Izen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Izen, koxiya (Kochia) — shoʻradoshlar oilasiga mansub bir yillik yarim-butalardan iborat turkum. Gullari koʻkimtir, koʻrimsiz. Barglari uzun, tekis, qirrali. 80 turi maʼlum. Oʻzbekistonda 4 turi boʻlib, ular toshloq, qumloq, gil tuproq, shoʻrxok va taqir yerlarda oʻsadi. Asosan, yerbagʻirlab oʻsuvchi yarimbuta (K. prostrata) I. deb ataladi. U sifatli ozuqabop oʻsimlik sifatida oʻtloqlarning hosildorligini oshirish uchun ekiladi. Kelinsupurgi I. (K. scoparia) esa bir yillik sershox oʻsimlik boʻlib, undan su-purgi sifatida foydalaniladi. Choʻl va adirlarda oʻsadi. Urugʻining tarkibida saponin bor. Baʼzilari manzarali oʻsimlik.