Julian Huxley
| Julian Huxley | |
|---|---|
|
Huxley 1922-yilda | |
| Tavalludi |
22-iyun 1887-yil London, Angliya |
| Vafoti |
14-fevral 1975-yil (87 yoshda) London, Angliya |
| Fuqaroligi |
|
| Sohasi | Evolyutsion biologiya |
| Institutlar | |
| Taʼlimi | Balliol College, Oxford |
| Mukofotlari |
|
Sir Julian Sorell Huxley (talaffuzi: Julian Sorell Haksli; 22-iyun 1887-yil — 14-fevral 1975-yil) ingliz evolyutsion biologi, yevgeniki va baynalmilalchisi boʻlgan. U tabiiy tanlanish tarafdori hamda yigirmanchi asrning oʻrtalarida zamonaviy sintezning yetakchi vakili boʻlgan. U, shuningdek, London Zoologlar Jamiyatining kotibi (1935-1942), UNESCOning birinchi direktori, Butunjahon yovvoyi tabiatni muhofaza qilish fondi hamasoschisi, Britaniya Yevgeniklar Jamiyati prezidenti (1959-1962) va Britaniya humanistlar assossatsiyasining ilk prezidenti sifatida faoliyat yuritgan.
Huxley ilm-fanni kitoblari va maqolalarida, shuningdek, radio va televideniyeda namoyish etishi bilan tanilgan edi. U, shuningdek, Oscar mukofotiga loyiq topilgan yovvoyi tabiat haqidagi filmini suratga olgan. Huxley 1953-yilda ilm-fanni ommalashtirgani uchun UNESCOning Kalinga mukofotiga, 1956-yilda Qirollik jamiyatining Darwin medaliga hamda 1958-yilda Linnaean jamiyatining Darwin-Wallace medaliga sazovor boʻlgan. Xuddi shu yili, yaʼni 1958-yilda Charles Darwin va Alfred Russel Wallace tabiiy tanlanish evolyutsiyasi nazariyasini eʼlon qilishganidan yuz yil oʻtib, unga ritsar unvoni berilgan[1]. 1959-yilda Huxley Lasker Jamgʻarmasining „Planned Parenthood — Jahon aholisi“ nominatsiyasidagi maxsus mukofotga loyiq topilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Baker, J. R. (1976). „Julian Sorell Huxley. 22-iyun 1887 – 14-fevral 1975“. en:Biographical Memoirs of Fellows of the Royal Society. 22-jild. 206–226-bet. doi:10.1098/rsbm.1976.0009. PMID 11615712. S2CID 27693535.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Julian Huxley“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |