Portlovchi moddalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Portlovchi moddalar - tashqi taʼsirlar (zarba, issiklik va b.) natijasida katta tezlik bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, koʻp issiklik va gaz ajratib chiqaradigan kimyoviy bi-rikmalar yoki moddalar aralashmasi. Bu reaksiyalar P. m.ning qizishi, unga berilgan zarb, ishqalanish, shuning-dek, boshqa P. m.ning portlashi yoki qandaydir tashqi taʼsir natijasida sodir boʻladi va zaryad boʻylab issiqlik tashigich (yonish) yoki zarbiy toʻlqin (detonatsiya) yordamida energiya uzatish hisobiga tarqaladi. Kondensatlangan qattiq va suyuq moddalar, gazlar, shuningdek, gazlardagi qattiq yoki suyuq moddalarning muallaq zarralari P.m. boʻla oladi. Detonatsiyada reaksiya shid-datli boradi va gazsimon mahsulotning t-rasi bir necha ming gradusgacha koʻtarilib, hajmi zaryadning dastlabki hajmigacha siqiladi, bosimi bir necha yuz ming kg .kuch/sm2 gacha koʻtariladi. Siqilgan gaz tez kengayib, tevarakka kuchli zarb bilan tarqaladi — portlash yuz beradi. Portlay oladigan koʻpgina moddalardan 20—30 ga yaqini P. m. si-fatida ishlatiladi. Shulardan asosiylari: trinitrotoluol, tetril, geksogen, oktogen, nitroglitserin, ten (tet-ranitropentaeritrin) va b. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil