiga qarshi kurashiga bagʻishlangan.

Syujet[tahrir]

Buyuk britaniyalik Edward (talaffuzi: Edvard) yangi hayot izlab Amerikaga keladi. Edward boy oilaning oʻzida oq tanlilar, hindular, qora tanlilar hamda Lotin Amerikasi xalqlari qoni boʻlgan goʻzal kanizagi Aurorani (talaffuzi: Avrora) sevib qoladi. Edward erkin odam, Aurora esa qul boʻlgani uchun ikki yosh koʻp toʻsiqlarga duch keladilar. Shuning uchun Edward Aurorani olib qochishga qaror qiladi. Ikki yoshning orzusi amalga oshishida ularga doʻstlari yaqindan yordam beradi.

Qahramonlar[tahrir]

  • Aurora (talaffuzi: Avrora) – qurama kanizak, bosh qahramon sevgan qiz
  • Eugenie Besanson (talaffuzi: Ejeni Bezanson) – Auroraning kreoli, mademuazel
  • Scipio (talaffuzi: Ssipion) – Eugenie Besansonning xizmatkori
  • Edward (talaffuzi: Edvard) – bosh qahramon, sayohatchi
  • Gabriel (talaffuzi: Gabriel) – ilon avrovchi, zanji
  • Reigart (talaffuzi: Reygart) – doktor, Edwarning doʻsti
  • Gayarre (talaffuzi: Gayar) – prokuror, Edwardning dushmani

Oʻzbekcha tarjima[tahrir]

Asarni oʻzbek tiliga 1956-yil „Detgiz“ nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Erkin Mirobidov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1991-yil Toshkent shahrida „Kamalak“ nashriyotida chop etilgan.

Manbalar[tahrir]

  1. Kanizak. Rossiya davlat kutubxonasi (ruscha). 10.11.2016.

Havolalar[tahrir]