Inson oʻzing

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Inson oʻzing“
Sherali Joʻrayev qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 1973
Janr anʼanaviy musiqa
Davomiyligi 5:53 (ikkinchi versiya)
Matn muallif(lar)i Erkin Vohidov
Bastakor(lar) Sherali Joʻrayev
Klipi
„Inson“ YouTubeda

Inson oʻzing“ (shunchaki „Inson“ deb ham nomlanadi) — oʻzbekistonlik sanʼatkor Sherali Joʻrayev ijro etgan qoʻshiq. Matni oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub va 1973-yilda yozilgan sheʼrdan olingan qoʻshiq kuyini Joʻrayevning oʻzi bastalagan. „Inson“ Joʻrayev repertuaridagi eng yaxshi tanilgan taronalarning biridir.

Qoʻshiqning ikkinchi versiyasi uchun Joʻrayev turli mamlakatlarga, jumladan, Isroilga sayohat qilgani hamda dunyoning turli burchagidagi qiyinchiliklar, ofatlar va insoniyat yutuqlari tasvirlangan klip suratga olingan.

Joʻrayevning soʻzlariga koʻra, Vohidovga „Inson“ qasidasini yozish taklifini aynan Joʻrayevning oʻzi taklif qilgan[1]. Bu haqda 2017-yilda xonanda shunday degan:

Erkin Vohidov bilan ham uzoq yillardan beri qadrdon edik. „Oʻzbegim“ qasidasi va qoʻshigʻi uchun oʻsha paytlar bizning boshimizga ne kunlarni solishmadi… Bizni shovinistga, millatchiga chiqarganlar boʻldi. Gazetalarda feletonlar yozildi. Bir yili ana shunday gazetalardan birini olib tushkun kayfiyatda Erkin Vohidovning uylariga bordim. Maqolani koʻrsatsam, „Qoʻyavering, mana endi siz ham bizga oʻxshab qolibsiz“, deb hazillashdilar. Yarim kechagacha uylarida chaq-chaqlashib oʻtirdik. Mashinalarida meni to uyimgacha olib keldilar. Yoʻl-yoʻlakay „Erkin aka, insonning barcha yaxshi-yomon tomonlari, yutuqlariyu kamchiliklari, suvratiyu siyrati, buyukligiyu tubanligini aks ettiradigan bitta sheʼr yozing“, dedim. Erkin aka „maʼqul“ degandek bosh irgʻadilar. Shu tariqa „Inson“ qasidasi dunyoga keldi. Bu qoʻshiq ham katta bahs-munozaralarga sabab boʻldi. Buyuklarimizning joylari jannatda boʻlsin…[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 9-avgust, 2022-yil(2022-08-09) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.