Jamna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jamna
Tavsif
Uzunligi 1 376 km
Suv sarfi 3 480 m³/s
Joylashuvi
Davlat Hindiston
Jamna

Jamna, Yamuna — Hindistondagi daryo, Gang daryosining eng uzun va sersuv oʻng irmogʻi. Uz. 1384 km, havzasining mayd. 351 ming km2. Akcar tizmasining (Markaziy Himolay togʻlari) jan. yon bagʻridan boshlanadi. Yuqori qismi aksar chuqur daralardan, oʻrta va quyi oqimi Hind-Gang tekisligidan oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 2,5 ming m3/sek. Yozgi musson yomgʻirlari davrida ayniqsa sersuv boʻlib, koʻpincha toshadi. Quyilish yeridan Dexli sh.gacha kemalar qatnaydi. Daryo suvidan sugʻorishda keng foydalaniladi. J. boʻyida Dehli, Agra, Iloxobod sh.lari joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil