Atatürk uy-muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Atatürk uy-muzeyi
Atatürk Evi Müzesi

Atatürk uy-muzeyining tashqi koʻrinishi
Umumiy maʼlumot
Maqomi „Zamonaviy yodgorlik“ (2011)
Turi Uy-muzey
Manzili Apostolou Pavlou 17, Thessaloniki 546 34
Shahar Saloniki
Mamlakat Gretsiya
Qurilishi boshlangan 19331937
Qurilishi tugagan 1953
Egasi Turkiya konsulligi
Texnik holati
Qavatlar soni 3
Turkiya konsulligi
Atatürk uy-muzeyi

Atatürk uy-muzeyi (turkcha: Atatürk Evi Müzesi, grekcha: Μουσείο Ατατούρκ, Mousío Atatúrk, Atatürk House Museum) — Turkiya respublikasining asoschisi Mustafa Kemal Atatürkning 1881-yilda tugʻilgan uyi[1]. Uy hozirgi kunga kelib uy-muzeyga aylantirilgan. Muzey Saloniki shahrida joylashgan[2]. Saloniki shahri hokimligi Turkiya respublikasining eʼlon qilingan yil munosabati bilan Mustafo Kemal posho uchun maxsus sovgʻa berishga qaror qilgan va 1933-yilda uyni sotib olish ishlarini boshlab yuborgan. Uyni sotib olish masalasi 1937-yilga kelib toʻliq hal qilingan va 1953-yilda muzey oʻlaroq faoliyat boshlagan[3].

Uy-muzeyga yil davomida 50 mingdan ortiq turist hamda ziyoratchi tashrif buyuradi. Uy-muzey hududida joylashgan tarixiy anor daraxti tashrif buyuruvchilar uchun koʻzga koʻrinarli qismlardan biri sanaladi. Anor daraxti Mustafa Kemalning otasi Ali Rizabey tomonidan ekilgan[4].

2011-yili uy-muzeyga Gretsiya madaniyat vazirligi tomonidan „Zamonaviy yodgorlik“ maqomi berilgan.

Manzili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uy-muzeyning bugungi kundagi manzili „Agiu Dimitriu Avenue, Apostolu Pavlu koʻchasi No:17“ shaklidadir. Usmoniylar davlati davrida esa „Koca Kasım Pasho mahallasi, Islahane koʻchasi yoki Numan Paşa koʻchasi“ shaklida boʻlgan[5].

Uyning tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1870-yilda rodoslik mudarris Hoji Mehmet vaqfi tomonidan bunyod etilgan uy avval İbrahim Zühdü Afandining, keyinchalik saloniklik Abdullah Ağa va uning rafiqasi Ümmü Gülsümning mulki boʻlgan. Ali Rıza Afandi uyni 1878-yilda ijaraga olgan. Koʻplab manbalarda Mustafa Kemal uyning ikkinchi qavatida, janub tomondan joylashgan xonalardan birida dunyoga kelgani taʼkidlanadi. Ayrim manbalarda esa Mustafa Kemal otasi Ali Rizabeyning avval xizmat qilgan vaqtlarda sotib olgan Islahane koʻchasidagi yogʻoch uyda tugʻilgani aytiladi. Biroq, koʻplab tadqiqotchilar Mustafa Kemalni Ali Riza tomonidan ijaraga olingan Salonikdagi 3 qavatli pushti rangli uyda tugʻilganini tan olishadi. Oila 1888-yilgacha, yaʼni Ali Rizoning vafotiga qadar bu uyda istiqomat qilishgan.

Zübeyde xonim erining vafotidan keyin yaqin atrofda joylashgan kichik uylardan biriga koʻchib oʻtadi. Hozirgi kungacha saqlanib qolmagan bu uyda oila uzoq vaqt yashay olmagan. Mustafa Kemal 1893-yilda Salonik harbiy akademiyasiga oʻqishga kirib, uyni tark etadi.

Usmoniylar davlatida ikkinchi konstitutsiyaviy monarxiya davri eʼlon qilinishidan avval Mustafa Kemal oilasi bilan yashab turgan uch qavatli, pushti rangli bu uyni sotib olib, onasi va singlisi bilan birga yashay boshlagan. Mustafa Kemal Salonikdan ketganidan keyin ham onasi Zübeyde va singlisi Makbule xonimlar bu uyda biroz vaqt yashab turishgan. Bolqon urushlari vaqtida Gretsiya armiyasi tomonidan Saloniki egallanganidan keyin Mustafa Kemalning kichik oilasi Istanbulga koʻchib oʻtgan. uyning bundan keyingi taqdiri nomaʼlum.

1923-yilda imzolangan Lozanno shartnomasi boʻyicha amalga oshirilgan Turk va Rum aholisining almashinuv protokoli boʻyicha Mustafa Kemal oilasiga Istanbulning Bebek koʻchasidagi uylardan biri berilishi belgilangan. Berilgan uyda 1930-yillardan keyin Makbule xonim umrining oxiriga qadar yashab turgan.

Protokolga koʻra Salonikdagi Mustafa Kemalning uyi Yunoniston Milliy Banki hisobiga oʻtkazilgan. 1930-yilda Sharabini ismli trabzonlik ayol uyni Milliy bankdan 200.000 drahmiga sotib olgan va toʻrt nafar oila aʼzosi bilan yashay boshlagan.

Uyning Atatürkka sovgʻa etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salonik shahar hokimligi Turkiya respublikasining tashkil etilgan kuni munosabati bilan 1933-yil 29-oktyabr kuni uyushtirilgan maxsus yigʻilishda Turkiya respublikasi qurilishining 10 yilligiga bagʻishlab, Mustafa Kemal tugʻilgan uy devorlariga esdalik plakatlari osilishi va uyning hozirgi egalaridan qayta sotib olinib, Mustafa Kemal poshoga sovgʻa qilinishi kerakli borasida qaror qabul qilingan. Atatürkning Salonik shahridagi uyiga plakatlar osilishi Bolqon ittifoqi delegatsiyalarining 1933-yil 4-noyabr kuni tashrifi munosabati bilan amalga oshirildi.

Salonik shahar hokimligi oʻsha yili uy egalariga uyni sotib olish istaklari borligini bildirishgan, biroq uy egasi Sharabini bilan uy narxi masalasida yakdil kelishuvga erishilmagani tufayli 1935-yilgacha biror yangilik boʻlmagan. Mustafa Kemal Atatürkning tashqi ishlar vazirligiga bergan maxsus topshirigʻidan keyin Saloniki shahar hokimligi bilan bu masalada aloqa oʻrnatilgan. Shahar hokimligi 1933-yil 19-oktyabr kuni uyni davlat hisobiga oʻtganini bildirgan boʻlsa-da, uy egalari uyni topshirishdan bosh tortishgan. 1936-yilga kelibgina uyni sotib olinishi borasida aniq kelishuvga erishildi. 1937-yil 19-fevral kuni uy boʻshatilib, kalitlari Salonik shahridagi elchixonaga topshirilgan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ο βίος και η πολιτεία του Μουσταφά Κεμάλ στη Θεσσαλονίκη“. www.makthes.gr (2007-yil 18-aprel). 2013-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-aprel.
  2. http://www.imma.edu.gr/macher/museums/show.html?museum_id=10
  3. „Η Καθημερινή“. 2011-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 12-yanvar.
  4. Museums of Macedonia web site
  5. „Atatürk Evi Müzesi“ (Turkish). www.thessaloniki.cg.mfa.gov.tr/. Qaraldi: 2011-yil 21-aprel.