Kontent qismiga oʻtish

Infarktdan keyingi sindrom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Dressler sindromi

Infarkdan keyingi sindromi (yoki Dressler sindromi ) miokard infarktining reaktiv autoimmun asorati bo'lib, u boshlanganidan 2-6 hafta o'tgach rivojlanadi .Ushbu sindrom kasallikning 2-10- haftalarida bemorlarning 1-3% da rivojlanib, plevrit, pnevmonit, perikardit belgilari bilan namayon bo'ladi.Bundan tashqari, ularda isitmalash, poliartrit, poliserozit, eozinofiliya, ECHT-ning oshishi kuzatilishi mumkin.Sindrom ko'krak qafasida og'riq bilan boshlanadi, keyinchalik tana haroratining 38-40 C gacha ko'tarilishi, gidroperikard, gidrotoraks qo'shiladi. Tashxislashda rentgen va ExoKG tekshirish usullari muhim ahamiyatga ega.Infarktdan keyingi sindrom 3 kundan 3 xaftagacha davom etishi mumkin.Bu asoratning asosida immun yallig'lanishi jarayoni yotganligi sababli, davolashda asosiy guruh vositalari bilan bir qatorda kichik dozada prednizolon (15-20 mg) va NYaQD qo'llash yaxshi samara beradi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keyinchalik eponimga aylangan bu kontseptsiya birinchi marta 1956 yilda AQShga hijrat qilgan polshalik kardiolog UIlyam Dressler tomonidan taklif qilingan .

Surunkali yurak yetishmovchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Surunkali yurak yetishmovchiligi - bemorlarda kichik va katta qon aylanishi doiralarida dimlanish belgilari bilan namayon bo'ladi.

Profilaktikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

YIK birlamchi profilaktikasi semizlik,kam harakatlikni kamaytirish,hayvon yog'laridan tayyorlangan taomlarni iste'mol qilishni cheklash,chekish va spirtli ichimliklardan voz kechish, qon bosimini me'yorida saqlash, imkon doirasida ruxiy va emosional zo'riqishlardan uzoqlashishga harakat qilish kabi tadbirlarni o'z ichiga oladi.Shifokorlar qayd etilgan xavf omillari to'g'risida aholi orasida keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borishlari lozim.

Ikkilamchi profilaktika esa bemordagi mavjud xavf omillarini bartaraf qilish, YIKni erta aniqlash va ko'p markazli kuzatuvlarda samarasi isbotlangan dori vositalari bilan davolashdan iborat.

Uchlamchi profilaktika bemordagi YIK asoratlari, ya'ni aritmiyalar, surunkali yurak yetishmovchiligi va boshqalarni monand davolash, shifoxonadan chiqqandan so'ng o'tkaziladigan chora-tadbirlarni o'z ichiga oladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Gadaev Abdig'affor,M.Raximova. //Ichki kasalliklar :Yurak va qon-tomir tizimi a'zolari kasalliklari 362-bet.
  2. "Turon Zamin Ziyo".Toshkent, 2014-y. ISBN 978-9943-335-27-1