John W. Riddle

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

John Wallace Riddle Jr. (1864-yil 12-iyul — 1941-yil 8-dekabr) — amerikalik diplomat.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Riddl 1904-1905-yillarda AQShning Misrdagi bosh konsuli sifatida ishlagan[1]. U 1905-yilda Ruminiya va Serbiyaga Favqulodda va Muxtor Elchi (qarorgohi Buxarestda) lavozimida ishlash uchun yuborilgan.

1906-yil 19-dekabrda AQSh prezidenti Teodor Ruzvelt Riddlni AQShning Rossiyadagi elchisi etib tayinlagan (1907-1909). Riddl 1907-yil 8-fevralda ishonch yorliqlarini topshirib, 1908-yil 8-sentabrgacha ushbu lavozimda xizmat qildi[2].

Keyinchalik AQSHning Argentinadagi elchisi (1922-1925) boʻlib ishlagan.[3]

Shahsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Riddl Filadelfiyada Jon Uolles Riddl katta va Rebekka Bler Makklyurning oilasida dunyoga kelgan[4]. U otasining bevaqt vafotidan keyin dunyoga kelgan. Bir necha yil oʻtgach, Rebekka Makklyur Charlz Yujin Flandroga turmushga chiqadi va Minnesota shtatidagi Sent-Polga koʻchib ketadi. Riddl u yerda ikki oʻgay aka-ukasi va oʻgay opa-singlisi bilan birga voyaga yetdi. U 1887-yilda Garvard universitetini tamomlagan, 1890-yilgacha Kolumbiya yuridik fakultetida tahsil olgan. 1893-yilgacha Siyosiy tadqiqotlar instituti va Parijdagi Fransiya kollejida xalqaro huquq, diplomatiya va xorijiy tillarni oʻrgangan.

1916-yilda Riddl amerikalik arxitektor va yirik boylik merosxoʻri Teodat Papa Riddl bilan oila qurdi[5].

U Konnektikut shtatining Farmington shahrida 77 yoshida vafot etdi.[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „John Wallace Riddle“. Office of the Historian, U.S. Department of State. 2009-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 9-avgust.
  2. „John Wallace Riddle — People — Department History — Office of the Historian“. history.state.gov. 2019-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-oktyabr.
  3. „U.S. Ministers and Ambassadors to Russia“. Embassy of the United States, Moscow Russia. 2009-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 9-avgust. „arxiv nusxasi“. 2009-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-aprel.
  4. 4,0 4,1 „JOHN W. RIDDLE, 77, EX-DIPLOMAT, DIES; Envoy to Russia, 1906-09, and Argentina, 1921-25, Had Held U.S. Post in Turkey“ (en). The New York Times (9-dekabr 1941-yil). 2019-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2018-yil.
  5. „Theodate Pope Riddle“. Connecticut Women's Hall of Fame. 2009-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 9-avgust. „arxiv nusxasi“. 2009-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-aprel.