Istanbuldagi portlash (2022)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Istanbuldagi portlash (2022)

Hujumdan keyin mintaqada yodgorlik burchagi yaratilgan
Istanbulning Beyoğlu tumani
Asl nomi turkcha: 2022 İstanbul patlaması
Sana 13-noyabr, 2022-yil(2022-11-13)
16:13 (UTC+3)
Nishon tinch aholi
Hujum turi
portlash
Qurol portlovchi modda
Halok boʻlganlar 6[1]
Jarohat olganlar
81[2][1]
Jinoyatchilar Alxam Albashir

Istanbuldagi portlash (2022) — 2022-yil 13-noyabrda Istanbul shahrining markaziy Beyoğlu tumanidagi mashhur Istiklal koʻchasida sodir boʻlgan portlash[3][4][5][2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 13-noyabr kuni Istanbul shahrining markaziy Beyoğlu tumanidagi mashhur Istiklal koʻchasida mahalliy vaqt bilan soat taxminan 16:13 da portlash sodir boʻladi. Shundan soʻng voqea joyiga zudlik bilan politsiya va tez yordam brigadalari yetib keladi. Politsiya voqea sodir boʻlgan hududni oʻrab oldi. Ilk tarqatilgan xabarda portlash oqibatida 11 kishi yaralangani aytildi. Keyinchalik Recep Tayyip Erdoğan vafot etganlar 6 kishi, yaralanganlar esa 53 kishini tashkil qilishini bildirdi[6]. Hukumat voqea joyidan translatsiyalar olib borishni taqiqlab qoʻydi[1]. Portlash sodir boʻlgan vaqtda koʻchada odamlar gavjum boʻlgan. Istiklal koʻchasi mahalliy va xorijlik sayyohlar orasida eng mashhuri hisoblanadi va shuning uchun koʻp odamlar ertalabdan kechgacha u boʻylab sayr qilishadi. Son-sanoqsiz restoran, kafe va doʻkonlar, shuningdek, bir qancha muzeylar bilan boʻlgan bu koʻcha Taksim maydonidan boshlanib, Oltin shox tomon 1,4 km ga choʻzilgan. Bu yerda koʻplab diplomatik vakolatxonalar, jumladan, Rossiyaning Istanbuldagi Bosh konsulligi ham joylashgan[6][7]. Portlash yakshanba kuni boʻlgani uchun bu koʻchada mahalliy aholi, turistlar bilan gavjum edi[8].

Jabrlanganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

CNN Turk muxbiri voqea joyidan tarqatgan xabarga koʻra 11 kishi yaralangan[3]. Istanbul gubernatori Ali Yerlikaya bergan bayonatga koʻra, 6 kishi oʻlgan va 81 kishi[2] yaralangan[9].

Tergov[tahrir | manbasini tahrirlash]

Portlashdan bir necha soat oʻtgach Istanbul prokuraturasi ushbu hodisani terrorchilik akti sifatida baholadi[3][7]. Balida boʻladigan G20 sammitiga uchib ketish oldidan oʻtkazklgan press-konferensiyada prezident Recep Tayyip Erdoğan bu terakt yuzasidan surishtiruv va tergov ishlari olib borilayotganini bildirdi[10]. Shiningdek, uning soʻzlariga koʻra ushbu portlashni sodir etganlikda ayol kishi gumonlanmoqda[6].

Surishtiruv ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiya IIV Sulaymon Soylu

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Istanbuldagi qonli terakt YPG (YPG — Xalq mudofasi otryadi — Kurdiston Ishchi Partiyasining (KIP) Suriyadagi boʻlimi) terror tashkilotining Suriyaning Kobani hududida joylashgan qarorgohi “buyrugʻi” bilan amalga oshirilgan. Beyogʻlu viloyatidagi teraktning bevosita aybdori soʻroq paytida uni KIP/YPG yetakchilari tomonidan Suriyaning Afrin shahri orqali Turkiyaga noqonuniy yoʻllar bilan joʻnatishganini tan olgan.

Soylu, Turkiya xavfsizlik tuzilmalari 1200 ta kuzatuv kamerasi maʼlumotlarini oʻz vaqtida oʻrganib, 21 manzilda operatsiya oʻtkazganini va 46 nafar gumondorni qoʻlga olganini aytdi.

Turkiya IIV rahbari AQShning Turkiya metropolidagi teraktga munosabatiga shunday izoh berdi:

Turkiya Ichki ishlar vazirligi laboratoriya tekshiruvlari Istanbuldagi teraktda portlovchi trinitrotoluol (trotil — TNT) qoʻllanganini aniqlaganini ma’lum qildi[11].

Portlash xronologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

16-noyabr kuni Turkiya politsiyasi Istanbulning Beyoʻgʻlu tumanidagi Istiklal koʻchasida sodir etilgan portlashni sodir etgan jinoyatchining harakatlari tasvirlangan kadrlarni e’lon qildi. Kuzatuv kameralaridan olingan tasvirlardan portlashni uyushtirgan shaxs Suriya fuqarosi boʻlgan Alham Albashir ekanligi maʼlum boʻlgan. Ushbu hodisa quyidagicha sodir boʻlgan:

  • 13-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:17 da Taksim maydonidan Istiklal koʻchasi tomon harakatni boshlaydi.
  • Jinoyatchi bir muddat qoʻlida xalta va paket bilan maydon boʻylab sayr qiladi va kimligini yashirish uchun yuzini sharf bilan yopib oladi.
  • Soat 15:29 da terrorchi kafelardan birining oldidan oʻtadi.
  • Soat 15:30 da u portlash sodir boʻlgan joydan uncha uzoq boʻlmagan doʻkon oldidagi oʻrindiqga (skameyka) borib oʻtiradi. Uning ryukzaki va sumkasi hali ham yonida edi va u shu xolatda taxminan 41 daqiqa oʻtiradi.
  • Soat 16:11 da terrorchi ryukzakni oʻrindiqga (skameyka) tashlab, shoshib Taksim maydoni tomon harakatlanadi.
  • Soat 16.14 da kuchli portlash sodir boʻladi. Shu payt Albashir yugura boshlaydi.
  • Soat 16:17 larda terrorchi xuddi shu yoʻnalishda Taqsim maydoniga qaytadi[12].

Munosabat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]