Joseph Vanzler

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
joseph Vanzler
Tavalludi 1901-yil 29-noyabr
Vafoti 21-iyun 1956-yil(1956-06-21)
(54 yoshda)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Tarjimon

Joseph Vanzler (talaffuzi: Jozef Vanzler) (1901-yil 29-noyabr, Samarqand, Turkiston general gubernatori, Rossiya imperiyasi – 1956-yil 21-iyun, Nyu-York, AQSh) – amerikalik sotsialist va tarjimon. Jon G taxallusi bilan ijod qilib tanilgan. Joseph yana Leon Trotskiy asarlarining tarjimoni sifatida ham mashhur[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Usik“ laqabli Joseph Vanzler 1901-yilda Rossiya imperiyasining Turkiston general-gubernatorligining (hozirgi Oʻzbekiston) Samarqand shahrida tugʻilgan. Uning otasi shishachi boʻlib, Djamskaya koʻchasi 12-uyda[2][3] shisha ustaxonasi boʻlgan.

Samarqandda Joseph rus tilidagi maktabda oʻqigan va u yerda turli tillarni, jumladan, rus, lotin, yunon va fransuz tillarini oʻrgangan. Joseph chet tillarini oʻrganishda yuqori natijaga erishgan va bu uning kelajakdagi tarjimonlik kasbiga sabab boʻlgan[3].

Birinchi jahon urushidan keyin Joseph Vanzler va uning onasi Bostonga koʻchib oʻtishgan. 1919-yildan 1923-yilgacha va 1925-yildan 1926-yilgacha Vanzler Garvard universitetida kimyo boʻyicha tahsil olgan, lekin adabiyot, klassik falsafa va dialektikaga katta qiziqish unda saqlanib qolgan. Jozef Vanzler jele formulasini ishlab chiqgan va jele ishlab chiqarish hamda sotish uchun kichik biznes boshlagan[3].

Siyosiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1933-yilda Vanzler Amerika siyosiy tashkiloti aʼzosi boʻlgan.

1938-yilda Vanzler Qoʻshma Shtatlar Sotsialistik mehnat partiyasining asoschilaridan biriga aylangan. 1938-yildan 1956-yilgacha AQSH Sotsialistik mehnat partiyasi Milliy qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.

Vanzler AQSh Sotsialistik ishchilar partiyasining haftalik The Militant gazetasida va oylik nazariy jurnali New Internationalda bir necha yuz maqola muallifiga aylangan.

Joseph Vanzler 1956-yil 21-iyunda Nyu-York shahrida yurak xurujidan vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The Online Books Page, Online Books by John G. Wright“. 2005-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-avgust.
  2. „Справочная книга Самарканда на 1902 год (стр. 120)“. 2019-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-avgust.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Bio-bibliographical sketch of John G. Wright“. 2020-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-avgust.