Joseph Haydn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Franz Joseph Haydn
Haydn portrait by Thomas Hardy (small).jpg
Bastakor
Tavallud sanasi: 31-mart, 1732-yil(1732-03-31)
Tavallud joyi: Rohrau, Avstriya
Vafot sanasi: 31-may, 1809-yil(1809-05-31)
(77 yoshda)
Vafot joyi: Vena, Avstriya

Franz Joseph Haydn (talaffuzi: Frans Yozef Haydn; 31-mart 1732 - 31-may 1809) avstriyalik bastakor, Klassik davrning eng muhim musiqachilaridan biri boʻlgan. Tegishli janrlarga qoʻshgan katta hissalari tufayli "Simfoniya otasi", "Torli kvartet otasi" degan epitetlarga sazovor boʻlgan. Pianino triosi va sonata shakllarini rivojlantirgan bastakorlardan biridir.

GAYDN (Haydn) Frans Yozef (1732.31.3, Rorau qishlogʻi, Jan. Avstriya — 1809.31.5, Vena) — Avstriya kompozitori, kapelmeyster, Vena klassik maktabinsht yirik vakili. 24 ta opera, 100 dan ortiq simfoniya, turli cholgʻular uchun 35 konsert, diniy kantata va messalar, fortepiano sonatalari, turli tarkibdagi kamer ansambllar (shu jumladan, 83 torli kvartet) va b. asarlariing muallifi. "Dunyoning yaratilishi" (1798) va "Yil fasllari" (1801) oratoriyalari hamda 1796—1802 y.larda yaratilgan messalar G. ijodining choʻqqisidir. Ayrim asarlari ("Kutilmagan uchrashuv" operasi, 1775)da Shark, mavzularini ekzotik tarzda ifoda etgan.

G. oʻz ijodida avstriya, venger, xorvat, italyan va b. xalqlar qoʻshiqlari va raqs kuylaridan keng foydalangan. Asarlariga yorqin va jozibali obrazlarning xilma-xilligi, musiqa tilining soddaligi bilan birga gʻoyaviy butunlik, musiqa rivoji usullarining mukammalligi xos. G. oʻz ijodi bilan simfoniya, kvartet kabi musiqa janrlari, simfonizm musiqa uslubining shakllanishiga katta hissa qoʻshgan. 20-a.da Kyolnda G. instituta tashkil etilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Shuningdek[tahrir]

Havolalar[tahrir]