Isʼhoq posho

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Is'hoq poshodan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Is'hoq posho
turkcha: İshak Paşa
Bayroq
15-Usmoniylar imperiyasining buyuk vaziri
1469-yildandan — 1472-yilgacha
Monarx: Mehmed II Fotih
Oʻtmishdoshi: Rum Mehmed posho
Vorisi: Vali Mahmud posho
Usmoniylar buyuk vaziri
1481-yildan — 1482-yil
Oʻtmishdoshi: Karamani Mehmed Pasha
Vorisi: Xoja Dovud posho
 
Dini: islom, sunniylik
Vafoti: 1497-yil
Saloniki

Is'hoq poshoUsmoniylar imperiyasining oʻn beshinchi buyuk Vaziri. Mehmed II Fotih va uning oʻgʻli Boyazid II davrida Usmoniylar imperiyasini 1469-1472-yillarda hamda 1481-1482-yillarda sadrazimlik yani buyuk vazirlik lavozimida boshqargan tarixiy shaxs.

Hayoti[tahrir]

Is'hoq posho asli Saruhanlik bo'lgan.Tarixchilarning ma'lumotlariga ko'ra Istanbul fatx etilishi arafasida Is'hoq posho Anadolu beylarbeyi lavozimida faoliyat yuritgan.Ammo fatx davrida Anadolu beylerbeyi hham Is'hoq ekanligi aytilgan. Ammo keyinchalik buyuk vazir bo'lgan Is'hoq poshomi yiki yo'q buni hech bir tarixchi aniq aytib qoldirmagan.Ulardan biri turk millatiga mansub posho bo'lib, otasining ismi Ibrohim bo'lib, u Is'hoq posho ibn Ibrohim deb tanilgan. Ikkinchisi - Is'hoq posho ibn Abdulloh deb tanilgan va Pomak aslining tayanchi sifatida tarbiyalangan va o'sgan, Murod II davrida xazinadan vazirga qadar ko'tarilgan poshodir.Undan avvalgi O'g'uzog'lu İsa Bey Anadolu viloyatining oxirgi hokimi bo'lib, Anqarani markazga aylantirgan.

Birinchi buyuk vazirlik davri[tahrir]

Rum Mehmed posho hokimiyatdan chetlatilgach, Vazir lavozimiga tayinlandi. Mehmed II Fotihning birinchi vazifasi uni Karamanga yuborish edi. Is'hoq posho Karamanda katta qarshilikka duch kelmadi. 1470-yilda u Karaman xalqining bir qismini Istanbulga olib keldi. Ushbu kelganlar Aksaray shahridan bo'lgan va ularning tumanlari Istanbul shahriga o'zlarining nomlari bilan atalgan. 1472-yilda ishdan bo'shatilgan.

1481-yilda Fotih vafotidan keyin Buyuk Vazir Karamanli Mehmet Posho shahzoda Jemni podshohlik uchun qo'llab-quvvatlagan, Ishak bosho esa Bayezidni qo'llab-quvvatlagan.

Ikkinchi buyuk vazirlik davri[tahrir]

Boyazid II taxtga oʻtirdi va yana Is'hoq poshoni yana buyuk vazirga aylantirdi. Biroq, sulton tez orada zararli deb oʻylagan odamlarni yoʻq qilishga urinib koʻrdi va 1482-yilda Ishoq posho ishdan boʻshatildi. Is'hoq posho umrining soʻnggi yillarini Salonikida oʻtkazdi va 1497-yilda shu yerda vafot etdi.

Manbalar[tahrir]