Kontent qismiga oʻtish

Kültürpark

Koordinatalari: 38°25′40″N 27°08′41″E / 38.42778°N 27.14472°E / 38.42778; 27.14472
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kültürpark

Kültürparkning ko'rinishi
Turi Urban park
Manzil İzmir, Turkiya
Coordinates 38°25′40″N 27°08′41″E / 38.42778°N 27.14472°E / 38.42778; 27.14472
asoschisi Behçet Uz
Holat Yil davomida ochiq
Avtoturargoh 594 ta avtomobil uchun
Veb-sayt kulturparkizmir.org

Kültürpark — Turkiyaning Izmir shahridagi park. U Konak tumanida joylashgan boʻlib, shimoldan Doktor Mustafo Enver Bey shoh koʻchasi, 1395-koʻcha, 1396-koʻcha bilan, sharqda Bozkurt prospekti, janubda Mürsel Pasha bulvari va Doktor Refik Saydam hamda Shair Eşref bulvarlari bilan tutashgan. Park 1936-yilda 360 000 m2 maydonni egallagan. Tungi navbatchilikdagi katta yongʻin sabab vayronaga uchragan va qayta tiklangan. Keyin Irmir xalqaro yarmarkasi boʻlib oʻtadigan joy sifatida qoldirilgan. 1939-yilda park hududi 420 000 m2ga kengaytirilgan[1].

Kültürparkdagi togʻ.
Kültürpark oʻyin parki.

1933-yil 9-sentyabrda Swissôtel Büyük Efes joylashgan Respublika maydoni yonidagi maydonda yarmarkaning uchinchi soni boʻlib oʻtadi[2][3].

Shahar hokimi oʻrinbosari Suat Yurtkoru va hokim Behçet Uz yarmarka uchun maydonning yetarli emasligi, shaharga Moskvadagi Gorkiy bogʻi kabi joy kerakligi haqida maslahatlashadi. Kelishuvlar boʻyicha 1934-yil 14-mayda shahar kengashida Kültürpark qurilishi tasdiqlanadi[4].

Behçet Uz 1935-yilda Moskvaga boradi va shahar meri Nikolay Bulganin bilan hamkorlikda arxitektura loyihasini tayyorlaydi[5]. Loyiha amalga oshgandan soʻng navbatchilikdagi tasodifiy yongʻin sabab 1934-yilning ikkinchi yarmida yana tozalash va qurilish ishlari qayta boshlanadi. 1936-yil 1-yanvarda Kültürpark uchun ilk poydevor qoʻyilgan[6]. Yongʻindan avval bu hudud Arman mahallasi tasarrufida boʻlgan[7].

1936-yil 1-sentyabrda Bosh variz İsmet İnönü boshchiligida ochilish marosimi boʻlib oʻtgan va 6-Izmir xalqaro yarmarkasi ham boshlab yuborilgan. 1937-yilda park hududida Izmir parashyut minorasi qurilgan. 1938-yilda Izmir hayvonot bogʻi, Vaqiflar pavilyoni, soat minorasi kabilar bilan boyitilgan. 1939-yilda park janubga qarab 60 000 m2 (650 000 sq fut) ga kengaytirildi, hajmi esa 420 000 m2 ga yetgan[8]. 1951-yil park tarkibiga Izmir arxeologiya muzeyi ham koʻchirib oʻtkazilgan.

1952-yilda Park tashqarisida Izmir sanʼat va haykaltaroshlik muzeyi ochilgan. 2004-yilda Izmir tarix va sanʼat muzeyi, 2008-yilda Izmir yovvoyi tabiat parki ochilishi bilan, hayvonot bogʻi boshqa hududga koʻchirilgan[9]. 2009-yilda park tarkibida 594 ta avtomobil sigʻimiga ega yer osti avtoturargohi ishga tushirilgan[10]. 2015-yildan parkda bepul wifi ulangan. Hozirgi kunda parkda faqat Izmir xalqaro koʻrgazmasi va Izmir kitob koʻrgazmalari oʻtkazilib kelinadi. 2017-yilda birinchi marta Kültürpark Cup tennis turniri boʻlib oʻtgan[11].

