Jordan Ayew
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jordan Pierre Ayew[1] | ||
Tavallud sanasi | 11-sentabr 1991-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Marseille, Fransiya | ||
Boʻyi | 1.82 m[3] | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Crystal Palace | ||
Raqami | 9 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2000-2006 | Lyon Duchère | ||
2006-2009 | Marseille | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2009-2014 | Marseille | 111 | (14) |
2014 | → Sochaux (ijara) | 17 | (5) |
2014-2015 | Lorient | 31 | (12) |
2015-2017 | Aston Villa | 51 | (9) |
2017-2019 | Swansea City | 50 | (8) |
2018-2019 | → Crystal Palace (ijara) | 20 | (1) |
2019- | Crystal Palace | 107 | (13) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2010 | Gana U20 | 1 | (1) |
2010- | Gana | 81 | (19) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (4 sentabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (14 iyun uchun) |
Jordan Pierre Ayew (1991-yil 11-sentyabrda tugʻilgan) — ganalik professional futbolchi, Premier League Crystal Palace jamoasi va Gana milliy futbol terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Marseille[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ayew 2006-yilda Marseillega tajriba orttiruvchi sifatida qoʻshiladi va 2009-yilda Marseille bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Jordan Ayew 2009-yilning 16-dekabrida Lorient jamoasiga qarshi liga o‘yinida Marseille safidagi birinchi oʻyinini oʻtkazadi va bu oʻyinda oʻzining birinchi golini uradi. Ayew ikkinchi golini 2011-yil 27-aprel kuni Velodrom stadionida Nicega qarshi kechgan oʻyinda uradi va bu o‘yinda uning akasi Andre Ayew xet-trik qayd etadi. 2011-yilning 1-noyabrida Jordan va Andre birinchi marta UEFA Chempionlar ligasi oʻyinini Premer-liga giganti "Arsenal"ga qarshi oʻyin bilan boshlashadi.
2014-yilning 6-yanvarida u 2013-2014-yilgi mavsum oxirigacha ijara shartnomasi asosida 1 Liganing „Sochaux“ jamoasiga qo‘shiladi[4].
Lorient[tahrir | manbasini tahrirlash]
2014-yilning 28-iyulida Ayew Lorient jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaydi[5]. Ayew Lorient jamoasiga oʻtishining sababi taklif qilingan oʻyin uslubi va sifati unga yoqqanligi edi.
Aston Villa[tahrir | manbasini tahrirlash]
2015-yilning 27-iyulida Ayew "Aston Villa" jamoasiga besh yillik shartnoma asosida, nomaʼlum to‘lov evaziga qo‘shiladi[6][7]. U klubdagi ilk golini 2015-yilning 24-oktabr kuni „Swansea City“ga qarshi kechgan oʻyinning 62-daqiqada kiritgan[8]. Aston Villa 2015-2016-yilgi mavsum oxirida atigi 17 ochko jamgʻarib, quyi ligaga tushib ketdi. Mavsum davomida Ayew atigi 7 ta gol urgan boʻlsa-da, mavsumni eng yaxshi toʻpurar sifatida yakunladi.
Swansea City[tahrir | manbasini tahrirlash]
2017-yilning 31-yanvarida Jordan Ayew 2019-2020-yilgi mavsum oxirigacha „Swansea City“ jamoasiga qo‘shiladi[9]. Jordanning katta akasi 2015-2016 yilgi mavsumda „Swansea City“ o‘yinchisi bo‘lgan va keyinchalik 2018-yilning qishki transfer oynasida yana ushbu jamoaga qaytgan[10].
Crystal Palace[tahrir | manbasini tahrirlash]
2018-yilning transferlari vaqtida Ayew 2018-2019 yilgi mavsum uchun „Crystal Palace“ jamoasiga ijaraga beriladi[11].
