Isfandiyor
Isfandiyor (Avestoda Spenta yara — "Muqaddas ruh yor boʻlgan shaxs") — Eron miflari qahramoni; Luhrospning nabirasi. Afrosiyobning nabirasi Ar-jayepta. qarshi janglar qilgan. "Shohnoma"da Turonga qarshi kurashgan Eron qoʻshini qoʻmondoni. Arjasp Balxga hujum qilib, shoh Luhrospni qatl etgan va 2 qizini asir olib Ruinadiz (Mis qalʼa) qalʼasi (Poykend)ga berkingan. I. Gushtaspning farmoniga koʻra, Arjasp ustiga yurish qilgan. Qalʼaga kirish uchun I. harbiy hiyla ishlatgan: I. va bir qism askari savdogarlar sandigʻiga bekinib qalʼaga kirib olishgan, natijada 2 tomondan qilingan hujum oqibatida qalʼa taslim boʻlgan. Arjasp va koʻplab turonliklar oʻldirilgan, qalʼa buzib yuborilgan. I. Eronga qaytgach, Gushtasp unga Russhamnknt qoʻlini bogʻlab keltirishni buyurgan. I. bilan Rustam yakkama-yakka jangga kirishgan, unda Rustam I.ning eng zaif yeri boʻlgan koʻziga yulgʻun da-raxti (I.ning taqdiri bilan bogʻliq) novdasidan qilingan zaharlangan kamon oʻqi otib uni oʻldirgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |