Kontent qismiga oʻtish

Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun
Inna lillahi va inna ilayhi roji’un

Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun (arabcha: إِنَّا ِلِلَّٰهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ , ʾinnā li-llāhi wa-ʾinna ʾilayhi rājiʿūna), Istirja (arabcha: ٱسْتِرْجَاع . ٱ) nomi bilan ham tanilgan. Musulmonlarning muqaddas kitobi Qur’onning Baqara surasi 156-oyatida eslatib oʻtilgan musulmonlar uchun Qur’on amri boʻlib, „Albatta, biz Allohnikimiz va albatta Unga qaytguvchimiz“ degan maʼnoni anglatadi[1]. Bu iborani odatda musulmonlar oʻqiydilar, ayniqsa, oʻzlariga yoki boshqa birovning boshiga tushgan yomon xabarni eshitib, sabr-toqat belgisi sifatida ham, Alloh taolo qudratli ekanini va u oʻz bandalarini chidab boʻlmaydigan darajada sinovdan oʻtkazmasligini eʼtirof etish uchun aytiladi. Bundan tashqari, odatda musulmonlar tomonidan kimdir vafot etganida qoʻllaniladi[2][3].

بِسْمِ اللَّـهِ الرَّحْمَـٰنِ الرَّحِيمِ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan.

وَلَنَبۡلُوَنَّكُم بِشَیۡ مِّنَ ٱلۡخَوۡفِ وَٱلۡجُوعِ وَنَقۡصٖ مِّنَ ٱلۡأَمۡوَ ٰ⁠لِ وَٱلۡأَنفُسِ وَٱلثَّمَرَ ٰ⁠تِۗ وَبَشِّرِ ٱلصَّـٰبِرِینَ۝

Albatta, Biz sizni biroz qoʻrquv, ochlik, mol-dunyo, jon va mevalarni yoʻqotish bilan sinaymiz.

الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا ِلِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ۝

Ularga musibat yetsa: „Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytguvchimiz“, derlar.

أُوْلَئِكَ عَلَيْهِمْ صَلَوَاتٌ مِنْ رَبِّهِمْ وَرَحْمَةٌ وَأُوْلَئِكَ هُمُ الْمُهْتَدُونَ۝

Ana oʻshalarga Robbilaridan salovot va rahmat bordir. Ana oʻshalar hidoyat topguvchilardir.

[155-157:سورة البقرة]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. [Qurʼon 2:156]
  2. Adia, Aida. Hijab (arabcha). Alaf 21, 2018-02-07. ISBN 978-967-446-339-7. 
  3. „Meaning of Innalillahi Wa Innailaihi Rojiun with Clear Translations“ (inglizcha). Riwaq (25-fevral 2022-yil). Qaraldi: 6-iyul 2022-yil.