Toʻxtamurod Jumayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Toʻxtamurod Murtazoyevich Jumayev (1945.15.8, Olot tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1967). 1963 yildan Olot tumanidagi 3-, Qorakoʻl tumanidagi 8-maktabda mat. oʻqituvchisi, maktab direktori oʻrinbosari, 1990 yildan 164-ixtisoslashtirilgan litsey, 1999 yildan 1-ixtisoslashtirilgan iqtidorli bolalar internat maktab direktori. J. oʻquv-tarbiya ishlarini takomillashtira borib, darc sifatini yaxshilashga erishdi. Taʼlim berishda zamonaviy oʻquv qurollari va kompyuterlar asosida yangi pedagogik texnologiyalarni qoʻlladi. J. mat. boʻyicha bir necha didaktik qoʻllanmalar muallifi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil