Sindrom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sindrom (yun. syndrome — yigʻilish, birga kechish) — yagona patogenez bilan bogʻliq kasallik belgilarining birgalikda yuzaga chiqishi. Kelib chiqish sabablari bir necha xil boʻlgani uchun kasallikning nozologik (muayyan sababli, bir xil patogenezli va h.k.) shakllaridan farq qiladi, masalan: meningeal S. (miya pardalari yalligʻlanishi) miyada qon aylanishining buzilishi va meningokok infeksiyasi oqibatida roʻy beradi: uremiya sindromi koʻpgina buyrak kasalliklarining oxirgi bosqichidir va h.k. Tibbiyotning rivojlanishi, eng avvalo, kasallikning etiologik omillari aniklanishi bilan S. diagnostikasi va patogenetik terapiya usuliga nisbatan nozologik yoʻl bilan kasallikni aniqlash va uning oʻziga xos sabablari asosida dagʻyulash koʻproq qoʻllaniladigan boʻldi.