2019-20 yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]
2019-yilning 25-iyulida Ayew „Swansea City“dan 2,5 million funt sterling evaziga transfer qilinib, Crystal Palace bilan uch yillik yangi shartnoma imzolaydi[12]. Ayew o‘zining mavsumdagi ilk golini 2019-yilning 24-avgustida Old Traffordda „Manchester United“ga qarshi o‘yinda kiritadi va „Crystal Palace“ 2:1 hisobidagi tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritadi[13].
Ayew 2019-yilgi Boxing Dayda West Ham ga qarshi kechgan oʻyinning qoʻshib berilgan daqiqalarida gol kiritib, jamoasiga 2:1 hisobidagi gʻalabani keltiradi[14]. Bu Ayewning Premier-ligadagi 21-goli edi[15]. Mavsum oxirida u 9 ta gol bilan „Crystal Palace“ning eng yaxshi toʻpurariga aylanadi va „Crystal Palace“ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi va mavsumning eng yaxshi goli sovrinlarini qoʻlga kiritadi[16][17].
2022-yilning iyun oyida Ayew Crystal Palace bilan shartnomasini 2023-yilgacha uzaytiradi[18].
Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ayew Gana terma jamoasi tarkibida birinchi marta 2010-yil 5-sentabrda Lobamba shahridagi Somhlolo milliy stadionida Swazilandga qarshi kechgan oʻyinda maydonga tushadi[19][20]. 2012-yil 1-iyunda Ayew oʻzining birinchi va ikkinchi xalqaro gollarini 2014-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Gananing Kumasi shahridagi Kumasi sport stadionida Lesothoga qarshi oʻyinda uradi[21]. 2011-yil dekabr oyida Ayew Gana milliy terma jamoasining 2012-yilgi Afrika Millatlar kubogi doirasidagi oʻyinlari uchun vaqtinchalik 25 kishilik tarkibiga kiritiladi[22].
2014-yil iyun oyida u 2014 yilgi Jahon chempionati uchun Gana terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. 2014-yil 9-iyun kuni Braziliyada bo‘lib o‘tgan 2014-yilgi Jahon chempionati oldidan Gana terma jamoasining so‘nggi tayyorgarlik o‘yinida jarohat olgan Majeed Warisning o‘rniga Ayew birinchi bo‘limda maydonga tushadi va xet-trik qayd etadi[23][24].
Jordan Ayew 2015-yilda Ekvatorial Gvineyada bo‘lib o‘tgan Afrika Millatlar Kubogida Gana terma jamoasi tarkibiga kiritilgan.
U 2021-yilgi Afrika Millatlar Kubogida Gana terma jamoasi tarkibiga kiritilib, musobaqaning guruh bosqichida ishtirok etgan[25][26].
Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ayew Maha Ayew va Abedi Pelening oʻgʻli. Uning ona tomondan bobosi Alhaji A.A. Khadir[27] livanlik boʻlgan[28]. Uning otasi, amakilari Kwame va Sola, akalari Andre va Ibrahimlar hammasi professional futbolchilardir. Shuningdek, opasi Imani ham professional futbolchi. Ayew amaldagi musulmon[29] boʻlib, Denise Acquahga uylangan va ularning ikki farzandi bor[30].
