Boris Jukov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jukov Boris Samoylovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Boris Samoylovich Jukov (1906.2.12, Turkmanistonning Qizilravot shahri — 1987) — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). Moskva poligrafiya institutida taʼlim olgan (1928-31). 1931 yildan Oʻzbekistonda. Oʻzbekiston davlat nashriyotida badiiy muharrirrassom boʻlib ishlagan hamda "Mushtum" jurnalda faol qatnashgan. Ikkinchi jahon urushi davrida frontlar (Shimoliy Kavkaz fronti)da boʻlib, jangchilarning jasoratlari tasvirlangan asarlar yaratgan ("Dushman chekindi", "Partizanlarning ishi", "Kubanda" va boshqalar). Kitoblarni bezagan, plakatlar ishlagan ("Qahramon xalq Farhod GES qurilishida", 1942 va boshqalar).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil