Jonathan Kay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jonathan Kay
Tavalludi 1968 (yoshi 55–56)
Montreal, Kvebek, Kanada
Fuqaroligi Kanada
Sohasi
Institutlar McGill Universiteti (BEng, MEng)
Yale Universiteti (JD)
Turmush oʻrtogʻi Jennifer Good

Jonathan Hillel Kay (1968-yilda tugʻilgan) – Kanadalik jurnalist. U The Walrus jurnalining bosh muharriri (2014–2017-yillar) va Quillettening ham muharriri hisoblanadi.[1] U ilgari Kanadaning Torontoda joylashgan National Post kundalik gazetasining sharh sahifalari muharriri, sharhlovchisi va bloggeri boʻlgan va gazetaga mustaqil ravishda hissa qoʻshishda davom etmoqda. U, shuningdek, kitob muallifi va muharriri, ommaviy maʼruzachi va Commentary[2] va New York Post gazetalarining faollaridandir.

Bolalik davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jonathan Kay Monrealda (Kvebek) anglofon yahudiy oilasida tugʻilib oʻsgan. Uning onasi ijtimoiy konservativ gazetaning sharhlovchisi Barbara Kay boʻlgan. Otasi moliya sohasida ishlab, oilasini boqar edi.[3] McGill universitetida metallurgiya muhandisligi boʻyicha BEng va MEng[4] darajasini va Yale yuridik fakultetida huquq darajasini olishdan oldin u Selwyn House maktabida[5] va Marianopolis kollejida oʻqigan. Va u Nyu-York barining aʼzosi. Nyu-York shahrida soliq boʻyicha advokat sifatida ishlagandan soʻng, Kay Torontoga koʻchib oʻtdi va u yerda 1998-yilda National Post tahririyat kengashining aʼzosi boʻldi. Kay oʻzini tennis va stol oʻyini ishqibozi deb taʼriflaydi va baʼzida ikkala mashgʻulotga boʻlgan ishtiyoqini ham jurnalistikasiga bogʻlagan.[6]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kay 1998-yilda National Postga tahririyat kengashi aʼzosi sifatida qoʻshildi, keyinchalik gazetaning sharhlar muharriri va sharhlovchisi boʻldi. U 2014-yilda gazetani tark etgan, biroq uning sahifalarida mustaqil sharhlovchi sifatida chiqishda davom etmoqda.

Oʻzining muharrirligidan tashqari, Kay ikkita badiiy boʻlmagan kitob ham yozgan. 2007-yilda Kay Mossad zobiti Michael Rossning tarjimai holi boʻlgan „Koʻngilli“ kitobining ham muallifi boʻldi. 2011-yil may oyida HarperCollins Kayning ikkinchi kitobi – Among the Truthers: A Journey Through Americaʼs Growing Conspiracist Underground (ISBN 978-0-06-200481-9)ni chop etdi.[7] Kitob Kayning fitna nazariyotchilari psixologiyasiga qiziqishini aks ettiradi.

Kay Kanada Liberal partiyasi rahbari Justin Trudeauning HarperCollins tomonidan nashr etilgan Common Ground memuarida mustaqil muharrir yordamchisi boʻlgan va uning vazifalaridan biri Trudeau bilan intervyularning bir qismini oʻtkazish edi. Trudeauning bosh kotibi Gerald Butts SNC-Lavalin ishidagi roli tufayli isteʼfoga chiqqanidan soʻng, Kay Butts kitob uchun u bilan birga ishlaganini oshkor qildi.[8] Uning loyihadagi ishtiroki ijtimoiy tarmoqlardagi konservatorlar, shuningdek, Sun News Networkdagi Ezra Levant tomonidan tanqidga uchradi.[9]

Uning mustaqil maqolalari AQShning turli nashrlarida chop etilgan, jumladan Newsweek,[10] The New Yorker,[11] Salon.com,[12] The New Republic,[13] Harper’s Magazine,[14] Los Angeles Times,[15] The Weekly Standard,[16] Literary Review of Canada,[17] The National Interest[18] va The New York Times.[19]

2018-yilning may oyidan boshlab Kay Debra W. Soh bilan birga Quilletteʼs Wrongspeak podkastiga mezbonlik qildi.[20] 2019-yil fevral oyidan boshlab Jonathan yil davomida podkastni oʻzi taqdim etishda davom etdi. Oxirgi podkastda Jonathan Kayning onasi Barbara Kay ishtirok etganligi sabab Wrongspeak 2019-yil 30-dekabrdan beri „tanaffusda“ deb eʼlon qilingan.[20]

The Walrus[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kay 2014-yil 29-oktabrda Kanadaning jurnali The Walrusning bosh muharriri etib tayinlandi.[21] Kay 2014-yil 21-noyabrda Postni tark etdi, lekin mustaqil ravishda fikr-mulohazalarini yozishda davom etdi.[22]

U 2017-yil 13-mayda The Walrus jurnalining bosh muharriri lavozimidan isteʼfoga chiqdi.[23][24] Kayning taʼkidlashicha, uning ketishiga nufuzli media-brenddagi menejerligi va munozarali fikrlarini bildiradigan sharhlovchi va media panelist sifatidagi oʻrni oʻrtasidagi ziddiyat sabab boʻlgan. U The Globe and Mailga yozgan elektron pochtasida: „Ayniqsa, soʻnggi oylarda men oʻzimni tobora koʻproq senzura qila boshladim va hamkasblarim baʼzida mening ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlarim tufayli yuzaga kelgan noqulayliklardandan haqli ravishda xafa boʻlishdi. Biror narsa qilish kerak edi va men birinchi qadamni tashlashga qaror qildim. Men ishdan boʻshatilmagan edim“, deb taʼkidlaydi. Kay oʻzi va The Walrus nashriyotchisi oʻrtasida hech qanday ziddiyat boʻlmaganini, unga jurnal va uning veb-saytini tahrir qilish erkinligi berilganligini, hamda oʻz-oʻzini senzura qilganini qoʻshimcha qildi.[25][26]

Chop etilgan kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofotlari va eʼtiroflar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yilda u tanqidiy yozuvi uchun Kanada Milliy gazetasi mukofotiga sazovor boʻldi. 2004-yilda esa tahririyat yozuvi uchun Milliy gazeta mukofoti bilan taqdirlangan.[27] Hozirda u Demokratiyalarni Mudofaa Jamg'armasi (the Foundation for Defense of Democracies) ning xodimi hisoblanadi.[28]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. McDermott, John. „Those People We Tried to Cancel? They're All Hanging Out Together“ (2019-yil 2-noyabr).
  2. Kay, Jonathan. „The Scandal of 'Diversity': At Yale Law School, as everywhere else in higher education, racial preferences exact their insidious and damaging price“. Commentary Magazine (2003-yil iyun). Qaraldi: 2018-yil 25-noyabr.
  3. „Guilty Memories from an Anglo Montreal Childhood“. The Walrus (2016-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
  4. „eScholarship@McGill – Results – Full“. Digitool.library.mcgill.ca (1996-yil 20-avgust). Qaraldi: 2012-yil 24-yanvar.
  5. Selwyn House School Yearbook 1985
  6. [1][sayt ishlamaydi]
  7. „Among the Truthers“. Among the Truthers. Qaraldi: 2012-yil 24-yanvar.
  8. „Everybody Loves Butts!“. www.canadalandshow.com (2019-yil 19-fevral). Qaraldi: 2020-yil 5-yanvar.
  9. „Jonathan Kay: An editor's note regarding my work for HarperCollins on 'Common Ground'“. National Post (2014-yil 21-oktyabr). 2014-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-oktyabr.
  10. Staff. „Tea Party Movement Is Full of Conspiracy Theories“. Newsweek (2010-yil 8-fevral). Qaraldi: 2018-yil 25-noyabr.
  11. „Dec. 8: Jonathan Kay to deliver F.R. Scott Lecture“ (2015-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
  12. Kay, Jonathan „Gay 'Trek'“. Dir.salon.com (2001-yil 30-iyun). 2010-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-noyabr.
  13. Kay, Jonathan (April 11, 2010). „Hot Shots“. The New Republic. Qaraldi: November 25, 2018.
  14. Kay, Jonathan (September 2001). „The republic of Texas“. Harper's Magazine. Qaraldi: November 25, 2018.
  15. Kay, Jonathan. „Watching Her Go From a Doll to a Rock to a Bomb“ (2002-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 25-noyabr.
  16. „The Weekly Standard“. Weeklystandard.com (2005-yil 14-mart). Qaraldi: 2012-yil 24-yanvar.
  17. Linda McQuaig and Neil Brooks. „The Literary Review of Canada“. Reviewcanada.ca (2010-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 24-yanvar.
  18. „The National Interest“. Findarticles.com (2001-yil 3-oktyabr). 2010-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-yanvar.
  19. Kay, Jonathan. „The New York Times“ (2002-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 24-yanvar.
  20. 20,0 20,1 Kay, Jonathan „Wrongspeak #17 - The Family Business with Barbara Kay“. radio-canada-online.com (2019-yil 30-dekabr). — „As the Wrongspeak podcast hits pause and we say goodbye to Debra, Jon interviews his mother Barbara Kay for the first time. (...) Thank you to Dr. Debra Soh for her invaluable contribution to our first series of episodes and to our producers at TNKR Media.“. Qaraldi: 2022-yil 6-dekabr.
  21. „The Walrus names Jonathan Kay new editor-in-chief“. Globe and Mail. Qaraldi: 2014-yil 29-oktyabr.
  22. „Jonathan Kay: My life at the National Post, and why I'll miss it“. News.nationalpost.ocm.
  23. „Jonathan Kay out at The Walrus“. Canadalandshow.com (2017-yil 14-may).
  24. Mendleson, Rachel. „Jonathan Kay resigns as editor of The Walrus amid 'appropriation prize' backlash“ (2017-yil 14-may).
  25. „Walrus editor Jonathan Kay quits amid free speech uproar: 'I have been censoring myself more and more'“. Nationalpost.com (2017-yil 15-may). Qaraldi: 2019-yil 4-may.
  26. „Jonathan Kay resigns as editor of The Walrus amid cultural appropriation controversy“.
  27. „Jonathan Kay“ (2011-yil 25-iyul). 2011-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  28. „2012 Speakers - Foundation for Defense of Democracies“. Defenddemocracy.org. 2017-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]