Faoliyati statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Marseille | 2009-10 | Ligue 1 | 4 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 4 | 1 |
2010-11 | 22 | 2 | 4 | 0 | 3 | 0 | 29 | 2 | ||
2011-12 | 34 | 3 | 5 | 4 | 6 | 0 | 45 | 7 | ||
2012-13 | 35 | 7 | 3 | 0 | 9 | 3 | 47 | 10 | ||
2013-14 | 16 | 1 | 1 | 0 | 5 | 1 | 22 | 2 | ||
Jami | 111 | 14 | 13 | 4 | 23 | 4 | 147 | 22 | ||
Sochaux (ijara) | 2013-14 | Ligue 1 | 17 | 5 | 1 | 0 | — | 18 | 5 | |
Lorient | 2014-15 | Ligue 1 | 31 | 12 | 2 | 1 | — | 33 | 13 | |
Aston Villa | 2015-16 | Premier League | 30 | 7 | 6 | 0 | — | 36 | 7 | |
2016-17 | Championship | 21 | 2 | 1 | 1 | — | 22 | 3 | ||
Jami | 51 | 9 | 7 | 1 | — | 58 | 10 | |||
Swansea City | 2016-17 | Premier League | 14 | 1 | 0 | 0 | — | 14 | 1 | |
2017-18 | 36 | 7 | 8 | 4 | — | 44 | 11 | |||
Jami | 50 | 8 | 8 | 4 | — | 58 | 12 | |||
Crystal Palace (ijara) | 2018-19 | Premier League | 20 | 1 | 5 | 1 | — | 25 | 2 | |
Crystal Palace | 2019-20 | Premier League | 37 | 9 | 2 | 0 | — | 39 | 9 | |
2020-21 | 33 | 1 | 2 | 0 | — | 35 | 1 | |||
2021-22 | 31 | 3 | 3 | 0 | — | 34 | 3 | |||
2022-23 | 6 | 0 | 1 | 0 | — | 7 | 0 | |||
Jami | 127 | 14 | 13 | 1 | — | 140 | 15 | |||
Faoliyatida jami | 387 | 62 | 44 | 11 | 23 | 4 | 454 | 77 |
Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]
Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Gana | 2010 | 2 | 0 |
2011 | 1 | 0 | |
2012 | 7 | 2 | |
2013 | 0 | 0 | |
2014 | 11 | 3 | |
2015 | 14 | 5 | |
2016 | 7 | 1 | |
2017 | 8 | 1 | |
2018 | 1 | 2 | |
2019 | 10 | 3 | |
2020 | 4 | 0 | |
2021 | 8 | 1 | |
2022 | 8 | 1 | |
Jami | 81 | 19 |
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Marseille
- Liga 1 : 2009-10
- Kupe de la Liga : 2009-10, 2010-11, 2011-12
- Chempionlar kubogi : 2010, 2011
Individual
- „Crystal Palace“ning eng yaxshi futbolchisi : 2019-20[31]
- Gananing eng yaxshi futbolchisi : 2020[32]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „2014 FIFA World Cup Brazil: List of Players: Ghana“. FIFA (14-iyul 2014-yil). 3-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-avgust 2019-yil.
- ↑ „Jordan Ayew: Overview“. Premier League. Qaraldi: 26-avgust 2019-yil.
- ↑ „Fiche joueur Jordan Ayew“. Olympique de Marseille. 15-avgust 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-oktabr 2015-yil.
- ↑ „Jordan Ayew Officiellement Sochalien“. FC Sochaux-Montbéliard (6-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2014-yil.
- ↑ „Jordan Ayew FC Lorient decision“. BBC Sport (29-iyul 2014-yil). Qaraldi: 29-iyul 2014-yil.
- ↑ „Breaking news: Villa sign Ayew“. Aston Villa. 18-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-iyul 2015-yil.
- ↑ „Aston Villa bid for Lorient's Jordan Ayew accepted, according to Sky sources“. SkySports (24-iyul 2015-yil). Qaraldi: 27-iyul 2015-yil.
- ↑ „Aston Villa 1–2 Swansea City“. BBC Sport. Qaraldi: 10-noyabr 2015-yil.
- ↑ „Jordan Ayew: Swansea sign Aston Villa forward in Neil Taylor swap deal“. BBC Sport (31-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 4-fevral 2017-yil.
- ↑ „Andre Ayew: Swansea City re-sign Ghana forward from West Ham“. BBC Sport (31-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 2-fevral 2018-yil.
- ↑ „Jordan Ayew Joins Crystal Palace“. Crystal Palace F.C. (9-avgust 2018-yil). Qaraldi: 9-avgust 2018-yil.
