Instagramda eng koʻp like toʻplagan postlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ushbu roʻyxatda Instagram ijtimoiy tarmogʻiga joylangan surat va videolar boʻyicha eng koʻp „like“ toʻplagan 20 ta post keltirilgan.

2023-yil yanvar oyidagi eng ko‘p like to‘plagan post argentinalik futbolchi Lionel Messi va uning jamoadoshlarining 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatidagi g‘alabasini nishonlayotgan surati bo‘lib, uni 75 milliondan ortiq „like“ toʻplagan. 2022-yil 18-dekabrda yuklangan postda Messi finalda Argentina terma jamoasining Fransiya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘zining birinchi Jahon kubogi sovrinini qo‘lga kiritgani ko‘rsatilgan. Bu surat shuningdek, barcha ijtimoiy media platformalarida eng koʻp tarqalgan postdir.

Joriy rekord[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lionel Messi likelar bo'yicha instagram rekordchisi

2022-yilning 18-dekabr kuni futbolchi Lionel Messi Argentina terma jamoasi bilan 2022-yilgi Jahon chempionatida g‘alaba qozonganidan so‘ng jamoadoshlari bilan FIFA Jahon chempionati kubogini ko‘tarib, nishonlayotgani tasvirlangan suratlarini joylashtirdi va post joylangan dastlabki 39 daqiqasida 10 million „like“ yigʻishga erishdi[1]. Ertasi kuni bu post joylashtirilgandan keyin birinchi 24 soat ichida 50 million like to‘plagan holda Instagramdagi eng ko‘p like to‘plangan postga aylangan va Cristiano Ronaldoning rekordini yangilagan. 2022-yil 19-noyabrda u va Messi shaxmat o‘ynagan surati, 42 million „like“ toʻplashga erishgan edi[2][3][4]. 2022-yil 20-dekabrda post 56 milliondan ortiq „like“toʻplagan holda, @world_record_egg rekordini ortda qoldirgan[5][6][7]. Messi postni eʼlon qilganidan soʻng 48 soat ichida Instagramda 64 milliondan ortiq like toʻplagan holda YouTubeʼdagi eng koʻp like toʻplangan post, musiqiy videoni ortda qoldirib, barcha ijtimoiy media platformalarida eng koʻp like toʻplagan ijtimoiy tarmoq postiga aylangan.

Eski rekord[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 4-yanvarida @world_record_egg akkauntida tuxum surati joylashtirilgan, bu surat o‘sha paytda Instagramdagi eng ko‘p like to‘plagan Kylie Jenner suratini ortda qoldirgan[8]. Tuxumning surati dastlab Serghei Platanov tomonidan olingan boʻlib, uni 2015-yil 23-iyun kuni Shutterstock nashriga „oq fondagi tuxumlar“ sarlavhasi bilan joylashtirgan[9]. @world_record_egg akkauntini yaratuvchisi Chris Godfrey hisoblanadi[10][11]. 2019-yilning 14-yanvarida tuxum posti Instagram’da eng ko‘p like to‘plangan postga aylangan, tuxum akkaunti egasi unga „Aqldan ozish mumkin“ deb yozgan[12].

Top 20ta post[tahrir | manbasini tahrirlash]

Foydalanuvchi Egasi Post haqida Post Layklar
(million)
Sanasi
(UTC)
1 @leomessi Messi, LionelLionel Messi Postda Lionel Messining FIFA 2022 Jahon Kubogini yutgandan keyingi ilk surati tasvirlangan [1] 75.0 2022-yil 18-dekabr
2 @world_record_egg Godfrey, ChrisChris Godfrey Suratda tuxum tasvirlangan [2] 59.4 2019-yil 4-yanvar
3 @leomessi Messi, LionelLionel Messi Lionel Messi FIFA Jahon Kubogi bilan yotoqda tushgan surati [3] 54.6 2022-yil 20-dekabr
4 @cristiano Ronaldo, CristianoCristiano Ronaldo Cristiano Ronaldo va Lionel Messining Louis Vuitton taxtasida shaxmat oʻynagan surati [4] 42.7 2022-yil 19-noyabr
5 @leomessi Messi, LionelLionel Messi Lionel Messining FIFA Jahon Kubogi bilan samalyotda tushgan surati [5] 41.9 2022-yil 19-dekabr
6 @cristiano
@alnassr_fc
Ronaldo, CristianoCristiano Ronaldo
Al Nassr FC
Cristiano Ronaldoning Al Nassr FCga oʻtishi toʻgʻrisidagi surat [6] 34.4 2022-yil 30-dekabr
7 @leomessi Messi, LionelLionel Messi 2022 FIFA Jahin Kubogi gʻolibligini nishonlash surati [7] 34.3 2022-yil 21-dekabr
8 @cristiano Ronaldo, CristianoCristiano Ronaldo Portugaliya 2022 FIFA Jahon Kubogidan chiqib ketgandan keyingi surat [8] 34.2 2022-yil 11-dekabr
9 @leomessi Messi, LionelLionel Messi Lionel Messi va Cristiano Ronaldoning Louis Vuitton taxtasida shaxmat oʻynagan surati [9] 32.9 2022-yil 19-noyabr
10 @cristiano
@georginagio
Ronaldo, CristianoCristiano Ronaldo
Rodríguez, GeorginaGeorgina Rodríguez
Ularning egizak farzandli boʻlishi toʻgʻrisidagi surat [10] 32.7 2021-yil 28-oktyabr
11 @cristiano Ronaldo, CristianoCristiano Ronaldo Peléning xotirasiga bagʻishlangan surat [11] 32.2 2022-yil 29-dekabr
12 @xxxtentacion XXXTentacion, XXXTentacion Oʻlimidan oldin joylagan surati [12] 30.9 2018-yil 19-may
13 @leomessi Messi, LionelLionel Messi 2022 FIFA Jahon Kubogi doirasida Xorvatiya terma jamoasiga qarshi oʻyindan soʻngi surat [13] 29.7 2022-yil 14-dekabr
14 @cristiano Ronaldo, CristianoCristiano Ronaldo Cristiano Ronaldoning Al Nassr FC fan klubiga tanishtiruvdagi surati [14] 27.9 2023-yil 3-yanvar
15 @cristiano Ronaldo, CristianoCristiano Ronaldo PSG va Riyadh XI oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyinidagi surat [15] 27.5 2023-yil 19-yanvar
16 @arianagrande Grande, ArianaAriana Grande Ariana Grandening Dalton Gomezning toʻyida tushgan surati [16] 26.3 2021-yil 26-may
17 @leomessi Messi, LionelLionel Messi Pelé xotirasiga bagʻishlangan surat [17] 25.9 2022-yil 29-dekabr
18 @zendaya Zendaya, Zendaya Tom Hollandning tugʻilgan kunida tushilgan surat [18] 25.8 2022-yil 1-iyun
19 @tomholland2013 Holland, TomTom Holland Spider-Man ishorasi memini qayta yaratish haqidagi surat [19] 24.9 2022-yil 23-fevral
20 @kyliejenner Jenner, KylieKylie Jenner Ikkinchi homilasi haqidagi surat [20] 24.8 2021-yil 8-sentabr
26-yanvar, 2023-yil(2023-01-26) holatiga koʻra

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]