Kültürparkning yuqoridan koʻrinishi.

Kültürpark atrofidan devor bilan oʻralgan boʻlib, beshta kirish darvozasiga ega. Ular Lozan darvozasi, Montryo darvozasi, 9-sentyabr darvozasi, Respublika darvozasi hamda 26-avgust darvozasi[5]. Ularning nomlari birinchi ikkitasida ikkita xalqaro shartnomaga (Lozanna shartnomasi va Montrö konventsiyasi), uchinchisi Izmirning ozod qilingan sanasiga, toʻrtinchisi — Respublikaga, oxirgisi — urush boshlangan sanaga atab qoʻyilgan.

Parkda 14 ta yopiq koʻrgazmalar zali, toʻrtta konferensiya zali, Atatürk ochiq teatri, İsmet İnönü sanʼat markazi, İzmir nikoh ofisi, Jalol Atik sport zali, istirohat bogʻi, parashyut minorasi, Yoshlar teatri kabi muassasalari bor. 1850 metr uzunlikda yugurish yoʻlakchasi, basseyn, tennis kortlari, futbol maydonchasi doimiy ravishda ishlab turadi. Daraxtlari soni 7709 ta. Parkdagi barcha oʻsimliklar va daraxtlar maxsus yorliq va sugʻurtaga ega[12][13].

  1. "İzmir Fuarı 69 yaşında". Türkiye (in Turkish). 20 August 2000. Archived from the original on 11 September 2018. Retrieved 11 September 2018.
  2. Kaya, Burcu. "İzmir’in İncisi: Büyük Efes Oteli (1964-2002)" (PDF) (in Turkish). Anatolia Turizm Akademisi. p. 405. Archived from the original (PDF) on 10 September 2018. Retrieved 11 September 2018.
  3. Kayıkçı, Meltem. "Şehrin Ruhuna Ritim Tutmuş Bir Otel: Büyük Efes Oteli" (PDF) (in Turkish). Anatolia Turizm Akademisi. p. 641. Archived from the original (PDF) on 10 September 2018. Retrieved 11 September 2018.
  4. "Ruslar geliyor" (in Turkish). İzmir Metropolitan Municipality. 9 July 2017. Archived from the original on 15 February 2018. Retrieved 14 February 2018.
  5. 5,0 5,1 Polat, Esra (2008). "Uluslararası İzmir Fuarı'nın Kuruluşu ve İlk Sergiler" (PDF) (in Turkish). Dokuz Eylül University. Archived from the original (PDF) on 11 September 2018. Retrieved 11 September 2018.
  6. Karpat, Gökhan (November 2009). „İzmir Kültürpark ve Fuar Alanının Tarihsel Gelişim Sürecinin Araştırılması ve Geleceğe Yönelik Tasarım Programının Oluşturulması“ (PDF) (in Turkish). Dokuz Eylül University. Archived from the original (PDF) on 20 September 2018. Retrieved 20 September 2018.
  7. „'Gâvur İzmir’in Ermenileri“. Agos (in Turkish). 17 November 2012. Archived from the original on 31 December 2014. Retrieved 14 February 2018.
  8. "Kültürpark’ta sağlıklaştırma çalışması". Hürriyet (in Turkish). 16 May 2017. Retrieved 14 February 2018.
  9. "İzmir’de eski hayvanat bahçesi tarih oluyor". Hürriyet (in Turkish). 29 June 2009. Retrieved 20 September 2018.
  10. "Kültürpark yeraltı otoparkı açıldı" (in Turkish). İzmir Metropolitan Municipality. 28 August 2009. Archived from the original on 7 September 2018. Retrieved 20 September 2018.
  11. „TEB Kültürpark Tenis Cup’ta heyecan başlıyor“. Hürriyet (in Turkish). 14 June 2017. Archived from the original on 26 May 2019. Retrieved 26 May 2019.
  12. „Kültürpark'ın ağaçları kitap oldu“. Hürriyet (in Turkish). 8 October 2017. Retrieved 20 September 2018.
  13. "Ağaç sigortası en doğru karar". Hürriyet (in Turkish). 21 September 2000. Retrieved 20 September 2018.