- ↑ „Jordan Ayew joins Palace on three-year deal“. Crystal Palace F.C. (25-iyul 2019-yil). Qaraldi: 30-iyul 2019-yil.
- ↑ „Crystal Palace manager Roy Hodgson hailed a "heroic victory" after his side stunned Manchester United with an injury-time winner to record their first victory at Old Trafford since 1989.“. BBC (24-avgust 2019-yil). Qaraldi: 26-dekabr 2019-yil.
- ↑ „Jordan Ayew's last-minute solo goal sees Crystal Palace sink West Ham“. The Guardian (26-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 26-dekabr 2019-yil.
- ↑ „Jordan Ayew makes bold statement with sensational solo strike against West Ham“. Goal (26-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 26-dekabr 2019-yil.
- ↑ „Ayew recognised for impressive Crystal Palace season with three awards“ (en). Evening Standard (28-iyul 2020-yil). Qaraldi: 2-avgust 2020-yil.
- ↑ „Premier League Player Stats - Goals“ (en). www.premierleague.com. Qaraldi: 2-avgust 2020-yil.
- ↑ „Palace confirm contract extensions with four senior first-team players - News“ (en-GB). Crystal Palace F.C.. Qaraldi: 9-iyun 2022-yil.
- ↑ „Ghana beats Swaziland 3–0 in 2012 qualifier“. Ghana Football Association (5-sentabr 2010-yil). 8-sentabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-iyun 2012-yil.
- ↑ K.N.S Mensah. „Olympique de Marseille's Jordan Ayew Yearns For More With Ghana“. Goal.com (7-sentabr 2010-yil). Qaraldi: 7-iyun 2012-yil.
- ↑ „Ghana 7–0 Lesotho (2014 FIFA World Cup Qualifiers)“. Fédération Internationale de Football Association (FIFA) (1-iyun 2012-yil). 28-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-iyun 2012-yil.
- ↑ Mensah. „Ghana announce 25-man squad for 2012 Africa Cup of Nations“. Goal.com (15-dekabr 2011-yil). Qaraldi: 7-iyun 2012-yil.
- ↑ „Ghana wins final World Cup warmup“. ESPNFC (9-iyun 2014-yil). Qaraldi: 9-iyun 2014-yil.
- ↑ Mensah. „Ghana 4–0 South Korea: J. Ayew's hat-trick inspires confidence ahead of World Cup“. Goal.com (10-iyun 2014-yil). Qaraldi: 9-iyun 2014-yil.
- ↑ „Jordan Ayew joins up with Ghana squad for Afcon 2021 - News“ (en-GB). Crystal Palace F.C.. Qaraldi: 26-yanvar 2022-yil.
- ↑ „‘We weren’t good enough’ – Jordan Ayew admits after AFCON 2021 exit“ (en-US). Citi Sports Online (18-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 26-yanvar 2022-yil.
- ↑ „Andre, Jordan Ayew lose grandfather“ (en). GhanaWeb (4-fevral 2016-yil). Qaraldi: 30-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Ghana stars Andre, Jordan Ayew lose grandfather“ (en). GhanaSoccernet (4-fevral 2016-yil). Qaraldi: 20-iyul 2021-yil.
- ↑ „Picture: Jordan & Andre Ayew pictured in Muslim prayers“. ghanasoccernet.com (21-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 4-aprel 2014-yil.
- ↑ Candy. „Jordan Ayew Finally Flaunts wife Denise & adorable kids to mark X'mas“. GH Splash (25-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2020-yil.
- ↑ „Ayew named Crystal Palace F.C. Player of the Season for 2019/20“. Crystal Palace F.C. (28-iyul 2020-yil). Qaraldi: 28-iyul 2020-yil.
- ↑ „Jordan Ayew on SWAG best player award, life at Crystal Palace, C.K Akonnor and Ghana vs Qatar: Transcript“. www.ghanafa.org. Ghana Football Association. Qaraldi: 13-noyabr 2020-yil.