Ireneusz Jeleń

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ireneusz Jeleń
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ireneusz Jeleń[1]
Tavallud sanasi 9-aprel 1981-yil (1981-04-09) (43 yosh)
Tavallud joyi Cieszyn, Polsha
Boʻyi 1.84m
Ampluasi Yarim himoyachi, Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Piast Cieszyn
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000 Piast Cieszyn 16 (8)
2001—2002 Beskid Skoczów 40 (22)
2002—2006 Wisła Płock 100 (45)
2006—2011 Auxerre 140 (48)
2011—2012 Lille 13 (1)
2012 Podbeskidzie Bielsko-Biała 7 (0)
2013 Górnik Zabrze 12 (2)
2014 Piast Cieszyn 4 (6)
Milliy terma jamoa
2003—2012 Polsha 29 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ireneusz Jeleń (talaffuzi: Ireneusz Jeleń; 1981-yil 9-aprelda tugʻilgan) — isteʼfodagi polshalik futbolchi, Polsha milliy futbol jamoasida oʻng qanot yarim himoyachisi va hujumchi sifatida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jeleń Cieszyn shahrida tugʻilgan. 2002-yildan 2006-yilgacha Ekstraklasada Wisla Plock safida oʻynagan. Toʻrt mavsumda Polsha oliy ligasida 100 ta oʻyinda maydonga tushib, 45 ta gol urdi.

2006-yil 28-iyunda Jeleń Liga 1 vakili Auxerre bilan shartnoma imzoladi. 2006-yil 9-sentyabrda Jeleń „Auxerre“ safida „Monako“ga qarshi oʻyinda birinchi golini urdi. 2007-yil 20-oktabrda Lorientga qarshi o‘yinning 71-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, o‘zining birinchi xet-trikini qayd etdi. Auxerredagi ilk ikki mavsumida Jeleń qayta-qayta beldagi muammolari bilan qiynaldi. 2009-yil yanvar oyining oxirida safga qaytdi[2]. Qaytishdan oldin Auxerre 17-oʻrinda, ligaga tushib ketish zonasidan zoʻrgʻa yuqorida edi[3]. Qaytib kelgach, Jeleń liganing 16 oʻyinida 11 ta gol urdi va Auxerre jadvalda 8-oʻringa koʻtarildi. Mavsumning bir qismini oʻtkazib yuborganiga qaramay, Jeleń Liga 1 toʻpurarlar jadvalida 4-oʻrinni egalladi. 2009-yilning may oyida 79% ovoz toʻplagan holda Auxerre tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[4].

2009-yil dekabr oyida Polshada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[5].

2009—2010-yilgi mavsumda Auxerre bilan ligada uchinchi oʻrinni egalladi va 2010—2011-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Jarohat tufayli baʼzi oʻyinlarni oʻtkazib yuborganiga qaramay, 14 ta gol bilan Liga 1 toʻpurarlar jadvalida beshinchi oʻrinni egalladi.

Jeleń erkin agent sifatida avgust oyi oxirida „Lill“ bilan shartnoma imzoladi[6].

2012-yil Polshaga qaytib, Ekstraklasa jamoasi Podbeskidzie Bielsko-Biała bilan shartnoma imzoladi. Oʻz faoliyatini Piast Cieszyn klubida yakunladi. Lekin 2019-yildan beri Jeleń CKS Piast jamoasida oʻynamoqda[7].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ireneusz Jeleń 2006-yilgi Jahon chempionatida Kosta-Rikaga qarshi oʻyinda

2011-yil oktabr holatiga koʻra, Jeleń Polsha terma jamoasida 28 oʻyin oʻtkazgan. 2006-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionati finalida ishtirok etgan va „A“ guruhining uchta oʻyinida qatnashgan[8].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jeleńning bitttadan opasi va ukasi bor. Rafiqasining ismi Anna. 2003-yilda tug‘ilgan Jakub ismli o‘g‘li va 2010-yil yanvar oyida tug‘ilgan Julia ismli qizi bor[9].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2-iyun, 2013-yil holatiga koʻra
Klub Mavsum Liga Liga Kubok Yevropa Jami
Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Piast Cieszyn 2000—2001 III Liga 16 8 - - 16 8
Beskid Skoczów 2000—2001 11 6 - - 11 6
2001—2002 29 16 - - 29 16
Wisła Płock 2002—2003 Ekstraklasa 26 8 9 4 - 35 12
2003—2004 26 18 1 0 2 2 29 20
2004—2005 23 12 3 2 - 26 14
2005—2006 25 7 9 5 2 0 36 12
AJ Auxerre 2006—2007 Ligue 1 32 10 2 0 5 4 39 14
2007—2008 32 5 4 1 - 36 6
2008—2009 26 14 1 0 - 27 14
2009—2010 29 14 3 4 - 32 18
2010—2011 21 5 0 0 4 1 25 6
Lille OSC 2011—2012 13 1 4 3 2 0 19 4
Podbeskidzie 2012—2013 Ekstraklasa 7 0 0 0 - 7 0
Górnik Zabrze 12 2 0 0 - 12 2
Jami Beskid Skoczów 40 22 - - - - 40 22
Jami Wisła Płock 100 45 22 11 4 2 126 58
Jami AJ Auxerre 140 48 10 5 9 5 159 58

Xalqaro gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2003-yil 14-dekabr Taʼ Qali, Malta  Litva 3—1 Gʻalaba Doʻstona
2. 2006-yil 30-may Chorzow, Polsha Kolumbiya bayrogʻi Kolumbiya 1—2 Magʻlubiyat Doʻstona
3. 2009-yil 28-mart Belfast, Shimoliy Irlandiya  Shimoliy Irlandiya 3—2 Magʻlubiyat FIFA Jahon chempionati 2010 saralashi (UEFA)
4. 2009-yil 1-aprel Kielce, Polsha  San Marino 10—0 Gʻalaba FIFA Jahon chempionati 2010 saralashi (UEFA)
5. 2010-yil 4-sentyabr Lodz, Polsha  Ukraina 1—1 Durang Doʻstona

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wisla Płok

  • Polsha kubogi: 2005—2006; finalchi 2002—2003

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2006 FIFA World Cup Germany: List of Players: Polsha“. FIFA (2014-yil 21-mart). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Piotr Koźmiński. „Jeleń out to stop the rot at Auxerre“. UEFA.com (2009-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2009-yil 14-fevral.
  3. Alexis Toledano. „Zoom sur Ireneusz Jelen, la bonne étoile de l'AJA“ (fr). FootMercato (2009-yil 23-may). Qaraldi: 2009-yil 23-may.
  4. „Ireneusz Jelen, élu joueur auxerrois de la saison“ (fr). Official Website of AJA Auxerre (2009-yil 21-may). 2011-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 24-may.
  5. „Piłkarskie Oscary rozdane, Ireneusz Jeleń piłkarzem roku“. Wiadomosci24 (2009-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 6-yanvar.
  6. „Ireneusz Jeleń podpisał kontrakt z OSC Lille“. onet.pl (2011-yil 30-avgust). 2012-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-avgust.
  7. „10 IRENEUSZ JELEŃ“. ckspiast.pl.
  8. „ESPNsoccernet – Ireneusz Jelen Profile“. ESPNsoccernet. Qaraldi: 2009-yil 14-fevral.[sayt ishlamaydi]
  9. „Official website of Ireneusz Jeleń“. 2009-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan.