Kontent qismiga oʻtish

Istiqlol koʻchasi (Toshkent)

Koordinatalari: 41°18′57.5″N 69°16′37″E / 41.315972°N 69.27694°E / 41.315972; 69.27694
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ushbu maqola koʻcha haqidadir. Istiqlol soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang.
Istiqlol koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Hudud Toshkent viloyati
Shahar Toshkent shahri
Tuman Yunusobod tumani
Uzunligi 0.8 kilometr
Kengligi 18 metr
Yaqin metro bekatlari Mustaqillik maydoni (metro bekati)
Avtobuslar 30, 37, 71, 91
Avvalgi nomlari Vorontsov (1865-1917),
Stalin (1917-1961),
Bratskaya (1961-1965
Hadicha Sulaymonova (1965-2008)[1]
Kesishgan koʻchalari Navoiy shoh koʻchasi
Rashidov koʻchasi
Amir Temur shoh koʻchasi
Koʻchada joylashgan binolar Toshkent zarbxonasi
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi

41°18′57.5″N 69°16′37″E / 41.315972°N 69.27694°E / 41.315972; 69.27694

Istiqlol koʻchasi (1917-yilgacha – Vorontsov shoh koʻchasi, 1961-yilgacha – Stalin koʻchasi, 1965-yilgacha – Bratskaya koʻchasi, 2013-yilgacha – Hadicha Sulaymonova koʻchasi, koʻchaning bir qismi Xorazm koʻchasi deb atalgan) – Toshkent shahri markazidagi koʻcha, Buyuk Turon va Istibol koʻchalari oraligʻida joylashgan.

Istiqlol koʻchasi shaharning eng qadimiy koʻchalaridan biri boʻlib, 1865-yilda eski Oʻrdaning janubiy devori boʻyidagi ariq oʻrnida paydo boʻlgan. Oʻsha vaqtda uzunligi 1,7 km boʻlgan. Oktyabr inqilobigacha bu koʻchada yirik maʼmuriy, madaniy-maʼrifiy muassasalar joylashgan edi. 1873-yilda bu koʻchada Turkiston general-gubernatorligi idorasi binosi qurilgan (Sovet davrida Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi joylashgan, 18-uy).

Koʻchaning qarama-qarshi burchagida 1870-yildan Turkiston xalq kutubxonasi (hozirgi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona)[2] va kimyo laboratoriyasi joylashgan. 1876-yilda Oʻrta Osiyoda birinchi Turkiston oʻlkashunoslik muzeyi laboratoriya qoshida alohida xonalarda joylashgan (1948-yilda bu yerda Alisher Navoiy nomidagi kutubxonaning yangi 2 qavatli binosi qurilgan).

Toshkent shahar boshqarmasi binosi

1899-yilda kutubxona roʻparasida shahar dumasi binosi klassik arxitektura uslubida qurilgan (meʼmor Gamburger). Koʻcha rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan Duma binosi buzib, oʻrniga Oʻzbekiston Davlat rejalashtirish qoʻmitasi binosi qurilgan.

1885-yilda Vorontsov shoh koʻchasi boʻylab bogʻ tashkil etilgan. Sulaymonova va Ikan koʻchalari burchagida meʼmor Svarichevskiy[3] loyihasi boʻyicha qurilgan bir qavatli bino saqlanib qolgan. Oʻtgan asrning 90-yillari boshida bu binoda Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy aloqalar jamiyati joylashgan edi. Undan oldin esa OʻzSSR Tashqi ishlar vazirligi binosi boʻlgan.

1889—1899-yillarda Rossiyaning mashhur siyosiy va jamoat arbobi, 1917-yilda Rossiya Muvaqqat hukumatining vaziri-raisi boʻlgan A. F. Kerenskiy Vorontsov shoh koʻchasidagi 47-uyda[4] ota-onasi bilan hukumat kvartirasida yashagan.

Diqqatga sazovor joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Istiqlol koʻchasida bir qavatli va koʻp qavatli yakka tartibdagi binolar, shuningdek, noturar joy binolari joylashgan[5] [6]. Xususan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi[6], 50-sonli maktab, „Bon“ qahvavaxonalar tarmogʻi filiali, „Credo“ restorani.

Jamoat transporti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avtobus yoʻnalishlari: 30, 37, 71, 91

Koʻcha yaqinida „Mustaqillik maydoni“ metro bekati joylashgan.

  1. Xudojestvenniy almanax „Pisma o Tashkente“. Statya „Stalina, Bratskaya, Suleymanovoy, Istiklol“
  2. 1921-yil may oyida kutubxona binosida toshkentlik adabiyotshunoslarning shoir Sergey Yesenin bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
  3. Uy oʻlka general-gubernatoriga tegishli degan notoʻgʻri tushuncha bor, lekin bu hujjatlarda tasdiqlanmagan.
  4. Uy Amir Temur shoh koʻchasi (1991-yilgacha – Moskva, Engels koʻchasi deb atalgan) va Istiqlol koʻchasi burchagida joylashgan.
  5. „"Istiqlol ko'chasi, Toshkentdagi korxona va tashkilotlar" yo'nalishida faoliyat yurituvchi tashkilotlar ro'yxati: kontaktlar, joylashuv, ish vaqti“. goldenpages.uz. Qaraldi: 5-noyabr 2023-yil.
  6. „O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI“. orginfo.uz. Qaraldi: 5-noyabr 2023-yil.