Ismoil al-Javhariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ismoil al-Javhariy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy yil (hijriy yil)
Vafoti milodiy 1003-yil (hijriy 393-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi lug‘atshunos

Ismoil ibn Hamod al-Javhariy al-Javhariydir (Abu Nasr) — lug‘atshunos, g‘oyatda baxtli-iqbolli inson edi. Asli turk mamlakatidagi Forobdan kelib chiqqan. Ilm olish maqsadida Iroqqa safar qilib, Abu Ali al-Forobiy va Abu Said as-Sayrafiydan arab tilini o‘rgangan. So‘ngra Hijozga borib, muqaddas shaharlarni tavof qilgan. Misrga ham o‘tgan. Ilm talabida ko‘p saʼy-harakatlar ko‘rsatgan. Tavof yo‘lidagi orzulari amalga oshgach, Xurosonga qaytib, Nishopurga yo‘l olgan. Bu shaharda bir muddat mudarrislik qilib, asarlar yozib, husnixatdan taʼlim bergan. Ko‘p o‘tmay shu yerda milodiy 1003-yil (hijriy 393-yil) vafot etgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Toju-l-lug‘at“ („Tilning toji“)
  • lug‘atshunoslikka oid „as-Sihoh“ („Ishonchli“ kitob)
  • „Muqaddima fi-n-nahv“ („Grammatikaga kirish kitobi“)
  • aruz ilmiga oid asar
  • „Divonu-l-adab“ (Adabiyotga oid devon) shuningdek, bir qancha sheʼrlari ham bor[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 90 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.