Kamol Jumaniyozov
- Vikipediyada ismi Kamol va familiyasi Jumaniyozov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Jumaniyozov Kamol | |
|---|---|
| Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
1989-yil 13-iyul Bogʻot tumani Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
| Maʼlumoti | Urganch davlat universiteti |
Kamol Jumaniyozov (1989-yil, 13-iyul; Bogʻot tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) ― Oʻzbek siyosatchisi, filolog. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Ekologik partiyasining aʼzosi[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jumaniyozov Kamol Komilovich 1989-yil 13-iyulda Xorazm viloyati Bogʻot tumanida tugʻilgan. 2012-yilda Urganch davlat universitetini nemis tili oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. Oʻsha yili u „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati Xorazm viloyati kengashining koordinatori sifatida ish boshladi. CC 2013-yildan 2019-yilgacha koordinator, soʻngra Oʻzbekiston ekologik harakati Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi sifatida ishlagan. 2019-yilda Oʻzbekiston Ekologik partiyasining Xorazm viloyati hududiy partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi etib tayinlandi[2][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-aprel.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-aprel.
- ↑ https://lex.uz/docs/5113585