Ivan Ivanovich bilan Ivan Nikoforovich oralarida boʻlib oʻtmish janjallar hikoyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ivan Ivanovich bilan Ivan Nikoforovich oralarida boʻlib oʻtmish janjallar hikoyati
Повесть о том, как поссорился Иван Иванович с Иваном Никифоровичем
Gogol kak possorilis 01.jpg
1902-yilgi nashr uchun chizilgan rasm
Muallif Nikolay Gogol
Janr qissa
Til rus
Nashr qilingan yil 1834
Tarjimon Nabi Alimuhamedov
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Nashr etilgan 1972
Sahifalar soni 72

„Ivan Ivanovich bilan Ivan Nikoforovich oralarida boʻlib oʻtmish janjallar hikoyati“ (Ruscha: Повесть о том, как поссорился Иван Иванович с Иваном Никифоровичем) — rus yozuvchisi Nikolay Gogol qalamiga mansub qissa. Ilk bor 1834-yil Aleksand Smirdinning „Novoselye“ almanaxida chop etilgan. 1835-yil kichik oʻzgartirishlar bilan muallifning „Mirgorod“ qissalar toʻplamiga kiritilgan. Asarni Nabi Alimuhamedov oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Syujet[tahrir]

Qissada ikki yaqin doʻst – Ivan Ivanovich va Ivan Nikiforovich arzimagan narsa ustidan janjallashib qoladi. Ivan Ivanovich Ivan Nikiforovich, Ivan Nikiforovich esa Ivan Ivanovich ustidan sudga arz qiladi. Sudya ikki doʻstni oʻz arzini qaytib olishga chaqiradi, ammo ikki doʻst bunga rozi boʻlmaydi.

Ularning umumiy doʻstlari ikkisini yarashtirishga harakat qiladi, ammo ularning urinishlari zoye ketadi. Oradan 12 yil oʻtib, ikkisiga ishni yopishni vaʼda qiladilar. Bu orada ularning koʻp doʻstlari oʻladi, ammo ular sud qarorini kutib yuraveradilar.

Qahramonlar[tahrir]

  • Ivan Ivanovich Pererepenko – pomeshchik
  • Ivan Nikiforovich Dovgochxun – Ivan Ivanovichning qoʻshnisi, pomeshchik
  • Gapka – Ivan Ivanovichning kalitdori
  • Gorpina – Ivan Nikiforovich uyidagi kampir
  • Agafiya Fedoseyevna – Ivan Nikiforovichning tanishi
  • Demyan Demyanovich – sudya
  • Taras Tixonovich – sud kotibasi
  • Pyotr Fyodorovich – gorodnichiy
  • Anton Prokofyevich Golopuz – gorodnichiy mehmoni
  • Ivan Ivanovich (bosha) – gorodnichiy mehmoni, gʻilay
  • Orishko – sud xizmatkori

Oʻzbekcha tarjima[tahrir]

Asarni oʻzbek tiliga Nabi Alimuhamedov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1972-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“da chop etilgan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: A. Shomirzayev – muharrir, D. Sinitskiy – rassom, K. Nazarov – rasmlar muharriri, L. Shishkina – texnik muharrir, D. Obidova – musahhih. Adadi – 30 000 nusxa.

Havolalar[tahrir]