Murodjon Ahmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Murodjon Ahmedov (1918.1.1, Qo‘qon yaqinidagi Afg‘on qishlog‘i – 1988.18.5, Qo‘qon) – aktyor va xonanda (dramatik bariton). O‘zbekiston xalq artisti (1967). Hamroqul qori, Rahmon hofizlardan ashula yo‘llarini, 3. Mir-zatovdan sahna sirlarini o‘rgangan. Qo‘qondagi yosh tomoshabinlar teatri (1933 – 34), Qo‘qon (1940 – 55), Farg‘ona (1956 – 81) teatrlarida ishlagan. Drama, 868musiqali drama va komediyalarda rang-barang obrazlar yaratgan; Tohir ("Tohir va Zuhra"), Haydar, Ravshan ("Nurxon", "Ravshan va Zulxumor"), Bahodir ("Bur-gutning parvozi"), G‘ofir ("Boy ila xizmatchi"), Aziz ("Aziz va Sanam"), Navro‘z ("Gul va Navro‘z"), Karl Moor ("Qaroqchilar"), hofiz ("O‘tgan kunlar"), O‘ktam ("Kumush to‘y") kabi jami 70 dan ortiq xilma-xil qahramonlar qiyofasini gavdalantirgan. A. qahramonlarini ja-soratli, olijanob, yuksak tuyg‘ular egasi qilib yorqin tasvirlagan. "Oltin vodiy kuychisi" telefilmi va "O‘tgan kunlar" badiiy filmida ("O‘rtar"ni aytib) su-ratga tushgan. A. maqom ustasi, baland avjlarni ham bemalol ayta oladigan kuchli, shirali ovozga ega bo‘lgan. "Bu oqshom", "O‘rtar", "Toza lutf", "Bayot-3", "Nasri Uz zol", "Buxoro irog‘i" kabi maqom yo‘llari, ashula va katta ashulalar A. repertuaridan o‘rin olgan.To‘xtasin G‘ifurbekov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil